O'zbekistonda fuqarolik olish tartibi soddalashtirilmoqda
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2021 yil – «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to'g'risidagi Farmonni imzoladi. Dasturga muvofiq uzok muddat davomida mamlakatimizda yashab kelayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish tartibini takomillashtirish bo'yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Bu haqda bizga Sirdaryo viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig'i podpolkovnik Ruslan Zabirov ma'lumot beradi.
Yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi
Barchaga yaxshi ma'lumki, o'tgan 2020 yildan, hususan 1992 yilda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida”gi Qonuni mamlakatda hayotning barcha jabhalarida sodir bo'layotgan keng ko'lamli islohotlarga lozim darajada javob bermaganligi bois, 2020 yilda mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Ayni vaqtda esa mamlakatimizda fuqarosizlikni keskin qisqartirish masalasi dolzarbligicha qolayotganligi sababli Qonunning fuqaroligi bo'lmagan shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinishi bo'yicha tartibga soluvchi normaga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritishni taqozo etmoqda.
Dastur jamoatchilik muhokamasidan o'tkazildi
Dastlabki loyihaga ko'ra, 2021 yil 1 maydan boshlab O'zbekistonga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek, 15 yil davomida mamlakatda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo'lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilish nazarda tutilgan edi. Davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18–28 yanvar` kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilik muhokamasidan o'tkazildi hamda undagi fuqarolik olishni istagan shaxs O'zbekistonda yashash guvohnomasini 2005 yilgacha olgan bo'lishi kerakligi haqida talab olib tashlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |