Kurash choralari. G'ovaklovchi pashshaga qarshi quyidagi kimyoviy preparatlardan: Sumi-alfa, 20% em.k. (0,6 ga/1), Konfidor, 20% em.k. (0,25 ga/1), Vertimek, 1,8% (0,6 ga/1), Karbofos, 50% em.k. (0,6 ga/1) foydalaniladi.
Tuxumning embrional rivojlanishi yuzasidan oikazilgan kuzatuvlardan maiumki, embrional bahorgi davrda 15-16 kun, yozgi davrda 10-12 kun, kuzgi davrda esa 8-10 kun rivojlanadi. Demak, tuxumning embrional rivojlanishi bahorgi davrda uzoqroq davom etadi. Bu holat iqlim sharoitlariga bogiiq boiishi mumkin, ya‟ni bir kecha-kunduzlik o„rtacha haroratning pastligi. Embrional rivojlanish nasllar bo„yicha o„rtacha 11-13 kunni tashkil etdi. Qurtlaming rivojlanishini bahorda 16-27, yozda 15-22, kuzgi davrda esa 12-18 kunni tashkil etdi.
Kurash choralari. Vertimek (0,4-0,5 ga/1), Siperfos (1,5 ga/1), Konfidor (0,25 ga/1) va Endjeo (0,2 ga/1) yuqori va davomli samaradorlik namoyon etdi.
6.G’ovaklovchi pashsha.
(Liriomyza sativae Blanch.) Amerika qit‟asida, Fransiya, Gollandiya va Belgiyada tarqalgan.
Bu tur respublikamizning Toshkent shahri va Toshkent viloyati issiqxona va ochiq dalalarida tarqalgan.
Imagosi mayda, oichami 1,3-2 mm, qoramtir-sargish. Urg„ochisini erkagidan qorin segmentida, teleskopik tuxum qo„ygichi bilan yengil ajratish mumkin.
Tuxumi oqish, ellipssimon, shaffof, oichami 0,18-0,21 mm.
Lichinkasi 2,5-3 mm, 3 yoshni oiaydi. Lichinkalar bargning mezofxl qavatida oziqlanib, g„ovak hosil qiladi. Oziqlanib boigan g„ovaklami teshib barg yuzasiga chiqadi, ba‟zan tuproqqa tushib g„umbakka aylanadi.
G„umbagi qizg„ish-qo„ng„ir, oichami 1,5-0,75 mm, to„gii burchakli ovalsimon.
G„ovaklovchi pashshaning tuxumi, lichinkasi va pupariysining rivojlanishi uchun eng past harorat 9-10°C. 25-30°C haroratda tuxumi va lichinkasining rivojlanishi uchun 7-9 kun, xuddi shu holatlarda pupariysining rivojlanishi uchun 8-9 kun kerak boiadi.
Pashsha o„simlik bargini tuxum qo„ygichi bilan teshib zararlaydi va ekskrementi bilan ifloslantiradi. Urg„ochi pashsha kamida 20-40 ta, ko„pi bilan 200-300 tagacha tuxum qo'yadi.
G„ovaklovchi pashsha lichinkalari bodring, pomidor barglarini zararlab, bir necha nasi beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |