Mustaqil ish Mavzu: Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi


O’zbekistonda byudjet-soliq tizimini takomillashtirish va milliy valyutani mustahkamlash vazifalari


Download 146.34 Kb.
bet9/9
Sana18.06.2023
Hajmi146.34 Kb.
#1555168
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zamonaviy iqtisod Mustaqil ish

3. O’zbekistonda byudjet-soliq tizimini takomillashtirish va milliy valyutani mustahkamlash vazifalari

Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida umumiqtisodiy barqarorlikka erishish moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shu jumladan davlat byudjeti barqarorligini mumkin bo’lgan darajada ushlab turish vazifasini ham o’z ichiga oladi.


Shunga muvofiq moliya siyosati Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo’l qo’yilgan eng kam daraja doirasida ushlab turishga qaratiladi. Hozirgi davrda ham moliya siyosatining asosiy vazifasi byudjet taqchilligini cheklash hisobiga iqtisodiyotni barqarorlashtirishga qaratilgan. Bunga erishish uchun Respublika iqtisodiyotida zarur tarkibiy o’zgarishlarni o’tkazish bilan bir qatorda ishlab chiqarishning orqaga ketishiga barham berish va iqtisodiy o’sishga erishish eng asosiy maqsad deb qarab kelindi. Shu sababli keyingi yillarda ishlab chiqarishning orqaga ketishi tamoyillari ijobiy tavsif kasb etib, butunlay barham topdi.
Moliyaviy ahvolni mustahkamlash orqali iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishda soliq siyosatini takomillashtirish ham muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bu vazifalarni real bajarish uchun amaldagi soliq tizimini sezilarli darajada isloh qilish talab qilinadi. Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimov tomonidan soliq siyosatining yanada takomillashtirilishini 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab berilishi ham buning yaqqol dalilidir.1
Eng avvalo shuni qayd etish lozimki, 2008 yildan boshlab kuchga kiritilgan yangi Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob beraoladi.
Bunda soliq tizimi o’ziga xos vazifalarni – xazinani to’ldirish, qayta taqsimlash va rag’batlantirish vazifalarini to’la darajada bajarishi zarur.
Soliq tizimini isloh qilishga asos qilib olingan asosiy tamoyil – korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirishdir. Bu ularning o’z mablag’larini ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnika bilan qayta qurollantirish va aylanma mablag’larni to’ldirishga sarflash imkoniyatini beradi. Bu esa oqibat natijada ishlab chiqarishning yuksalishiga olib keladi.
Тabiiy resurslarni qayta tiklash imkoniyatini yaratish va ulardan ehtiyotkorona foydalanish maqsadini amalga oshirish uchun yer, yer osti boyliklari, suv va qayta tiklanmaydigan boshqa resurslarga to’lov o’rnatish soliq siyosatining navbatdagi yo’nalishidir.
Davlat byudjeti mutanosibligini kuchaytirish maqsadida, soliq tizimini takomillashtirish bilan bir qatorda, korxonalarning moliya intizomini mustahkamlash, to’lov majburiyatlarini bir me’yorga keltirish, qarzlarning salbiy oqibatini tugatish muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga mamlakatimizda g’aznachilik tizimining joriy etilishi misol bo’laoladi.
Respublikada milliy valyutani mustahkamlash ishida so’mning xarid quvvatini oshirib borish va uning barqarorligini ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi. Bunga bozorni raqobatdosh mahsulotlar bilan to’ldirish va zarur ehtiyotlar hosil qilish orqali erishiladi.
Bozorni iste’mol mollari bilan to’ldirishda milliy ishlab chiqarishni imkoni boricha kengaytirib borish, hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki shu orqali iste’mol mollari sotishining umumiy hajmida milliy mahsulotlar xissasi oshirib boriladi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, milliy ishlab chiqarishni kengaytirish orqali so’mning barqarorligini ta’minlash chetdan mahsulot keltirishni inkor qilmaydi. Aholini sifatli chet el mollari bilan ta’minlash maqsadida import ham rag’batlantirib boriladi.
So’mning barqaror amal qilishi, uning har qanday valyutaga erkin almashilishi yetarli valyuta zaxirasi bo’lishiga bog’liq. Unga erishishda korxonalar va barcha sub’ektlarining, jaxon bozoriga raqobatga bardosh beradigan mahsulot ishlab chiqarishi uchun zarur bo’lgan rag’batlantiruvchi omillarni vujudga keltirish alohida ahamiyatga ega.
So’mning barqarorligini ta’minlashda undan ehtiyotkorona va tejab tergab foydalanish, ishlab chiqarishga sarflangan mablag’larning eng ko’p samara berishiga, olingan kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishiga erishish muhim o’rin tutadi.
Inflyatsiyaga qarshi aniq o’ylangan siyosat o’tkazish milliy valyutani mustahkamlanishning muhim shartlaridan biridir. Bu siyosat eng avvalo inflyatsiya darajasini keskin kamaytirishga qaratilishi lozim. Bunda pulning qadrsizlanish darajasi ustidan kat’iy nazorat o’rnatish hamda unga qarshi samarali tadbirlar qo’llash hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Shu orqali pulning qadrsizlanishda maqbul sur’atni tanlashga erishiladi.
So’mning barqarorligini ta’minlashda naqd pul emissiyasining o’sishiga, aholi qo’lida pulning harakatsiz turib qolishiga yul qo’ymaslik birinchi darajali ahamiyatga ega. Bunda muomalaga chiqarilgan pul miqdorining o’z vaqtida qaytarilishiga erishishi, mahsulot ishlab chiqarishning o’sishi ta’minlamagan korxonalarga kreditlar berilishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi kerak.
Milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashning navbatidagi sharti daslabki bosqichda valyutani nakd pulsiz almashtirish hajmini ko’paytirishga ustunlik berishidir. Plastik kartochkalar asosida naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish, naqd pullarni bankdan tashqarida aylanishini qisqaritirish va ulardan chakana savdoda foydalanish maksadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentabrida «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori qabul qilindi.
Shunday qilib, yuqorida qarab chiqilgan chora va tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi milliy valyutamiz almashuv kursining barqarorlashuviga, uning xarid qilih quvvatining oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.



  1. Xulosa

Moliya, bir davlatning moliya resurslarini boshqarish, to'plash, sarflash va investitsiyalashning barcha ko'rinishlarini o'z ichiga olgan tizimidir. Bu tizim, mamlakatning iqtisodiyotining turli ko'rinishlarini boshqarish, rivojlantirish va saqlashni o'z ichiga olgan muhim tizimdir. Moliya tizimi, mamlakatning moliya resurslarini boshqarish, soliq siyosatini belgilash, investitsiyalar va kreditlar bilan ishlash, moliya sohasidagi muammolarni aniqlash va bartaraf qilish, innovatsiyalar yaratish, xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish va boshqa ko'rinishlarda mamlakatni iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim vazifalarni bajaradi.
Moliya tizimi, davlatning moliya resurslarini boshqarishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu resurslar, soliq to'plash orqali to'lanadi vaodatda insonlar va tashkilotlar tomonidan to'langan soliq, biznes faoliyati uchun kerakli litsenziyalar va to'lovlar, korporativ soliq va boshqa moliya turlarini o'z ichiga oladi. Moliya tizimi, mamlakatning moliya resurslarini boshqarish, soliq siyosatini belgilash va investitsiya qilishning asosiy vositasi bo'lib, davlat xizmatlarini ko'rsatish, taraqqiyotni rivojlantirish, infratuzilma va boshqa loyihalarni amalga oshirish uchun moliya sarflarini to'plash va boshqarishga yordam beradi.
Moliya tizimi, soliq siyosatini belgilash, byudjeti boshqarish, soliq to'plash usullarini belgilash, soliq tizimining innovatsiyalashmasini ta'minlash, moliya sohasidagi muammolarni bartaraf qilish, xalqaro xujjatlashtirish, xalqaro hamkorliklarni rivojlantirish va boshqa ko'rinishlarda mamlakatni iqtisodiyotini rivojlantirish uchun muhim vazifalarni bajaradi.
Bundan tashqari, moliya tizimi kredit va bank tizimini ham o'z ichiga oladi. Kredit, moliya resurslarini jalb etishga yordam beradi, shuningdek, tijorat, korporativ va shaxsiy xarajatlarga qarshi kelish uchun to'lanadigan mablag'lar hisoblanadi. Banklar, moliya resurslarini jalb etish, o'qitish, kreditlarni taqdim etish, moliya sohasidagi muammolarni bartaraf qilish va boshqa ko'rinishlarda moliya resurslarini boshqarishda katta ahamiyatga ega bo'lib, kredit sifatini, moliya resurslarini jalb etish va sarflash usullarini belgilash, xalqaro xujjatlashtirish va boshqa ko'rinishlarda bank tizimini takomillashtirish uchun muhim vazifalarnibajaradi.


8. Foydalanilgan adabyotlar



  1. “Kridit Tizimi” Sh.A.Jumanyozev

  2. “Moliya Siyosati” X.K Raximov

  3. “O’zbekizton Respublikasi Budjet Tizimi” Sh.A.Jumanyozev

  4. “Pul Muomilalari” M.M Ismoilov

  5. “Inflyatsiya” M.M Ismoilov




1


Download 146.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling