Loyiha qachon amalga oshiriladi?
Loyihani amalga oshirish muddati – 2021 yil 1 may. Dastur ijrosi uchun Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati mas'ul etib belgilandi. Davlatda doimiy yashab kelayotgan ma'lum bir shaxslarda fuqarolikning yo'qligi, ijtimoiy muammolar manbaasi bo'lishi mumkin. Shuning uchun fuqarolikni qisqartirish va fuqarosizlik holati kelib chiqishiga yo'l qo'ymaslik majburiyati xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan printsipi, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham fuqarosizlikni qisqartirish printsipi asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.
To'g'ridan-to'g'ri fuqarolikni olishning huquqiy asoslari yaratiladi
Qonun loyihasi asosida mavjud normaga kiritilayotgan o'zgartirish hamda qo'shimchalar o'tgan yili joriy etilgan va hozirda amaliyotda qo'llanib kelinatgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga tan olishning tartiblarini yanada soddalashtirishga qaratilgan. Mutloqo yangi Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan MDHga a'zo davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilmagan. Bir so'z bilan aytadigan bo'lsak, ma'lum bir muddat davomida mamlakatimiz hududida o'n besh yil davomida muqim istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olishni, qonuniy asoslarga muvofiq, to'g'ridan-to'g'ri fuqarolikni olishning qonuniy asoslari yaratiladi
Bu tartib doirasiga qaysi toifadagi shaxslar tushadi?
Ushbu shaxslar toifasiga, O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi “O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida”gi Qonuni kuchga kirganidan, ya'ni 1992 yil 28 iyuldan keyin kelganlar va fuqaroligi yo'q shaxs maqomini olib, 2005 yil 1 yanvar` kuniga qadar doimiy yashash bo'yicha ro'yxatdan o'tgan hamda tan olish masalasida murojaat qilgan kuniga qadar O'zbekistonda o'n besh yil davomida yashab kelayotganlar kiradi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIGI TO‘G‘RISIDA
Do'stlaringiz bilan baham: |