Mustaqil-ish pdf
Lolasimonlar ajdodi (sinfi) — Liliopsida (Monocotyledoncs)
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- GUNAFSHADOSHLAR (Violaceae)
- Binafsha (Viola), turkumi
Lolasimonlar ajdodi (sinfi) — Liliopsida (Monocotyledoncs) Lolasimonlar ajdodi 4 ta ajdodga, 37 qabila, 104 oila va 3000 turkumga mansub 63000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. Bu sinf vakillarining urug'pallasi bitta. Ularning aksariyat qismi bir yillik o'tlardan iborat. Palma singari ba’zi daraxtsimon turlari ham bor. Ildizlari popuk ildiz. Barglari parallel tomirlangan. Poyasida ikkilamchi yo’g'onlashish yo'q, sababi bularda kambiy rivojlanmagan. Gul tuzilishi ham o'ziga xos gulqo'rg'oni oddiy. Gulqo'rg'on bo'laklari 8 3 tadan bo'lib joylashgan. GUNAFSHADOSHLAR (Violaceae) Gunafshadoshlar – ikki urugʻ pallali oʻsimliklar oilasi. Tropik va subtropik mintaqalarda keng tarqalgan. 16 turkum va 850 tur kiradi. Gunafshadoshlar bir yillik va koʻp yillik oʻt, buta, chala buta va past boʻyli daraxtlar. Barglari, asosan, butun, navbat bilan joylashgan. Gullari bittadan yoki ikkitadan boʻlib, barg qoʻltigʻidan chiqadi, aktinomorf yoki zigomorf. Kosacha va tojbarglari 5 tadan, pastki tojbarglarining ostki qismi pixga aylangan, changchisi 5 ta, urugʻchisi 2 — 5 ta, tugunchasi ustki, bir uyali. Oʻzbekistonda binafsha turkumiga mansub turlari oʻsadi. Ayrim turlari bahorda ochiladigan xushmanzara oʻsimlik sifatida ekiladi. Binafsha (Viola), turkumi Gunafsha — gunafshadoshlarga mansub, koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik, ekiladigan gul. Gunafsha Shimoliy yarim sharning oʻrta mintaqalarida tarqalgan. 500 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 14 ta yovvoyi, 3 madaniy turi oʻstiriladi. Erta bahorda ochiladi. Poyasi yer bagʻirlab oʻsadi. Gullari yirik, toʻq safsar, oq, sariq, havorang , xushboʻy hidli. Gunafsha yer tanlamaydi, salqin joylarda, shuningdek qishda berk joylarda ham oʻsadi. Asosan, urugʻidan, ayrim turlari ildiz poyasini boʻlib ekish bilan koʻpaytiriladi. Xushboʻy B. (V. odarata)ning guli (0,04%) va bargi (0,05%)dan efir moyi olinadi. B.ning bu turi Qrimda koʻp ekiladi. 9 Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling