Mustaqil ishi konstitusiyaviy huquq fanidan tayyorlagan Mavzu : O’zbekiston Respublikasida fuqorolik Bajardi


-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha olish


Download 146.69 Kb.
bet7/22
Sana17.06.2023
Hajmi146.69 Kb.
#1540893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
O’zbekiston Respublikasida fuqorolik

14-modda. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha olish
Bola o‘zining tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, agar tug‘ilgan paytida:
a) ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lsa;
b) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lsa yoki bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud uning turgan joyi noma’lum bo‘lsa;
v) uning ota-onasidan biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lsa, tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
Ushbu modda birinchi qismining “v” bandida nazarda tutilgan holda bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan ota-onasining yoxud boshqa qonuniy vakillarining iltimosnomasiga binoan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida turgan, ota-onasi noma’lum bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqarosidir.
Otasi yoxud onasi O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lgan bolaga otalik yoxud onalik belgilangan yoki tan olingan taqdirda, bola, tug‘ilgan joyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligini oladi.
15-modda. Ota-onasi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lmagan bolaning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini aniqlash
O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan, ota-onasi (yolg‘iz otasi yoki onasi) u tug‘ilgan paytda chet davlat fuqarolari bo‘lgan yoxud ota-onasidan biri chet davlat fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola tug‘ilganlik bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olmaydi.
16-modda. Bola farzandlikka olinganda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.
Biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, boshqasi esa chet davlat fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan, chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoxud fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan bola farzandlikka oluvchilarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini oladi.

Download 146.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling