Mustaqil ish Mavzu: Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
Pul muomalasi, pulga bo’lgan talab va pul taklifi
Download 146.34 Kb.
|
Zamonaviy iqtisod Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul muomalasi qonuni
3. Pul muomalasi, pulga bo’lgan talab va pul taklifi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’lari to’xtovsiz harakatda bo’ladi, tovarlar va xizmatlar ayirbosh qilish jarayonida resurslar uchun to’lovlarni amalga oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to’lashda pul qo’ldan qo’lga o’tib, aylanib turadi. Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi to’xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi. Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 1) milliy pul birligi (so’m, dollar, iyena, funt sterling, marka va h.k.); 2) naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz, tanga va kredit pullar tizimi; 3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi; 4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo’lgan pul massasi ularni (naqd va kredit pullarni) qo’shish yo’li bilan aniqlanadi. Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir. Pul muomalasi qonuni, ya’ni muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi omillarga bog’liq: Muayyan davrda, aytaylik bir yil davomida sotilishi va sotib olinishi lozim bo’lgan tovarlar summasi. Тovarlar va xizmatlar qancha ko’p bo’lsa, ularning narxi qancha baland bo’lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko’p pul miqdori talab qilinadi. Pul birligining aylanish tezligi. Pul bir xil bo’lmagan tezlik bilan aylanish qiladi. Bu ko’p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga bog’liq bo’ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha kam bo’ladi. Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kreditning rivojlanishiga, puldan to’lov vositasi vazifasidan foydalanishga ham bog’liq. Ko’pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga muvofiq keyingi davrlarda to’lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo’ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga ehtiyojni ko’paytiradi. Undan tashqari, hozirgi vaqtda ko’pgina oldi-sotdi jarayonlari naqd pulsiz, bir-biriga bank orqali pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladi. Biz ularni o’zaro hisob-kitoblar deb ataymiz. Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: , bu yerda: Pm - muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori; Тb - sotilishi lozim bo’lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori x narxi); Хk - kreditga sotilgan tovarlar summasi; Хt - to’lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to’lovlar summasi; O’x-k - naqd pulsiz o’zaro hisob-kitoblar; At - pulning aylanish tezligi. Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so’mni, kreditga sotilgan tovarlar – 20 mln. so’mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to’lash muddati kelgan tovarlar va boshqa to’lovlar – 40 mln. so’mni, naqd pulsiz o’zaro hisob-kitoblar summasi 30 mln. so’mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 6 marta bo’lsa, u holda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori 15 mln. so’mga teng bo’ladi. Ya’ni: Download 146.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling