Mustaqil ishi jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/18
Sana20.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1788687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
22-25 guruh talabasi A. Xoshimova Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Tamoyillar tizimi 
1. Jamiyatda tarbiyalash strategiyasining umumiy ijtimoiy tamoyillari 
1.1. Shaxsni xar tomonlama rivojlantirish tamoyili
1.2. Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy faoliyat bilan bog’liqligi tamoyili 
1.3. Sog’lomlashtirishga yo’naltiruvchi tamoyil 
2. Ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillari 
2.1. Onglilik va faollik tamoyili;
2.2. Ko’rsatmalilik tamoyili;
2.3. Muntazamlilik 
2.4. Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish tamoyili 
2.5. Talablarni asta sekin va tobora oshirib borish tamoyili 
3. Jismoniy tarbiya jarayonida tartibga soluvchi (boshqaruvchi) tamoyillar 
4. Jismoniy tarbiyaning maxsus tamoyillari
4.1. Uzluksizlik tamoyili;
4.2. Yuklama va dam olishning tizimli uyg’unlashuvi tamoyili;
4.3. Rivojlantiruvchi-mashqlantiruvchi ta’sirlarni asta-sekin oshirib borish 
tamoyili;
4.4. Takroriylik va variatsiyalash (shaklini o’zgartirib qo’llash) tamoyili 
4.5. Yuklamalar dinamikasining moslashtirilgan muvozanat tamoyili;
4.6. Mashg’ulotlarning siklli tuzilishi tamoyili;
4.7. Jismoniy tarbiya yo’nalishlarining yoshga mosligi tamoyili. 
Umumiy didaktik tamoyillar 
Umumiy didaktik tamoyillar – jismoniy tarbiya jarayonining umumiy 
metodikasini belgilab beruvchi dastlabki qoidalardir. 
Inson organizmi va psixikasiga jismoniy mashqlar bilan muntazam ta’sir 
ko’rsatish jismoniy mashqlarning qo’llanish metodikasi bu ta’sirlar qonuniyatlariga 
mos kelgan hollardagina muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin. Ular asosiy va umumiy 
qoidalarni, shuningdek, jismoniy tarbiya jarayonining har xil tomonlarini 


o’rganuvchi qator fanlarning ma’lumotlarini taqqoslash orqali berilgan tavsiyalarni 
aks ettiradi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasida amal qilinadigan “jismoniy madaniyat va 
jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot bilan bog’liqligi”, “Jismoniy 
madaniyat va jismoniy tarbiyaning sog’latashtirishga yo’naltirilganligi”, “shaxsni 
har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilganligi» dek nazariy (ayrim adabiyotlarda 
“umumiy tamoyillar” yoki “nazariy tamoyillar” deb ataladigan) tamoyillardan 
tashqari jismoniy madaniyat ta’limi jarayonida foydalaniladigan uslubiy 
tamoyillar ham mavjud bo’lib ularga oid bilimlar kasbiy nazariy tayyorgarlikning 
asoslarini tashkil qiladi. 
Ta’lim va tarbiya jarayonidagi qayd qilingan tamoyillar inson tarbiyasining 
o’ziga xos xususiyligi orqali jarayonga alohida mazmun va talablar qo’yadi. 
Ular inson faoliyatining biologik, fiziologik, bioximik, biomexanik 
qonuniyatlari bilan bog’liq va jismoniy madaniyat ta’limi jarayonida kutilgan 
natijalarga “Onglilik va faollilik (aktivlik)”, “Ko’rgazmalilik”, “Munatazamlilik”, 
“Kuchiga yarashalik va individu allashtirish”, “Talablarni asta-sekinlik bilan 
oshirish”dek uslubiy printsiplar va qoidalarga tizimli rioya qilish orqaligina 
erishilishini amalda isbotlab qo’ydi. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling