Mustaqil ish Qarshi Davlat Universiteti


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana20.01.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1104032
1   2   3   4   5   6   7
Chargaff qoidalari 
1950-yillarda Ervin Chargaff nomli bioximik olim azot asoslari (A, T, S, G) bir xil 
miqdorda topilmasligini aniqladi. Lekin A ning miqdori har doim T miqdoriga va C 
ning miqdori har doim G miqdoriga teng boʻlgan. 
Bu kashfiyot DNK qoʻsh spiralining modelini yaratishda juda muhim edi. 
Qoʻsh spiral 


DNKning “qoʻsh spiral” tuzilishining kashf qilinishi
 1950-yillarda bir qator olimlar 
tomonidan amalga oshirilgan.
 
DNK molekulasi antiparallel strukturaga ega, yaʼni spiralning ikkita zanjiri bir-biriga 
qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har bir zanjir 5-' va 3'- uchlarga ega. 
DNK molekulasining kashf etilishi asrning eng katta ilmiy yutuqlaridan biri boʻldi. 
DNK tuzilishini bilish DNK funksiyalarini, masalan, undan qay tarzda nusxa olinishi 
va unda saqlanayotgan axborot qanday qilib oqsil sintezi uchun ishlatilishi 
mumkinligini tushunish imkoniyatini berdi. 
DNK replikatsiyasi 
 


DNK replikatsiyasi yarim konservativdir. Yaʼni qoʻsh spiralli DNKning har bir 
zanjiri ikkita zanjir hosil qilish uchun qolip vazifasini bajaradi. 
Replikatsiya komplementarlik, yaʼni 
asoslarning juftlashishi prinsipiga asoslanadi 
va bu prinsip Chargaff qoidalarida tushuntirib berilgan: adenin (A) har doim timin 
(T) bilan va sitozin (S) har doim guanin (G) bilan birikadi. 
Replikatsiya jarayoni 
DNK replikatsiyasi bir necha fermentlar yordamida amalga oshiriladi. Bu fermentlar 
zanjirlarni bir-biriga biriktirib turgan vodorod bogʻlarni uzib, DNK molekulasini 
ikkita zanjirga ajratadi. 
Keyin har bir zanjir unga komplementar zanjir hosil boʻlishi uchun qolip vazifasini 
bajaradi. Komplementar asoslar bir-biri bilan bogʻlanadi (A-T va C-G).
Yangi komplementar zanjirlarni hosil qilish uchun nukleotidlarni bir-biriga 
biriktiruvchi dastlabki ferment bu DNK polimeraza. Shuningdek, DNK polimeraza 
har bir yangi DNK zanjirida xatolar bor yoki yoʻqligini tekshirib chiqadi. 


 


DNK tarkibiy qismlari Biokimyogar Febus Leven va boshqalarning qilgan ishlari 
natijasida Uotson va Kriklarning davrigacha DNK 
nukleotidlar deb nomlangan 
birliklardan tashkil topgani maʼlum edi. Nukleotid uglevod (dezoksiriboza), fosfat 
guruhi va toʻrtta azot asosidan biri: adenin (A), timin (T), guanin (G) yoki sitozin (S) 
dan tashkil topgan. 
S va T asoslari bitta halqaga ega boʻlib, 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling