Mustaqil Ish Milliy boyli tushunchasi va unning tarkibiy tuzilishi Tojiqulov Doston


Download 1.51 Mb.
Sana18.02.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1210407
Bog'liq
Mustaqil Ish milliy boylik tushunchasi va unning tarkibiy tushunchasi

Mustaqil Ish Milliy boyli tushunchasi va unning tarkibiy tuzilishi

Tojiqulov Doston

Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi

Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir.

Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin

Moddiy-buyumlashgan boylik.

2. Nomoddiy boylik.

3. Tabiiy boylik.

Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi.

Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.

Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:

Asosiy tayanch tushunchalar

Iqtisodiy rivojlanish – ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.

Iqtisodiy o‘sish – YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.

Iqtisodiy o‘sish mezoni – iqtisodiy o‘sishni nisbatan to‘liq darajada baholash imkonini beradigan ko‘rsatkichni xarakterlaydi.

Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari – iqtisodiy o‘sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko‘rsatkichlar tizimidan iborat.

Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarishga qo‘shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.

Intensiv iqtisodiy o‘sish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling