Mustaqil-ish pdf
Magnoliyatoifalarning klassifikatsiyasi
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish-3
Magnoliyatoifalarning klassifikatsiyasi
Gulli o'simliklarning hozirgi zamon filogenetik sistcmalari orasida rus olimi akademik Taxtadjyanning sistemasi o'zining mukammalligi, ixchamligi, sistematika fanining eng so'nggi yutuqlarini hisobga olib turkumlargacha aniqlik bilan tuzilganligi jihatidan alohida ajralib turadi. Bu sistemada magnoliyatoifalarning 533 ta oila, 13 ming turkum va 250000 ta atrofida turdan iborat ekanligi ko'rsatilgan. 1. Magnoliyasimonlarning urug'lari ikki urug'pallali, Lolasimonlarniki esa bir urug'pallali. Ammo Magnoliyasimonlardan ayrimlarining urug'lari bir urug'pallali ekanligi kuzatiladi. Masalan, Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) dan Fikariya (Ficaria) da, Navro'zguldosh (Prirnulaccac) lardan siklamcn (Ceclamcn) da va umuman 40 tacha misolda shunday tuzilishni kuzatish mumkin. Lolasimonlardan esa Agafantus (Agaphanthus) va sitxrantus (Cythranthus) da urug'larning ikki urug'pallali ekanligi aniqlangan. Ba’zi chetlanishlarga qaramasdan bu belgi ikkala ajdodni ajratuvchi eng muhim belgidir. 2. Magnoliyasimonlarda urug'pallalar lateral (ikki yon tomonda), Lolasimonlarda esa terminal, ya’ni poyachaning uchida o'rnashgan. 3. Magnoliyasimonlarning ildizi ikkilamchi yo'g'onlashishga ega, kambiy halqasi bor va o'q ildiz sistemasi shakllanadi; Lolasimonlarda aksincha, asosiy ildiz nobud bo'ladi, kambiy halqasi yo'q, qo'shimcha ildizlardan popuk ildiz sistemasi shakllanadi. 4. Magnoliyasimonlarning poyasida kambiy halqasi mavjud va shu sababdan ikkilamchi yo'g'onlashuv sodir bo'ladi; Lolasimonlarda esa 7 kambiy yo'q, poya ikkilamchi yo'g'onlashishga ega emas. Ammo mustasno tarzda daraxtsimon liliyasimonlardan Dratsena (Dracaena) va Kordilina (Cordylinc) larda ikkilamchi yo'g'onlashuv mavjud, u poyaning periferik qismida yangi nay-tolali tutamlar hosil bo'lishi hisobiga sodir bo'ladi. Ammo ba’zi liliyalar (Lilium), makkajo'xori (Zea mays), qo'g'alar (Tupha) va boshqalarda dastlab kambiy bo'ladi, ammo tezda uning faoliyati to'xtaydi. Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) dan podofillum da (ikki urug'pallalilar) kambiy butunlay yo'q. 5. Magnoliyasimonlarning barglari juda xilma-xil: oddiy, murakkab bandli, o'troq; qinli, qinsiz, yonbargchali; butun, kesilgan, bo'lakli; asosan to'rsimon va patsimon tomirli, ba’zan bargsiz turlari ham mavjud. Lolasimonlarda esa barglari oddiy, bandsiz, qinli yoki qinsiz, parallel yoki yoysimon, tomirlangan, yonbargsiz yoki bir yonbargli. Patsimon bo'lakli barglarni faqat palma va aronniklardagina ko'rish mumkin. Ammo ikki urug'pallalilardan Chinniguldoshlar (Caryophyllaceae) va Zupturumdoshlar (Plantaginaceae) ning barglari ensiz, qinli, parallel yoki to'rsimon tomirlangan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling