Mustaqil ishi Ayollarga nisbatan zo’ravonlik bajardi: Yo'ldosheva Anora
Oilada zo’ravonlikka oid shikoyatlar
Download 92.92 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oiladagi zo’ravonlik nima
Oilada zo’ravonlikka oid shikoyatlar
Saytimizga shu kungacha kelgan huquqiy savollarni hisob-kitob qilganimizda, 2010-yildan beri bizga yuborilgan jami savollarning, taxminan, 60 foizi oilaviy munosabatlarga aloqador ekani aniqlandi. Ularning asosiy qismi ajrashish, aliment undirish kabi er va xotin o’rtasidagi huquqiy munosabatlarga oid bo’lsa, oiladagi zo’ravonlik holatlari haqida ham ko’plab shikoyatlar tushgan. Ularning ayrimlarini quyida misol qilib keltiramiz: “Otam onamni doim uradi. Esimizni tanibmizki, uyda janjal qilib, onamni bizning ko’z o’ngimizda uradi. Onam deyarli nogiron bo’lib qolgan. Biz otamni militsiyaga berdik, ammo militsiya otamga qarshi hech bir chora ko’rmayapti. Yana qayerga murojaat qilsak bo’ladi? Otamni qanday qilib onamdan va bizdan chetlashtirsak bo’ladi?” “Men ayolim bilan ajrashishni xohlamayman. Ayolimni yaxshi ko’raman, ammo onam bilan singlim ayolimni men bilan birga yashashga qo’ymayapti, doim janjal chiqarishadi. Necha marta uni uydan haydab yuborishdi. Mahallaga bu haqda murojaat qila olmayman, chunki onamning o’zi mahalla ayollarining oldi, onamga hech kim qarshi gapira olmaydi. Ayolim bilan yashasam, onam meni oq qilishini aytdi. Men onamni xafa qilishni xohlamayman, ammo ayolim bilan ajrashishni ham xohlamayman, biz ikkalamiz juda ahil yashaymiz. Buning ustiga yosh farzandimiz ham bor. Men nima qilsam bu masalaga yechim topaman?” “Erim juda boy, ishbilarmon odam. Boshqa ayollar bilan yurishi tufayli ko’p janjal chiqib, hozirda otamnikida yashayapman. Ikki nafar farzandim bor. Sud orqali ajrashsam, erim bolalarimni olib qo’yish bilan qo’rqityapti. U pul bilan ham shunday qilishga qurbi yetadi. Men bolalarimni o’zimda olib qolishim uchun nima qilishim kerak?” Oiladagi zo’ravonlik nima? Oiladagi zo’ravonlik bu er-xotin yoki boshqa yaqin munosabatdagi kishilardan birining ikkinchisiga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki moliyaviy zo’ravonlik ko’rsatishidir. Odatda, bu turdagi zo’ravonlik ostida bir tomonning oiladagi boshqa a’zolar hayoti ustidan nazoratni ushlab turishga bo’lgan intilishi yotadi. Oilaviy zo’ravonlik qurboni ko’pchilik hollarda ayol kishi yoki yosh bolalar bo’ladi, ammo erkaklar hamda qariyalar orasida ham jabrlanuvchilar yo’q emas. Oilaviy zo’ravonlikning keng tarqalgan ayrim ko’rinishlarini sanab o’tamiz: Erning xotinini urishi, ruhiy kamsitishi, uning nasl-nasabini oilaviy sharoiti yoki ota-onasi yoki qarindoshlari qilgan ishlar tufayli ayblab haqoratlashi, erning xotinini jinsiy zo’rlashi, jinsiy ehtiyojini g’ayritabiiy usullar orqali qondirishga majburlashi yoki jinsiy kamsitishi (fiziologik holatini haqoratlashi, kamsitishi, jinsiy aloqada bo’lmaslik, o’zga ayollar bilan yurishi), moliyaviy jihatdan cheklash, pul bermaslik, ayolning o’qishiga yoki ishlashiga qarshilik ko’rsatish va hokazo. Download 92.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling