Mustaqil-ish pdf
REFERAT Mavzu: Yuksak sporali o'simliklarning tuzilishi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish-3
REFERAT
Mavzu: Yuksak sporali o'simliklarning tuzilishi, ko'payishi va ahamiyati Bajardi: Murodqobilov D. Tekshirdi: Safarova N.K. Toshkent-2022 • Riniyatoifa - Rhyniophyta. • Mox (yo‘sin) toifa - Bryophyta. • Psilottoifa - Psilotophyta. • Plauntoifa - Lycopodiophyta. • Qirqbo‘gimtoifa - Equisetophyta. • Qirqquloqtoifa-(paporotniktoifa) - Polypodiophyta. Yuksak o‘simliklar olami hozirgi vaqtda quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi: • Riniyatoifa - Rhyniophyta. • Mox (yo‘sin) toifa - Bryophyta. • Psilottoifa - Psilotophyta. • Plauntoifa - Lycopodiophyta. • Qirqbo‘gimtoifa - Equisetophyta. • Qirqquloqtoifa-(paporotniktoifa) - Polypodiophyta. • Ochiq urug‘li yoki qarag‘aytoifa - Gymnospermae yoki Pinophyta. • Yopiq urug‘li yoki magnoliyatoifa - Angiospermae yoki Magnolophyta Riniyatoifa -Rhyniophyta o‘simliklar bo‘limi yuksak o‘simliklarning juda oddiy tuzilgan vakillaridan iborat bo‘lib, rizoidli o‘tsimon qazilma o‘simliklarni o‘z ichiga oladi. Bu guruh vakillari bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa ham, ularning qazilma holda topil- gan turlari tuzilishini o‘rganish yuksak o‘simliklarning evolutsiyasi- ni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Dastlab, 1859-yili Kanadada geolog Djeyms Dauson tomonidan quyi devon yotqiziqlaridan g‘aroyib o‘simlik qoldiqi topilgan. Riniyanamolar - Rhyniales qabilasi. Bularning tanasi dixotomik shoxlangan, poyasi tuksiz, sporangiyalari uzunchoq yoki sharsimon bo‘lib, uzunasiga ochilgan. Qabilaning qadimgi vakillaridan biri kuksoniya turkumidir. Ular bundan 415 ming yil ilgari yashagan. Buni paleobotanik ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. Kuksoniyalarning sporangiyasi mayda, qalin po‘stli, sharsimon yoki biroz uzunroq bo‘lgan. Kuksoniyalarning sporangiyasi mayda, qalin po‘stli, sharsimon yoki biroz uzunroq bo‘lgan. Bu qabilaning yaxshi o‘rganilgan turkumi riniyalardir. Ular sernam, botqoq joylarda qalin bo‘lib o‘sgan. Ularning orasida Katta riniya - Rhynia major yirikroq bo‘lib, balandligi 0,5m gacha, eni (poyaning diametri) 5mm ga yaqin bo‘lgan. Tanasida ildizpoyaga o‘xshash gorizontal holatda bo‘lib, undan yuqoriga qarab poyasimon qismi pastga qarab rizoidlar taraqqiy etgan Riniyatoifa bo’limi o’simliklarining umumiy tuzilishi Yo‘sintoifa (moxtoifa) - Bryophyta o‘simliklar Yo‘sintoifa o‘simliklar bo‘limiga 25000 ga yaqin tur kiradi. Tur soni jihatidan yuksak o‘simliklar orasida gulli o‘simliklardan keyin 2-o‘rinda turadi. Yo‘sintoifa o‘simliklar ancha oddiy tuzilganligi, ildizi va o‘tkazuvchi sistemasi bo‘lmasligi bilan boshqa yuksak o‘simliklardan farq qiladi. Yo‘sintoifa o‘simliklarning oddiylari, tallomlilar bo‘lib, ularning tanasi yer bag‘irlab yotadigan tallomdan iborat. Jigarsimon yo‘sinlar - Hepaticopsida sinfi gametofitining xilma-xil bo‘lishi va sporofitning deyarli o‘xshash bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu ajdodga 30 ga yaqin turkum va 6000 dan ortiq tur kiradi. Ularning ko‘pchiligi tropiklarda tarqalgan bo‘lib, asosan sernam tuproqda, ayrimlari esa suvda uchraydi. Poyabargli yo‘sinsimonlar - Bryopsida sinfi (ajdodi) Poyabargli yo‘sinsimonlar - Bryopsida sinfiga 15000 dan ortiq tur kiradi. Uning vakillari quruqlikda keng tarqalgan. Arktika, tundra o‘simliklariga yopishgan holda botqoq, chuchuk suvlarda, ayrim vakillari O‘rta Osiyoning qumli cho‘llarida uchraydi. Bu sinfga poyabargli yo‘sinlar kiradi. Poyasi radial, sershox tuzilishga ega bo‘lib, barglari ketma-ket yoki spiral holda joylashgan. Antotserotsimon yo’sinlar- Anthocerotopsida Bu sinfga (100 tur) kiruvchi osimliklar bir uyli bazan ikki uyli. Bir uylilarda jinsiy azolar anteridiy va arxegoniylar bitta osimlikda hosil boladi. Tallomining har bir xujayrasida pirenoidli yashil plastinka korinishida yirik xromatofar bor, bu xromatofor yashil suv otlarini xromatoforiga oxshaydi. Sinfning keng tarqalgan vakillaridan biri Anthoceros laevis. Bu osimlik haydalgan erlarda va ariq boylarida uchraydi. Sporalari sporogonni ikki pallaga ajralishi natijasida tashqariga tarqaladi. Yo’sinlarning umumiy tuzilishi va ko’payishining gallanishi Psilottoifa bo’limi - Psilophyta Bu bo’lim birgina Psilotsimonlar ajdodidan tarkib topgan. Bular bizning davrgacha etib kelgan «Relikt» o’simliklar hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligi botqoqliklarda yashagan. Sporangiylari ochilishga moslashmagan, yer osti organlari topilmagan. Ko‘pchilik mualliflar psilofitlarni qurug‘likning dastlabki vakillari deb hisoblashgan. Ularni tuban va yuksak o‘simliklar o‘rtasidagi bog‘lovchi oraliq forma deb hisoblashgan. Haqiqiy real qazilmalari bor-yo‘g‘i 2-3 turkumni tashkil qilgan, jumladan, riniya bo‘limining yangi nomi ham shunday kelib chiqqan. Qazilma o‘simliklar torf, toshko‘mirlar hosil bo‘lishida dastlabki materiallar hisoblanadi. Sharoitga qarab, o‘simliklar to‘liq parchalanishi yoki minerallashgan holatda saqlanib qolishi mumkin. O‘simlik butun holda qazilma holida kamdankam saqlanadi Ko‘pincha bargi, yog‘och bo‘lagi, qubbalari, urug‘i, mevasi kabi alohida qismlarini saqlanganini ko‘ramiz. Ajdod bitta oila, ikkita turkumdan iborat: 1.Tmezipteris – Tmesipteris tannenis 2. Psilotum - Psilotum triquetrum Tmezipteris turkumini 10 ga yaqin turi ma’lum. Ular Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa joylarda tarqalgan. Bu osimliklarni boyi 5–40 (100) sm. Ildizi rivojlanmagan, ildiz poyali epifit holda yashaydigan o’simlik, ya’ni boshqa o’simlik tanasida substrat sifatida foydalaniladi. Ildizpoyalaridan novdalar o’sib chiqib, ular daraxt tanasida osilib turadi. Novdalar oddiy ba’zan dixotomik tarzida shakllanadi. Barglari lantsetsimon tuzilishiga ega. Poyaning ustki qismlaridagi vegetativ barglar orasida sporofillar bor. Ular ikkiga ajralgan bo’lib, o’rtasida ikkita sporangiy hosil buladi. Har ikkalasi qo’shilib sinangiyni hosil qiladi. Sporalari bir xil. Gametofiti bir uyli ayrim jinsli, tuproq ostida rivojlanadi. Psilotum 2 turdan iborat bolib, ular Yer sharining tropik va subtropik hududlarida tarqalgan. Bu osimlik ham erda yoki daraxt tanasida epifit holda hayot kechiradi. Ildizpoyasidan dixototik shoxlangan er usti novdalari chiqadi. Ular mayda barglar bilan qoplangan. Novdalarda sporangiylar uchtadan bolib, joylashgan. Ular ozaro qo`shilib, sinangiylarni hosil qiladi. Plauntoifa – Lycopodiophyta bo’limi. Bu bo’limga mansub o’simliklarning rivojlanish davri Poleozoy erasining toshko’mir davriga togri keladi. Hozirgi vaqtda ularning turlar soni keskin kamayib 1000 ga yaqin turi uchraydi. Shuningdek ular o’simliklar qoplamining hosil qilishdagi ishtiroki kam. Ular faqat doim yashil kop yillik o’simliklardir. Daraxtsimonlari bizning davrimizgacha yetib kelgan emas. Plaunlarning tanasi poya, barg va ildizga ajralgan. Poyasi dixotomik ravishda shoxlangan. Barglari mayda bigizsimon bo’lib, poyada ketma-ket ba’zi hollarda qarama-qarshi, halqasimon bo’lib joylashgan. Bularni hayotiy rivojlanish davrida sporofit nasl, gametofit naslga nisbatan ustunlik qiladi. Sporangiyalari poya uchida hosil bo’lgan barglarning barg qo’ltiqlarida yoki bargning pastki yuza tomonida hosil bo’ladi. Ularni spora hosil qiluvchi barglar yoki sporofillar deb ataladi. Sporalarini shakli teng yoki har-xil bo’ladi. Gametofitlari 20 mm gacha borib, tuproq yuzasida, tuproqqa botgan holda ba’zan tuproq ostida saprofit (zamburug’lar bilan) hayot kechiradi. Gametofitning to’la rivojlanib, undan embrion hosil bolishi uchun 12-15 yil sarflanadi. Gametofitlari bir uyli ayrim jinsli yoki ikki uyli bir jinslidir. Jinsiy a’zolari anteridiy va arxegoniylar hisoblanadi. Anteriyda hosil bolgan spermatazoidlar ikki yoki ko’p xivchinli. Uning tuxum xujayra bilan qo’shilishidan yangi individ ya’ni sporofit shakllanadi. Bu bo’lim sporalarini tuzilishiga kora 2-ta sinfga bo’linadi: 1. Plaunsimonlar sinfi - Lycopodiopsida 2. Polushniksimonlar sinfi Isoetopsida Qirqbo‘gimtoifa – Equisetophyta Bu bo’lim vakillari poyasining to’g’ri tartib bilan bogim va bo’g’im oralig’iga bo’linishi bilan boshqa yuksak sporali o’simliklardan farq qiladi. Ularning bo’g’imlarida mayda barglar halqasimon yoki mutovqasimon bo’lib, joylashgan. Bularda poyadan chiqqan shoxlar ham xuddi barglar kabi mutovqasimon joylashib, ular ham o’z navbatida bo’g’imlarga bo’lingan. Poyani tashqi tomoni serqirrali bo’lib, bu serqirralilik ichki tomonga ham ta’sir kiladi. Yana xarakterli belgilaridan, bularning sporofillari butunlay vegetativ barg vazifasini bajarishdan voz kechgan. Ular faqat spora hosil qilish bilan chegaralanadi, bu jixatdan plaunsimonlarning sporofillaridan farq qiladi. Shuning uchun ham bularni sporofillarini sporangiyaforlar deb ataladi. Bo’lim turlari Poleozoy erasining Toshko’mir davrida keng tarqalgan va rivojlangan. Ularni daraxt, buta shakildagilari yuqolib ketib, bizning davrimizgacha etib kelgan emas, faqat keyinroq paydo bulgan, kop yillik otosimliklargina bizgacha etib kelgan. Qirqbo’g’imlilarni hozirgi davrda 30 ga yaqin turi ma’lum. Ular dunyoning Avstraliya va Yangi Zellandiya orollaridan tashqari barcha yerlarda uchraydi. O'rta Osiyoda 6 turi uchraydi. Qirqbo’g’imlilar kelib chiqishiga ko’ra Riniofitlarga borib taqaladi. Chunki ularda ham mayda barglilik kuzatiladi (Mikrofilliya). evalyutsion nuqtai nazardan bu bo’lim ham tipik hisoblanadi. 2. Bu bo’lim 3 sinfga bo’linadi: 1. Gieniyasimonlar sinfi - Hyeniopsida 2. Ponabargsimonlar sinfi- Sphenophylopsida; 3. Qirqbo’g`imsimonlar sinfi - Egvisetopsida; Qirqquloqtoifa-(paporotniktoifa) - Polypodiophyta. Qirqquloqsimonlar toshkomir davrida yer yuzida kop tarqalgan osimlik xisoblanadi. U davrda daraxtsimon paporotniklarning juda katta ormonlari bolgan. Bu daraxtlarning balandligi 20-30 m bolgan. Yerdan qazib olingan bu osimliklarning toshga aylanib ketgan qoldiqlari va ularning toshkomirga tushib qolgan aniq izlari toshkomir davrining osimligi ekanligini bildiradi. Xozirgi vaqtda ham Avstraliya, Novaya Zelandiya, Braziliya mamlakatlarida osadigan turlari uchraydi. Bularning tashqi korinishi palmaga oxshaydi. Qirqquloqsimonlilar moxlardan shu bilan farqlanadiki, ularning sporofit nasli yaxshi taraqqiy etgan.Ularda ildiz bolmaydi.qirqquloqsimonlilarda xaqiqiy ildiz boladi. Qirqquloqsimonlilar quruqda ossa ham, ular soya-salqinni yaxshi koradi. Qirqquloqsimonlilar orasida suvda osadigani ham uchraydi. Mas: suv qirqquloqi. Qirqquloqlarning o’tkazuvchi toqimalari yaxshi taraqqiy etgan. Ularda floema va ksilema elementlarini korish mumkin. Otkazuvchi toqima elementlari konsentrik tuzilgan, yani ksilema markazda joylashgan. Qirqquloqsimonlilar quruqlikda ossa ham, ular soya salqin yerlarni yaxshi koradi. Qirqquloqsimonlilar orasida suvda yashaydigani ham uchraydi. Xozirgi zamonda uchraydigan qirqquloqlarning turlari 8000 dan oshadi. Qirqkuloqlar yer sharining chol zonasidan tashqari hamma yerda tarqalgan. Xavosi nam bolgan joylarda, ormonlarda bazilari togli joylarda uchraydi. Bazi qirqquloqlar madaniy osimliklar orasida, begona ot sifatida uchraydi. Mas.Gruziyada choy plantatsiyasida Orlyak deb atalgan qirqquloq uchraydi. Uning bargi shu darajada katta boladiki, odam korpa ornida yopib yotsa boladi. Qirqboginlar poyasida bogim va bogim oraliqlari bolishi bilan xarakterlidir. Bogimda mayda reduksiyalangan barglar boladi. Qirqbogimlar ariq boylarida, nam yerlarda, madaniy osimliklar orasida begona ot sifatida uchraydi. Bu tipga yuqori sporali o‘simliklarning eng sodda tuzilganlari kiradi. Shunday bo‘lsa ham ular tuban sporali o‘simliklarga nisbatan yaxshi taraqqiy etgan bo‘ladi. Moxlar quruqlikda yashashga moslashgan bo‘lsa ham, ular asosan nam yerni yaxshi ko‘radi. Moxlarni ariq bo‘ylarida, botqoqliklarda, zax yerlarda uchratish mumkin. Moxlarning ba’zi bir vakillari organlarga bo‘linmaydi. Mas:jigarsimon moxlar. Ko‘pchilik vakillari organlarga bo‘linadi. Bularda xaqiqiy tuzilgan barg, poya mavjud. Lekin ildiz bo‘lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Rizoid - epidermisdan o‘sib chiqqan mayda tukka o‘xshaydi. Moxlarda yuqori o‘simlik-larga nisbatan to‘qimalari yaxshi taraqqiy etmagan. Moxlar-ning otaligini anteridiya,onaligi-arxegoniya deyiladi. Moxlarning jinsli nasli yaxshi taraqqiy etgan. Jinsli naslini gametofit deyiladi. Jinssiz nasli yomon taraq-qiy etgan. Jinssiz naslini sporofit deyiladi. Moxlar 3 xil yo‘lda ko‘payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Jinsli va jinssiz ko‘payish gallanib turadi. Oldin jinsli, so‘ngra jinssiz ko‘payish bo‘ladi. Jinsli ko‘pa-yish natijasida spora xosil bo‘ladi. Jinssiz ko‘payganda yangi o‘simlik xosil bo‘ladi. Moxlar 2 sinfga bo‘linadi: 1. Jigarsimon moxlar Bularning ba’zi vakillarining tashqi ko‘rinishi jigarga o‘xshash bo‘ladi. Jigarsimon moxlar organlarga bo‘linmagan. 2. Poya va bargli moxlar Bularda xaqiqiy poya va barg bo‘ladi. JIGARSIMON MOXLAR Jigarsimon moxlarga vakil qilib Marщansiyani olamiz. Marщansiyani 1 - marta fransuz vrachi Marщanse topgan va o‘z nomiga qo‘ygan. Marщansiya zax yerlarda, ariq bo‘ylarida o‘sadi.Uning tanasining tashqi ko‘rinishi bargga o‘xshash bo‘ladi.Tanasining pastki tomonidan,ya’ni epidermisdan o‘sib chiqqan rizoidlar yordamida yerga yopishib o‘sadi. Marщansiyaning ko‘ndalang kesimida tashqi tomoni epidermis bilan qoplangan. Epidermisda ustitsalar joylashgan. Ustitsaning ichkari tomonida xavo kamerasi bor. Assimilyatsion xamda zapas oziq moddalarni to‘playdigan to‘qimalar uchraydi. Assimiliyatsion to‘qima xujayralarida xlorofil donachalari bor. Bu xujayralarda fotosintez protsessi bo‘lib turadi. Marщansiya tanasining pastki epidermisidan rizoid o‘sib chiqqan bo‘ladi. Marщansiya 3 xil yo‘lda ko‘payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Vegetativ ko‘payish kurtaklar yordamida bo‘ladi. Kurtaklar marщansiyaning ustki tomoniga joylashgan. Kurtaklar shamol yordamida uzilib ketib: bu uzilgan kurtaklardan marщansiya o‘sib chiqadi. Ya’ni kurtaklar marщansiya tanasiga aylanadi. Marщansiya 1 jinsli 2 uyli o‘simlik xisoblanadi. Bitta marщansiya onalik ekzemplyar xisoblanadi. Otalik va onalik marщansiyalar bir birlaridan quyidagicha farq qiladi: Otalik marщansiyaning tanasining ustidan o‘sib chiqqan plastinka kamroq qirqilgan. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ko‘proq qirqilgan. Otalik ekzemplyaridagi plastinka dastasi tuksiz va kaltaroq. Onalik ekzemplyaridagi plastinkaning dastasi tukli bo‘ladi. Otalik va onalik ekzemplyaridagi plastinkalar ichida jinsiy organlar taraqqiy etadi. Otalik ekzemplyaridagi plastinka ichida bir nechta yumaloq shaklda anteridiya uchraydi. Onalik ekzemplyaridagi plastinka ichida arxegoniyalar taraqqiy etadi. Arxegoniya ikki qismdan iborat: 1. Arxegoniyaning bo‘yni 2. Arxegoniyaning qorni. Arxegoniyaning qornida tuxum xujayra taraqqiy etadi. Marщansiyaning jinsli ko‘payishi yog‘ingarchilik vaqtida suvning yordamida bo‘ladi. Anteridiyalar ishlab chiqargan spermatozoidlar (onalik ekzemplyaridagi) suvda suzib yuradi. Spermatozoidlar onalik ekzemplyaridagi arxegoniyaning uchiga kirib yopishadi. Natijada arxegoniyaning uchi yoriladi. Spermatozoidlarning kirishiga yo‘l ochiladi. Spermatozoidlar arxegoniyaning bo‘yni orqali kirib tuxum xujayrani otalantiradi. Otalanish bo‘lib o‘tgandan so‘ng embrion xosil bo‘ladi. Shu bilan jinsiy ko‘payish tugaydi va jinssiz ko‘payish boshlanadi. Sporogon avval arxegoniyaning qornida joylashgan bo‘ladi. Sporogon yetilgandan so‘ng uning bandi chuziladi, arxegoniyani yorib chiqadi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporogon ham yoriladi. Natijada juda ko‘p sporalar va ellateralar chiqadi. Ellateralar-bu jinssiz xujayra. Sporalar qulay sharoitga tushib qolsa, o‘sa boshlaydi. Sporalar marщansiyaga aylanadi. Sporalar tashqi ko‘rinishi jixatidan bir xil bo‘lsa ham, fizologik jixatdan har xildir. Bitta sporadan otalik marщansiya o‘sib chiqsa, 2-sporadan onalik marщansiya o‘sib chiqadi. Marщansiya oldin jigar kasalligiga ishlatilgan. Xozir esa meditsinada ishlatiladi. POYA BARGLI MOXLAR Poya bargli moxlarda xaqiqiy poyasi va bargi bor. Ildizi bo‘lmaydi. Ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Bu sinfga vakil qilib "Kakku zig‘iri, Kukushkin lyonni olamiz. Kakku zig‘iri MDXning o‘rmon zonasida, ba’zan botqoqliklarda o‘sadi. Bo‘yining uzunligi 40 sm gacha boradi. Bargi ko‘ndalang kesimida tashqi tomonidan epidermis bilan qoplangan. Bargida mexanik va assimilyatsion to‘qimalarni uchratish mumkin. Kakku zig‘irida xaqiqiy poya va barg bor, ildiz bo‘lmaydi, ildiz vazifasini rizoidlar bajarib turadi. Rizoidlar mineral moddalarni yerdan olish uchun yordam beradi. Kakku zig‘iri 3 xil yo‘lda ko‘payadi. 1. Vegetativ 2. Jinsli 3. Jinssiz Vegetativ ko‘payishlar rizoidlar yordamida bo‘ladi. Oldin jinsli so‘ngra, jinssiz ko‘payish bo‘ladi. Kakku zig‘iri marщansiyaga o‘xshash 1 jinsli, 2 uylik o‘simlik hisoblanadi.1 ta ekzemplyarda arxegoniyalar taraqqiy etadi. 1 ta ekzemplyarda anteridiya taraqqiy etadi. Onalik kakku zig‘irining bo‘yi uzun, otalik kakku zig‘irining bo‘yi bir oz kaltaroq bo‘ladi. Otalik ekzemplyarida anteridiyalarni o‘rab turgan qizil bargchalar parafizalar bo‘ladi. Bu qizil bargchalarni perianti deyiladi. Anteridiya uzun xaltachaga o‘xshash bo‘ladi. Anteridiyalar 2 xivchinli, xarakatchan spermatazoidlarni vujudga keltiradi. Arxegoniyaning shakli kolbaga o‘xshash bo‘lib, ular ham parafizalar bilan o‘ralgan. Otalanish protsessi suvning yordamida bo‘ladi. Suvda suzib yurgan spermatozoidlar kelib arxegoniyaga yopi-shadi. Bo‘yni orqali kirib, tuxum xujayrani otalantiradi. Natijada embrion xosil bo‘ladi. Embrion ko‘p xujayrali sporogonga aylanadi. Sporogon band tashkil etadi. Shu xolicha u qishlaydi. Kelgusi yili sporogonning bandi cho‘zilib ketib,poyadagi bargdan uzoqlashadi. Sporogonning yuqori tomonida qalpoqchasi bo‘ladi. Bu qalpoqcha sporogonni sovuqdan va issiqdan saqlab turadi. Baxorda bu qalpoqcha tushib ketadi. Qalpoqcha ostidagi qalpoqcha esa sporogonning uchki tomonini yopib turadi. Sporogon ichida sporangiya xujayralari taraqqiy etadi. Sporangiya xujayralarning reduksion bo‘linishi natijasida sporalar vujudga keladi. Sporalar yetilgandan so‘ng sporangiya devori yoriladi. Sporogonning qopqoqchasi ochilib, sporalar tarqalib ketadi. Sporalar juda mayda, sariq rangli bo‘ladi. Sporalar qulay joyga tushib qolsa, kakku zig‘iriga aylanadi. Sporalar fiziologik jixatidan har xil. 1 ta sporadan otalik kakku zig‘iri, 2-sporadan onalik kakku zig‘iri vujudga keladi. TORF XOSIL QILUVCHI MOXLAR Sfagnum bir biriga o‘xshash bo‘lgan 300 dan ortiq turga ega. Asosan u MDX ning shimol va g‘arbida,mineral moddalari kam bo‘lgan suvlarda,nam va botqoqliklarda o‘sadi.Tarkibida Sa++tuzlari bor suvga chiday olmaydi. Shuning uchun ham oxakli tuproqda o‘smaydi. Sfagnum namlikning 99% ini o‘ziga shimib oladi. Natijada sfagnum o‘sgan yer botqoqlikka aylanadi. Sfagnumning yuqori tomoni asta sekin o‘sib boraveradi. Pastki tomoni esa asta sekin qurib boradi. Natijada qurigan tomoni yiqilib torf botqoqligiga aylanadi. Torf bakteriyalarni o‘ldirish xususiyatiga ega. Shuning uchun u meditsinada yara bog‘lovchi material ya’ni paxta sifatida ishlatiladi. Torf yoquv ashyosi xamda o‘g‘it sifatida qo‘llaniladi. QIRQQULOQSIMONLAR TIPI Qirqquloqsimonlar toshko‘mir davrida yer yuzida ko‘p tarqalgan o‘simlik xisoblanadi. U davrda daraxtsimon paporotniklarning juda katta o‘rmonlari bo‘lgan. Bu daraxtlarning balandligi 20-30 m bo‘lgan. Yerdan qazib olingan bu o‘simliklarning toshga aylanib ketgan qoldiqlari va ularning toshko‘mirga tushib qolgan aniq izlari toshko‘mir davrining o‘simligi ekanligini bildiradi. Xozirgi vaqtda ham Avstraliya, Novaya Zelandiya, Braziliya mamlakatlarida o‘sadigan turlari uchraydi. Bularning tashqi ko‘rinishi palmaga o‘xshaydi. Qirqquloqsimonlilar moxlardan shu bilan farqlanadiki, ularning sporofit nasli yaxshi taraqqiy etgan.Ularda ildiz bo‘lmaydi.qirqquloqsimonlilarda xaqiqiy ildiz bo‘ladi. Qirqquloqsimonlilar quruqda o‘ssa ham, ular soya-salqinni yaxshi ko‘radi. Qirqquloqsimonlilar orasida suvda o‘sadigani ham uchraydi. Mas: suv qirqquloqi. Qirqquloqsimonlilarning o‘tkazuvchi to‘qimalari yaxshi taraqqiy etgan. Ularda floema va ksilema elementlarini ko‘rish mumkin. O‘tkazuvchi to‘qima elementlari konsentrik tuzilgan, ya’ni ksilema markazda joylashgan. Qirqquloqsi-monlilar 3 sinfga bo‘linadi. 1. Qirqquloqlar 2. Qirqqbo‘g‘inlar 3. Plaunlar Qirqquloqsimonlilar quruqlikda o‘ssa ham, ular soya salqin yerlarni yaxshi ko‘radi. Qirqquloqsimonlilar orasida suvda yashaydigani ham uchraydi. Xozirgi zamonda uchraydigan qirqquloqlarning turlari 8000 dan oshadi. Qirqkuloqlar yer sharining cho‘l zonasidan tashqari hamma yerda tarqalgan. Xavosi nam bo‘lgan joylarda, o‘rmonlarda ba’zilari tog‘li joylarda uchraydi. Ba’zi qirqquloqlar madaniy o‘simliklar orasida, begona o‘t sifatida uchraydi. Mas.Gruziyada choy plantatsiyasida Orlyak deb atalgan qirqquloq uchraydi. Uning bargi shu darajada katta bo‘ladiki, odam ko‘rpa o‘rnida yopib yotsa bo‘ladi. Qirqbo‘g‘inlar poyasida bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlari bo‘lishi bilan xarakterlidir. Bo‘g‘imda mayda reduksiyalangan barglar bo‘ladi. Qirqbo‘g‘imlar ariq bo‘ylarida, nam yerlarda, madaniy o‘simliklar orasida begona o‘t sifatida uchraydi. Plaunlarning poyasi dixatomik ravishda shoxlanishi bilan boshqa sinflardan farq qiladi. Qirqquloqsimon-lilar 3 xil yo‘lda ko‘payadi: 1. Vegetativ 2. Jinssiz 3. Jinsli Vegetativ ko‘payish ildizpoyalar yordamida bo‘ladi. Jins-siz ko‘payish sporalar yordamida,jinsli ko‘payish jinsiy organlar yordamida bo‘ladi. Qirqquloqsimonlilarda oldin jinssiz, so‘ngra jinsli ko‘payish bo‘ladi. Moxlarda aksincha edi. Qirqquloqsimonlilarda jinsiy organlar o‘simtalarda taraqqiy etadi. O‘simtalar 1 uyli yoki 2 uyli 1 jinsli bo‘lishi mumkin. Otalanish protsessi yog‘ingarchilik vaqtida bo‘ladi. Otalangan tuxum xujayradan jinssiz nasl-sporofit o‘sib chiqadi. Sporofit - bu ildiz,poya,bargli xaqiqiy o‘simlikdir. Jinssiz nasli- sporofitda sporangiya xujayralarning reduksion yo‘lda bo‘linishi natijasida sporalar xosil bo‘ladi. Sporalar shamol yordamida tarqaladi. Agar sporalar bir xil bo‘lsa, undan 2 jinsli o‘simta o‘sib chiqadi. Sporalar xar xil bo‘lsa 2 uyli 1 jinsli o‘simta o‘sib chiqadi. Sporalar katta va kichik bo‘lishi mumkin. Kichik sporalarni Mikrospora, katta sporalarni Makrospora deyiladi. Mikrosporalar mikrosporangiyalarda,makrosporalar esa makrosporangiyalarda taraqqiy etadi. Mikrosporadan otalik o‘simtasi o‘sib chiqadi. Bu otalik o‘simtada Anteridiyalar taraqqiy etadi. Makrosporadan onalik o‘simtasi o‘sib chiqadi. Unda Arxegoniyalar taraqqiy etadi. O‘rmon qirqquloqining ildiz poyasidan gijja xaydaydigan ekstrakt tayyorlanadi. Qirqbo‘g‘imnning poyasi siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Apteka plaunning sporasi detskaya pudra va pilyula tayyorlashda, bir biriga yopishib qolmasligi uchun sporadan sepiladi. Og‘ir sanoatda metallarni quyishda,qolipga sporasi solib quyiladi. Yuqori sporali o'simliklar quruqlikda 400 million yildan ko'proq vaqt davomida yashaydi. Birinchi o'simliklar edi kichik o'lcham, hozirgina tartibga solgan edi vegetativ organlar. Evolyutsiya jarayonida ichki va tashqi tuzilishi. Yuqori sporali o simliklarda sporalar ko p hujayrali sporangiyalarda hosil bo lib, ʻ ʻ ʻ shamolning tarqalishiga moslashgan. Sporalardan gametofit rivojlanadi, u nihol deb ataladi va uning ustida jinsiy a'zolar hosil bo'ladi. Jinsiy ko'payish uchun tomchilatib yuboriladigan suyuqlik kerak. Sporalardagi aseksual va jinsiy avlodlar mustaqil organizmlar bilan ifodalanadi. Yuqori sporali o'simliklarga bo'linmalar kiradi: briofitlar, likopsidlar, psilotoidlar, otquloqlar, paporotniklar. Briofit bo'limi. Bu guruhga eng qadimgi va eng sodda tarzda joylashtirilgan yuqori o'simliklar kiradi. xarakterli xususiyat moxlar, ularni barcha yuqori o'simliklardan ajratib turadigan, gametofit - jinsiy avlodning hayot aylanish jarayonida ustunlik qiladi. Bryofitlarning boshqa belgilariga quyidagilar kiradi: eng ibtidoiy vakillarda tanasi tallus bilan ifodalanadi. Ko'proq uyushgan bargli o'simliklar; bryofitlarning ildizlari yo'q, o'simliklar substratga rizoidlar bilan biriktirilgan; moxlar o'tkazuvchi tizimga ega emas, barcha yuqori o'simliklardan farqli o'laroq, moxlar avaskulyar o'simliklardir; suvning so'rilishi va bug'lanishi tananing butun yuzasi bo'ylab amalga oshiriladi; sfagnum moxlarida suv saqlash to'qimalari rivojlangan; mexanik to'qimalar rivojlanmagan, shuning uchun moxlar kichik hajmga ega, bo'laklarda o'sadi; ko'pchilik moxlar vegetativ tarzda ko'payadi (novdalar, barglar, urug' kurtaklari qismlaridan foydalangan holda). Yashil mox o'simligi gametofit bilan ifodalanadi, unda gametangiya hosil bo'ladi. Ular surgunning yuqori qismida hosil bo'ladi. Urug'lantirish faqat suv borligida mumkin. Ko'pgina spermatozoidlar bir tomchi suvga chiqariladi va u bilan birga o'simlikdan o'simlikka o'tishi mumkin. Urug'lantirilgandan keyin sporofit rivojlanadi. Bu oyoqli quti bo'lib, uning yordamida yashil gametofit o'simlikiga yopishadi va undan yashaydi. Ushbu etandagi sporofit va gametofit, xuddi bitta o'simlikni anglatadi. Ko'p sporalar qutida pishib, ular parchalanadi va shamol tomonidan olib ketiladi. Moxlar orasida bir va ikki uyli organizmlar mavjud. Moslar ko'p yillik mayda doimiy yashil o'simliklardir. Hayot davomida ular butunlay qurib ketishi mumkin, ammo namlashdan keyin ular o'simliklarga qaytadilar. Moslar juda sekin o'sadi, yiliga bir necha millimetr. sfagnum moxlari tabiiy antiseptiklar sifatida tanilgan, ular ozgina chiriydi va baland botqoqlarda torf konlarini hosil qiladi. Katta ahamiyatga ega suv almashinuvi uchun moxlar bor - ular kechiktiradilar atmosfera suvi va uni asosiy holatga o'tkazing. Strukturaviy xususiyatlar tufayli moxlar eng nam yashash joylarida yashaydi. Ular tundrada, tayga o'rmonlarida, baland va o'tish botqoqlarida joylashgan. O tloq va epifit ʻ moxlari bor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling