Mustaqil ish mavzulari Urug’mevali daraxtlarning monolioz kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari
Download 0.64 Mb.
|
Mustaqil ish mavzulari fitopotologiya
ZangKasallik odatda yozning ikkinchi yarmi boshida barg yaprog’i va bandida, yosh novdalarda va ba’zan mevalarda kuzatiladi. Barglarning ustki tomonida qora nuqtali (spermagoniylar) dumaloq to’q sariq yoki qizg’ish dog’lar, pastki tomonida escha dog’larga qaramaqarshi gurux bo’lib konussimon yoki so’rg’ichsimon o’simtalar (esiya) xosil bo’ladi. Ular yulduzsimon ochiladi va teshik orqali spora massasini sochadi. Olmada zang qo’zg’atuvchisi – Gymnosporangium tremelloides Hartig, nokda – G. sabinaeWint. va G. Dobrozracovae Mitr, bexida – G. confu-sum Plowr. Ularning barchasi Uredinales tartibi, bazidiyali zamburug’lar sinfiga kiritiladi. Urug’li mevalar ular uchun oraliq xo’jayin o’simlik xisoblanadi, chunki ularning asosiy rivojlanish doirasi archada (G.tremelloides archada, boshqalari – kazak, daraxtsimon va qizil archada rivojlanadi) o’tadi. Esiyalarda xosil bo’ladigan esiosporalar bir xujayrali, dumaloq yoki noto’g’ri dumaloq, qo’ng’ir mayda so’galli qobiqqa ega. Esiosporalarining o’lchami G. tremelloidesda30-45x28-35mkm,G. sabinae da 27-31x19-27 mkm, G. confusum da 37-42x22-26 mkm va G. dobrozracovae da 27-32x20-28 mkm. Ular shamol vositasida sochiladi, shoxlar va archa ignabargiga tushgach, namlik mavjud bo’lganda o’sadi va mitseliy xosil qiladi. Mitseliy po’stloq va yog’ochlikda tarqaladi, xujayralarning kuchli o’sishini keltirib chiqaradi, natijada archa shoxlari zararlangan joyida qalinlashadi. Oradan 1,5-2,5 yil o’tgach, zararlangan joyda po’stloq ostida jigarrangqo’ng’ir o’simtalar ko’rinishida zamburug’ning teliosporalari paydo bo’ladi. Nam va issiq ob-xavoda (100S dan past bo’lmagan) o’simtalar shishadi, ilviraydi va sarg’ish bazidiosporalar massasi bilan qoplanadi. O’simtalar quriganda bazidiosporalar ajraladi va urug’li o’simliklarga tushib, ularni zararlaydi. Kasallik ko’pincha manzarali daraxt sifatida archalar o’stirilgan xiyobonlar yaqinidagi urug’li mevalarni zararlaydi. Kasallikning etkazadigan zarari zararlangan barglarning to’kilishi va shakllangan mevalar o’lchamining kichrayishi bilan ifodalanadi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling