Mustaqil ishi Ayollarga nisbatan zo’ravonlik bajardi: Yo'ldosheva Anora
Ayollarga nisbatan sodir etiladigan jinoyat bilan oilada yuz beradigan zo’ravonlik o’rtasida qanday farq bor?
Download 92.92 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ayollarni oiladagi zo’ravonlikdan himoya qilishda davlatning roli
Ayollarga nisbatan sodir etiladigan jinoyat bilan oilada yuz beradigan zo’ravonlik o’rtasida qanday farq bor?
Shu o’rinda ayollarga nisbatan sodir etiladigan jinoyat bilan oilada yuz beradigan zo’ravonlik o’rtasida katta farq borligini ta’kidlash lozim. Bu farqni badanga o’rtacha shikast yetkazish jinoyati misolida tahlil qilamiz. Agar ayol kishiga yaqini bo’lmagan bir odam (oilasidan tashqaridagi shaxs) urish orqali jismoniy shikast yetkazadigan bo’lsa, bu ishning noto’g’riligini va urgan odamga nisbatan militsiya darhol chora ko’rishini hamma biladi. Jabrlangan ayol ham birinchi navbatda militsiyaga murojaat qilishi kundek ravshan. Jamoatchilik ham ayolga qo’l ko’targan odamni keskin qoralaydi va unga nisbatan jazo qo’llanilishini talab qiladi. Endi xuddi shu ish oila ichida er tomonidan sodir etildi, deb faraz qilaylik. Agar er xotinini kaltaklasa, bunga jamoatchilik oilaning ichki va shaxsiy masalasi sifatida qaraydi. Jinoyat, odatda, uy ichida sodir bo’lgani uchun bu voqeaning guvohlari ham juda kam bo’ladi. Ikkinchidan, ayol jamiyatdagi qarashlar bosimi va erining zug’umi ostida, ko’pincha, bu haqda militsiyaga shikoyat qilmaydi. Uzog’i bilan u mahalla vakillari kengashiga chiqishi mumkin. Ko’p holatlarda ular ham, mojaroni oila ichida tinchitishga harakat qilishadi. Zo’ravonligi uchun javobgarlik hissini tuymagan er esa oilada ayoliga tazyiq o’tkazishda davom etadi. Oiladagi zo’ravonlik oqibatida mayib-majruh bo’lgan yoki hayotini boy bergan jabrlanuvchilar ishini o’rganadigan bo’lsak, ularning aksariyatida oiladagi zo’ravonlik davomiy bo’lgani va bu haqda bila turib, mahalla jamoasi ham, huquq-tartibot organlari ham o’z vaqtida tegishli chora ko’rmagani ma’lum bo’ladi. Natijada himoyasiz qolgan ayollar orasida hatto o’z joniga qasd qilish holatlari ham yuz beradi. Ayollarni oiladagi zo’ravonlikdan himoya qilishda davlatning roli “Human Righs Watch” xalqaro tashkilotining O’zbekistondagi oilalarda mavjud zo’ravonlik holatlari haqida 2000-yil chiqargan hisobotiga ko’ra, jabrlanuvchilarni himoya qilish va aybdorlarni jazolashga davlat tomonidan yetarli darajada e’tibor berilmasligi hamda jabrlanuvchilarni zo’ravonlikdan himoya qilishning to’g’ri yo’li tanlanmaganligi muammoning asosiy sabablaridan biri sifatida tilga olingan. Oilaviy mojarolarni hal qilishga mahalla vakillarining jalb qilinishi yaxshi amaliyot, chunki oiladagi ichki muammolar, dastlab, mahalla vakillari orasida muhokama qilinsa va tomonlarga to’g’ri va yetarli nasihat qilinsa, muammo kuchayishining oldi olinishi va natijada zo’ravonlikka chek qo’yilishi mumkin. Ammo amaliyotda bu tizim kutilganidek samarali ishlayapti, deb bo’lmaydi. Ko’p holatlarda mahalla oqsoqollari masalaga yuzaki yondashib, muammoni hal qilish yoki jabrlanuvchini himoya qilish o’rniga, barcha aybni jabrlanuvchiga yuklaydi. Download 92.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling