Mustaqil ish Mavzu: Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
Download 146.34 Kb.
|
Zamonaviy iqtisod Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bank krediti
Faktoring – bu boshqa iqtisodiy sub’ektlarning qarzdorlik buyicha majburiyatlarini sotib olish yoki qayta sotish munosabatlarini anglatadi. Bunda bank korxonalarning «debitorlik hisob varaqalari»ni o’zi uchun foydali shartlar asosida naqd pulga sotib oladi, keyin esa bu qarzlarni qarzdordan undirib oladi.
Farfeyting – bu uzoq muddatli faktoring munosabatlari bo’lib, qarzdorlik bo’yicha huquqlarni sotib olgan bank ularni odatda 1-5 yil vaqt o’tgandan so’ng undirishi mumkin bo’ladi. Banklar pul mablag’larini to’plash, joylashtirish va ularning harakatini tartibga solish bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy muassasadir. Banklar faoliyatining asosiy tomonlaridan biri kredit munosabatlariga xizmat qilish bo’lib, ular kredit muassasalarining asosini tashkil qiladi. Bank krediti – kreditning asosiy va yetakchi shakli sifatida chiqadi. U pul egalari – banklar va maxsus kredit muassasalari tomonidan qarz oluvchilarga (tadbirkorlar, davlat, uy xo’jaligi sektori) pul ssudalari shaklida beriladi. Banklar tizimi odatda ikki bosqichli bo’lib, o’z ichiga markaziy (emission) bank va tijorat (depozitli) banklarning tarmoq otgan shaxobchalarini oladi. Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi. O’Zbekistonda davlat banki Markaziy bank hisoblanadi. Тijorat banklari o’zlarining xo’jalik mavqeiga ko’ra aksionerlik tipidagi muassasalar hisoblanadi. Huquqiy mavqeiga ko’ra, faoliyatning biron bir turiga xizmat ko’rsatuvchi, ixtisoslashgan yoki milliy bank bo’lishi mumkin. Тijorat banklar sanoat, savdo va boshqa xil korxonalarni omonat tarzida jalb etilgan pul mablag’lari hisobidan kreditlaydi, korxonalar o’rtasida hisob-kitobni amalga oshiradi, shuningdek vositachilik va valyuta operatsiyalari bilan shug’ullanadi. O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to’g’risidagi qonunida aytilishicha, tijorat banklari va aksiyali pay asosida tashkil topgan xususiy banklar bo’ladiki, ular “kredit hisob-kitob va o’zga xil bank xizmatini ko’rsatadilar”. Download 146.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling