Mustaqil-ish pdf


REFERAT Mavzu: Yopiq urug‘li o‘simliklar tasnifi, gul


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana23.04.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1389025
TuriReferat
1   2   3   4   5
Bog'liq
mustaqil-ish-3

REFERAT
Mavzu: Yopiq urug‘li o‘simliklar tasnifi, gul
tuzilishi va to‘pgullar.
Bajardi: Murodqobilov D.
Tekshirdi: Safarova N.K.
Toshkent-2022
1


MAGNOLIYATOIFA (YOPIQ URUG‘LI) 0‘SIMLIKLAR BO'LIMI -
MAGNOLIOPIIYTA.
Magnoliyatoifalar urug'li o'simliklarning ikkinchi bo'limi bo'lib,
tanasining murakkab tuzilganligi, jinsiy ko'payishining o'ziga xosligi
(gulning bo'lishi), turlar sonining va turlicha muhit sharoitiga
moslanuvchanlik imkoniyatlari juda katta bo'lganligi tufayli Yer
sharida keng tarqalganligi bilan yuksak sporalilar va ochiq urug'li
o'simliklardan keskin farq qiladi. Ular barcha yuksak o'simliklar
orasida filogenetik jihatdan eng yoshi hisoblanib, barq urib
rivojlanishi mezozoy erasi bo'r davrining ikkinchi yarmiga to'g'ri
keladi. XX asrning boshida gulli o'simliklarning turlar soni 160
mingtagacha deb hisoblangan, asr o'rtalarida 200 mingdan ko'proq va
hozirgi kunda esa 533 ta oila, 13000 tacha turkumga mansub 250000
ta
atrofida
turlar
mavjudligi
aniqlangan.
Magnoliyatoifalar yoki gulli o'simliklar boshqa yuksak
o'simliklardan vegetativ a’zolarining o'ta murakkab tuzilganligi bilan
ajralib turadi. Ildizlari o'q ildiz, qo'shimcha ildizlaridan shakllangan
popuk ildiz sistemasi, havodan nafas oluvchi va tayanch ildizlari
bo'ladi. Ayrim hollarda ildizning tuganak baktcriyalari bilan
birgalashib yashashi ham kuzatiladi (burchoqdoshlarda). Ildiz
sistemasi o'zining asosiy funksiyasi — o'simlik yer usti qismlarini
tuproqqa biriktirish, suv va mineral moddalarni so'rishdan tashqari
ortiqcha zaxira moddalarni to'plash vazifasini ham bajaradi
(ildizmevalarda).
Novdalari juda xilma-xil tuzilishga ega yog'ochlangan o't, ko'p
yillik, bir yillik, o'sish shakliga ko'ra tik, yotib o'suvchi, sudraluvchi,
2


chirmashuvchi, ilashuvchi, o'raluvchi; ko'ndalang kesimi — doira,
to'rt qirrali, uch qirrali, yassi va hokazo. Poya va novdalarida turli
shakl o'zgarishlar kuzatiladi (tikanlar, ildizpoyalar, piyozboshlar,
tuganaklar). Ba’zan poyalari rivojlanmagan va barglari ildiz bo'g'zi
atrofida g‘uj bo'lib o'rnashgan (qoqio't, zubturum).
Barglarining tuzilishi va shakllari nihoyatda xilma-xil. Ular
bandli, o'troq, qinli, yonbargchali, oddiy, murakkab, butun, turli
darajada kesilgan, bo'lakli; tomirlanishi patsimon, to'rsimon, parallel,
yoysimon; silliq, tukli, tikanchalarga aylangan (zirk, bo'ztikan,
kaktuslar, qushqo'nmas). Ba’zan barglar juda qisqargan tangachalar
ko'rinishida yoki butunlay yo'q (saksovul, qandim, zag'oza va
boshqalar). Bularning barchasi o'simlik turlarining yashash muhitiga
moslashish uchun kurashining natijasi bo'lib, cvolutsion jarayonda
paydo
bo'lgan
xususiyatlardir.
Magnoliyatoifalarning boshqa yuksak o'simliklardan farq
qiladigan eng asosiy belgisi ularda maxsus jinsiy (generativ)
ko'payish organi — gulning bo'lishidir. Barcha yuksak
o'simliklardagidek ularning taraqqiyot siklida ham ikki faza (bosqich)
mavjud: sporofit (diploid, jinssiz) va gametofit (gaploid, jinsiy).
Tomchi suvli muhitga bog'liq bo'lmagan tarzda bu ikkala bosqich
almashinib,
gallanib
sodir
bo'ladi.
Gul — metamorfozlangan poya va barglar kombinatsiyalaridan
iborat bo'lib, poyaning kurtagi — g'unchadan rivojlanadigan
generativ organdir. Gul tuzilishidagi quyidagi o'ziga xos belgilar
magnoliyaloifalarni boshqa yuksak o'simliklardan keskin ajratib
turadi:
1. Urug'kurtaklari bir necha mevabarg (karpella)lardan iborat bo'lib,
urug'chi tugunchasining ichida yopiq holda joylashgan.
2. Chang donachalari to'g'ridan-to'g'ri urug'kurtak mikropilesiga
3


emas, balki urug'chining tumshuqchasiga tushadi va o'rnashadi.
3. Gametofitlar juda qisqargan, gametangiysi yo'q va gametofit bir
necha
marta
bo'linish
natijasida
shakllanadi.
4. Qo'shaloq urug'lanish sodir bo'ladi, spermiylardan biri
urug'kurtak murtak xaltasi ichidagi tuxum hujayra bilan, ikkinchisi
esa diploid xromosomali markaziy hujayra bilan qo'shiladi, natijada
murtak va uni oziqlantiruvchi triploid endosperm to'qimasi hosil
bo'ladi.
Aksariyat hollarda gul xuddi novda kabi qoplagich barg
qo'ltig'ida hosil bo'lib, uning gulbandi, gulyonbarglari, gulo'rni
mavjud. Gulo'rniga gulkosachabarglar (kosacha), gultojibarglar
(gultoj), changchilar va urug'chi (urug'chilar) joylashadi. Gul qo‘rg‘oni
oddiy yoki ikki qavat (murakkab) erkin yoki tutash, to‘g‘ri
(aktinomorf) yoki qiyshiq (zigomorf, ba’zan esa gul butunlay
gulqo'rg'onsiz (bug‘doydoshlar) bo'lishi ham mumkin.
Changlari (androtscy) mikrosporofillar hisoblanib, changchi ipi
va changdondan iborat. Changdon ichida changchalar bilan to'lgan 4
ta sporangiylar, ya’ni changdon uyalari mavjud. Gul markazida
urug'chi bitta yoki ko'pchilik hollarda bir necha mcvabargchalarning 
qo'shilishidan hosil bo'ladi. Urug'chi tumshuqcha, ustuncha va
tuguncha kabi uchta qismdan iborat. Gullari bir jinsli, ikki jinsli,
ba’zan jinssiz: bittadan, oddiy yoki murakkab to'pgullarda joylashadi.
Gulning tuzilishi, qismlarning soni va o'rnashuvini gul formulasi va
diagrammasi
orqali
ko'rsatish
mumkin.
Gul qismlarining soni, shakli, rangi, o'rnashuvi magnoliyatoifa
ajdodlari, qabilalari, oilalari, turkumlari va turlarining
klassifikatsiyasida hal qiluvchi sistematik belgilar hisoblanadi.
Changning urug'chi tumshug'iga kelib tushish jarayoni changlanish
deyiladi va u o'z-o'zidan, chetdan, hasharotlar, shamol va ba’zan
4


qushlar yordamida sodir bo'ladi. Chang urug'chi tumshug'iga
tushgach unadi, uning vegetativ hujayrasi hisobiga chang naychasi
shakllanadi, generativ hujayrasidan esa ikkita spermiy hosil bo'ladi:
chang yo'li urug'kurtakning murtak xaltasigacha borib yetadi.
Spermiylardan biri tuxum hujayrani, ikkinchisi markaziy (diploid)
hujayrani urug'lantiradi. Bu jarayonni 1898- yilda Kiyev
universitetining professori S.Navashin o'rmon liliyasi (Lilium
martagon) dan tayyorlangan preparatda kashf etgan va uni
„qo'shaloq urug'lanish" deb atalgan. O'sgan chang yo'li urug'li
o'simliklarda chang gametofitdir, generativ hujayra esa anteridiyga
gomologdir.
Urug'langan tuxum hujayradan bo'linish yo'li bilan murtak
to'qimasi va keyinchalik murtak shakllanadi, undan murtak ildizcha,
murtak poyacha, kurtakcha va ba’zi turlarda 2 ta bargchani kuzatish
mumkin. Markaziy hujayraning urug'lanishidan hosil bo'lgan triploid
yadroli oziqlantiruvchi to'qima ikkilamchi endospermni tashkil etadi,
chunki u yadro moddasiga, oqsil, yog', uglevodlar va vitaminlarga
juda boy bo'ladi. Bu esa murtakning bo'lajak yosh sporofitga
aylanishida muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib,
magnoliyatoifalarning gametofitlari doimo ikki uyli: changchi
gametofit o'sgan chang yo'li va 2 ta spermiyni hosil qilgan chang;
urug'chi onalik gametofit esa 7 hujayrali murtak xaltasidir. Murtak
va endosperm rivojlanib murtak xaltaning boshqa hujayralarini
chctga siqib qo'yadi va urug'kurtakni to‘ldiradi. Urug'kurtak
to'lig'icha uruqqa, uning po'sti urug'ning po'stiga, tuguncha—
mevaga, tugunning devori esa meva etiga aylanadi. Shu sababdan
magnoliyatoifalarni yopiq urug'li o'simliklar deb ham ataladi. Gulli
o'simliklarning urug'ida jamg'arma oziq moddalar nutsellusdayoq
to'planadi va perispcrm deb ataladi (chinniguldoshlarda), agar 2
5


urug'pallalilarda to'planadigan bo'lsa (burchoqdoshlarda,
qovoqdoshlarda, karamdoshlarda), u holda endosperm
rivojlanmaydi.
Magnoliyatoifalarning ko'payishi va rivojlanish siklida
sporofitning ustunligi aniq ko'rinadi, gametofit bo'g'in esa nihoyatda
qisqargan. Bundan tashqari, uning yana bir muhim xususiyati
shundaki, ayrim hollarda ularning sporofitlari ham ikki uylidir.
Masalan, Toldoshlar, Nashadoshlar, Chinniguldoshlar, Jiydadoshlar,
Zarangdoshlar, hatto qoqio'tdoshlar va Palmadoshlarning ayrim
vakillarida bunday holat kuzatiladi. Qarag'aytoifalarda ikki uylilik
nisbatan kamroq va uni sagovniklar, ginkgo, tiss, archalarda ko'rish
mumkin. Gulli o'simliklarda ikki uylilikning ko'proq bo'lishi
progressiv belgi, chunki chetdan changlanishning samaraliroq
o'tishini ta’minlaydi, deb tushuntiriladi.Anatomik tuzilishiga ko'ra
ham magnoliyatoifalar o'simliklar dunyosida eng yetuk va mutanosib
murakkab tuzilishga ega o'simliklardir. To'qimalar har xil (10 dan
ortiq) va o'ta differcnsiyalashgan, ayniqsa ksilcma haqiqiy naylar
(traxeya) dan iborat, ikkilamchi yo'g'onlashuv natijasida ikkilamchi
to'qimalar ksilema, floema, periderma va po'stlar hosil bo'ladi. Bu xil
tuzilish arxegonial o'simliklarning deyarli birontasida ham
uchramaydi. Yuksak murakkab anatomik va morfologik tuzilish
magnoliyatoifalar (gulli o'simliklarning) ekologiyasi bilan bevosita
aloqadordir. Ularning deyarli barchasi quruqlikda o'suvchi
o'simliklar hisoblanadi. Ammo o'ta sovuq, issiq va quruq, hatto suvli
muhitda ham o'sishi gulli o'simliklar uchun ikkilamchi yashash
muhitlaridir. Hammasi bo'lib sho'r suvlarda gulli o'simliklardan 30
tacha turning o'sishi aniqlangan. Hatto Arktika va Antarktikada (Aira
antarctica), Himolay tog'larining dengiz yuzidan 6200 mctr baland
6


joylarida ham gulli o'simliklarning ayrim turlari topilgan (Arenaria
musoiformis — chinniguldoshlar oilasidan).

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling