Mustaqil ishi jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari


Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy tamoyili


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/18
Sana20.11.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1788687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
22-25 guruh talabasi A. Xoshimova Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari

Kuchiga yarashalilik va individuallashtirish uslubiy tamoyili 
Individning jismoniy imkoniyati, jismoniy qobiliyati, organizmining 
anotomo-fiziologik xususiyati, jinsi, yoshi, jismoniy rivojlanganligi, jismoniy 
tayyorgarligi va h.k.lar bu tamoyilning asosiy omillari bo’lib, ta’lim jarayonini 
to’ldiradi. Ta’limga ongli munosabat, bu jarayondagi faollikni namoyon bo’lishi, 
tanlangan faoliyatning ijrosida ko’rgazmalikning samarasi, kuchiga yarashalilik va 
individning xususiyatlari bilan chambarchas bog’liq va ko’zlangan maqsadga tez 
erishish uchun vosita rolini bajaradi. 
Jismoniy tarbiyada bajara olish va individuallashtirish tamoyili - jismoniy 
tarbiya vazifalari, vositalari va metodlarining shug’ullanuvchilar imkoniyatlariga 
optimal mos kelishini talab etishdir. 
Kuchiga yarashalilikning tub ma’nosi - individning hayotiy faoliyati 
davomida uning organizmini belgilangan ishda namoyon qilish uchun funktsional 
tayyorgarligining xususiy darajasidir. Bu printsip jismoniy qobiliyatning 
chegarasini aniqlay olish talabini qo’yadi. Demak, ta’lim jarayoni turli sharoitda 
xilma-hil tashqi ta’sirini hisobga olishni va shug’ullanuvchi uchun me’yor tanlay 
bilishni taqazo etadi. 
Me’yor bo’lib turli yoshdagilarning jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish 
dasturlari, ularning jismoniy sifatlari uchun belgilangan talab va normalar xizmat 
qiladi. Sobiq Ittifoq jismoniy tarbiya tizimida “Mehnatga va Vatan mudofaasiga 
tayyor” fizkultura kompleksi jamiyat a’zolarining, barcha yoshdagilari (6 dan 60 
yoshgacha) ning jismoniy madaniyati va jismoniy tarbiyasining dasturi bo’lib 
xizmat qilgan va jamiyat a’zolarining jismoniy tayyorgarligi normalari (me’yor, 
qonun tarzidagi o’lcham)ni o’zida mujassamlashtirgan bo’lib, xar-bir individning 
kuchiga yarashaliligi talablari chegarasidan chiqmagan. 
Hozirgi kunga kelib bu vazifani mamlakatimizda Respublika aholisining 
jismoniy tayyorgarligini aniqlaydigan «Alpomish va Barchinoy» salomatlik testi 
talablari va normalarini topshirish orqali nazorat qilinadi. Test talablarining 
me’yoriy normalari har bir yoshdagilarning kuchiga moslab individuallashtirilgan. 
Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarida me’yorni aniqlash 
tarbiyachi murabbiylar va pedagoglar, tibbiy xodimlarning bir bo’lib tizimli 
izlanishlari orqali amalga oshiriladi. 
Mashq qilish uchun organizmni kuchiga yarasha bo’lmagan me’yordagi 
zo’riqishi orqali energiya sarflashga sistemali majbur qilishning salbiy oqibatlari 
hozirgi kunda ham ilmiy ham amaliy jihatdan isbotlangan. Ma’lum darajadagi 
jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lgan sport tayyorgarligi bor shug’ullanuvchining 


organizmi uchun me’yor xisoblangan hajmdagi jismoniy yuklama, yangi, endigina 
shug’ullanishni boshlaganlar uchun kuchiga yarasha bo’lishi mumkin, lekin uni 
me’yor qilib olinmaydi. 
Shug’ullanishning ma’lum davriga muljallangan me’yorga chidash uchun 
avvaliga katta jismoniy, ruhiy zo’riqish talablari qo’yiladi, bu tabiiy. Lekin bir 
muncha vaqtdan so’ng organizm aynan shu jismoniy yuklamaga ko’nikadi va u 
individning kuchiga yarasha bo’lishi oqibatida me’yorga aylanadi. Bunga tarbiya 
(shug’ullanish) jarayoni orqali erishilgan natijasi deb qaraladi, o’zgarish esa ijobiy 
tomonga deb qabul qilinadi. 
Ma’lumki, yangi harakat malakasi oldin mavjud bo’lgan harakat malakalari-
eskilarining bazasida shakllanadi. Shunga ko’ra jismoniy tarbiya jarayonidagi 
asosiy hal qiluvchi rolni mashqni o’zlashtirish egallaydi. 
Materialni o’rgatish shunday yo’lga qo’yilishi lozimki, uning mazmuni, 
organizmga ta’sir kuchi, ta’limning navbatdagi etapi uchun yangi pog’ona rolini 
o’ynasin. Amaliyotda bu fikr “ma’lumdan noma’lumga”, “o’zlashtirilgandan 
uzlashtirilmaganga”, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishda esa “kuchiga 
yarasha bo’lgandan kuchiga yarasha bo’lmaganga” deb formulirovka qilinadi. 
Bundan tashqari, harakat vazifalarni mashg’ulotdan-mashg’ulotga, asta-
sekinlik bilan qiyinlashtirish ham ta’lim jarayonidagi kuchiga yarashalilik 
tamoyilining asosiy shartlaridan biridir. Bu esa osondan qiyingalilikni taqazo etadi. 
Kuchiga yarasha bo’lmaganni bajarishni talab qilish albatta ta’lim jarayonining 
uslubiy xususiyatlarini e’tiborga olmaslik deb qaraladi. 
Ma’lumki, individuallashtirish o’qitishning muhim tamoyillaridan biri. 
Jismoniy rivojlanganlik va jismoniy tayyorgarlikni belgilangan darajadagi 
ko’rsatkichlarga ega bo’lishni taqazo etadi. 
O’quvchi (shug’ullanuvchi)ning jismoniy rivojlanganligi ko’rsatkichlari - 
bo’yi, tanasi va a’zolarining o’lchami - uzun yoki qisqaligi, yo’g’on yoki 
ingichkaligi, ko’krak qafasi, ekskursiyasi, vazni, jismoniy sifatlari - kuchliligi, 
tezkorligi, 
chaqqonligi, 
chidamliligi 
mushaklarining 
egiluvchanligi 
va 
bo’g’inlarining harakatchanligi darajasi ta’lim jarayoni o’quv materialini o’qitishda 
xisobga olinishi, ya’ni mashqlarni ijrosini individuallashtirishni taqazo etadi.
Individning psixologik nuqtai nazaridan qaysi tipga mansubligi va boshqalar 
individning xususiyatlari hisoblanib, ular ta’limning samaradorligiga ayrim 
holatlarda ijobiy, ayrimida esa salbiy ta’sir ko’rsatadi. 
O’qituvchi yoki murabbiyni individning qayd qilingan hususiyatlaridan 
birortasiga nisbatan loqaydligi tarbiya jarayonida mashg’ulotlar samaradorligidan 
ko’zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi. 
Masalan, jismoniy rivojlanganlik ko’rsatkichlaridan bo’yning darozligi 
(balandligi) - “aktselerat”lik xususiyati past bo’yli tengdoshi bilan bir guruhda 


shug’ullanayotganida, ta’lim jarayoniga salbiy yoki ijobiy ta’sir ko’rsatishi 
mumkin. 
Dars (mashg’ulot)da uzunasiga qo’yilgan kondan sakrash mashqida 
o’qituvchi uchun muammoni vujudga keltiradi. Baland bo’yli uchun depsinish 
“most”ini sport jihozidan uzoqroq qo’yish lozim, chunki, most jihozga yaqin 
qo’yilgan bo’lsa, daroz tizzasini ko’tarib ulgurmaydi. Bo’yi tengdoshidan past 
bo’lgan o’quvchi shu mashqni bajarish uchun esa sakrash ko’prigi (most)ni konga 
yaqinroq qo’yish talab qilinadi. Mostni har bir o’quvchi uchun doimiy siljitib 
turish ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir etadi, harakat texnikasini buzib bajarishga 
sabab bo’ladi. Jihozdan uzoq qo’yilgan mostdan depsinish bo’yi tengdoshidan past 
o’quvchi uchun kuchiga yarashadan ko’proq zo’riqish talabini qo’yibgina emas, 
o’qitishda shug’ullauvchining individual xususiyatini e’tiborga olmaslik bilan 
namoyon bo’lib, ortiqcha muammolarni yuzaga keltiradi. 
Me’yoriga ko’ra belgilangan jismoniy yuk bir xil o’quv guruhdagi 
o’quvchilar oraganizmining funktsional tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini 
rivojlanishi va tarbiyalanishiga ta’siri turlichadir. 
Bajara olish va individuallashtirish tamoyilining vazifasi quyidagilardan 
iborat: 
1. Har bir shug’ullanuvchining harakat ko’nikmalari va malakalarini 
shakllantirish, jismoniy sifatlarini rivojlantirish, ish qobiliyatini takomillashtirish 
uchun eng maqbul sharoitlarni ta’minlash. 
2. Kuch yetmaydigan, haddan ortiq mashg’ulot yuklamalari, talablar, 
topshiriqlarning inson organizmi uchun zararli, salbiy oqibatlarini bartaraf etish. 
Engil yuklamalar va topshiriqlarni aniqlash uchun quyidagilar mezon bo’lishi 
mumkin: 
1. Ob’ektiv ko’rsatkichlar: 

salomatlik ko’rsatkichlari (arterial bosim, turli hil funksional sinovlar, 
kardiogrammalar va h.k.); 

mashqlanganlik ko’rsatkichlari (sport natijalari dinamikasi, jismoniy 
sifatlarning o’sishi va texnik tayyorgarlik dinamikasi, MKI - maksimal kislorod
iste’moli, O’TS – o’pkaning tiriklik sig’imi va boshq.); 
2. Sub’ektiv ko’rsatkichlar (uyqu, ishtaha, umumiy ahvol, mashq qilish 
hamda musobaqalarda qatnashish istagi va h.k). 
Jismoniy tarbiya vazifalari, vositalari va metodlarining murakkabligi ko’pgina 
omillar bilan aniqlanadi, ularni shartli ravishda guruhlarga birlashtirish mumkin.
- birinchi guruhga shu shug’ullanuvchilar kontingentining (guruh, jamoa) 
umumiy xususiyatlarini tavsiflovchi omillar kiradi.
- ikkinchi guruhga har bir shug’ullanuvchining individual xususiyatlari 
kiradi. 


- uchinchi guruhga jismoniy tarbiya jarayonida umumiy va individual 
o’zgarishlar dinamikasi tufayli yuzaga kelgan omillar kiradi.
- to’rtinchi guruhga jismoniy tarbiyaning vazifalari, vositalari va metodlarini
kiritish mumkin. 
Shug’ullanuvchilarning umumiy va individual xususiyatlari muntazam 
o’zgarib turadi. Bitta mashg’ulot davomida fiziologik va ruhiy holat, demak, u 
yoki bu topshiriqning hamda talabning murakkablik darajasi o’zgaradi. Ko’p yillik 
jismoniy tarbiya jarayoni mobaynida shug’ullanuvchilarning xususiyatlari va 
imkoniyatlari o’zgaradi. Shu sababli o’rgatish va tarbiyalash vositalari hamda 
metodlarining murakkabligi har doim qayta ko’rib chiqilishi lozim. Jismoniy 
tarbiya vazifalari, vositalari va metodlarining o’ziga xos xususiyatlari e’tiborga 
olinishi kerak. Shunday qilib, bajara olish va individuallashtirish tamoyilini
amalga oshirish vazifasi jismoniy tarbiya o’qituvchisini ko’pgina turli xil 
omillarning o’ta qiyin, o’zgaruvchan manzarasiga to’qnash keltiradi. Bu omillarni 
har vaqt muntazam e’tiborga olib turish zarur. Bunda ta’sirlarni istiqbolli 
dasturlash uchun barcha omillarning kelgusidagi o’zgarishlarini oldindan ko’zlab 
olish kerak. 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling