Mustaqil ishi Ayollarga nisbatan zo’ravonlik bajardi: Yo'ldosheva Anora


BOLALARNI TARBIYALASHDA ZO'RAVONLIKDAN QOCHISH


Download 92.92 Kb.
bet4/10
Sana23.06.2023
Hajmi92.92 Kb.
#1652226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

BOLALARNI TARBIYALASHDA ZO'RAVONLIKDAN QOCHISH


Bolani suiiste'mol qilish nima? Bu nafaqat jismoniy ta'sir, balki hissiyot, uni keraksiz va sevimsiz his qilish. Bunga qanday erishish mumkin? Bolaga ko'proq e'tibor berish, birgalikda mashg'ulotni e'tiborsiz qoldirmaslik kerak. Psixologlar bolalarga nisbatan zo'ravonlik va zo'ravonlik ko'rinishida jazo qo'llash haqida maslahat bermaydi, chunki bularning barchasi kelajakda beqaror, bekor qilingan shaxsga olib kelishi mumkin.
24-noyabr dunyo bo’ylab ayollarga qarshi zo’ravonlikka barham berish kuni nishonlandi. Internetning o’zbek tilidagi ijtimoiy tarmoqlarida esa oiladagi zo’ravonlik qurboni bo’lgan bir o’zbekistonlik ayol haqida shov-shuvli xabar paydo bo’ldi. Ayolning o’z og’zidan yozib olingan bu hikoyada aytilishicha, farzandlariga aliment so’rab sudga murojaat qilgani uchun sobiq eri uning uyiga bostirib borib, vahshiylarcha 42 joyiga pichoq urgan. Voqea ayolning ikki yosh farzandi va nogiron otasi ko’z o’ngida sodir bo’lgan. Ayol mo’jiza tufayli tirik qolgan, ammo shifokorlar uning bir qo’li va oyog’ini kesib tashlashga majbur bo’ladi.
Voqea bugungi zamonda, ayol va erkak huquqlari tengligiga erishilgani barilla tarannum etilayotgan bir davrda yuz bergan. Uni o’qib o’tirib, bu mudhish voqeaning sodir bo’lishiga olib borgan sabab va uning yuz berish jarayoni bilan tanishib, baxtsiz hodisaning oldini olish mumkin edi, degan fikr tug’iladi. Oilada erkak kishining zo’ravonligi va buning jamiyatda ayrimlar tomonidan tabiiy hol sifatida qabul qilinishi, shuningdek, mahalla va militsiya xodimlarining yordam so’rab qilingan shikoyatlarga e’tiborsizlik bilan qarashi yosh bir ayolning baxtini zomin qildi. Afsuski, bu kabi hodisalarning kelajakda yana takrorlanmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi…
Oilada zo’ravonlik tushunchasi o’zbek tiliga huquqiy istiloh sifatida endi kirib kelayotgan yangi atama hisoblanadi. Ammo muammoning o’zi xalqimizga qadimdan tanish desak xato bo’lmaydi. U patriarxal tushuncha asosida jamiyat hayotiga va ayrim insonlar ongiga chuqur singib ketgan yashirin illatlardan biridir.
Erkaklarning ayollardan ustun ekani haqidagi nosog’lom tushuncha asosiga qurilgan nuqtai nazarga ko’ra, xotin kishi har doim o’zini eridan past ko’rishi kerak hamda er kishining so’zini ikki qilmay, ursa ham, so’ksa ham, jim bosh egib o’tirishi kerak. Bunday qarash hatto ayrimlarning hayot aqidasiga aylangan. Xotinini urmagan er erkakmi, degan maqolning keng tarqalgani ham shundan.
Mazkur maqolani ayollarga nisbatan oilada ko’p uchraydigan zo’ravonlik holatlari tahliliga bag’ishlashni niyat qildik. Bu masalaga qonuniy va huquqiy jihatdan yetarli e’tibor berilganmi? Huquqiy himoya bilan ta’minlash borasidagi mavjud muammolarni bartaraf etish uchun nimalar qilish lozim? Quyida shu savollarga javob izlaymiz.

Download 92.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling