Mustaqil ishi mavzu: Bino va inshootlarni yer ustki qismini barpo etishdagi geodezik ishlar


Cho‘kishni kuzatish belgilarini joylashtirish


Download 0.64 Mb.
bet2/6
Sana19.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1284579
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Injenerlik geodeziyasi 2

Cho‘kishni kuzatish belgilarini joylashtirish.
Tik deformatsiyani o’lchash usullari. Deform atsiyani aniqlash uchun joylashtiriladigan belgilar holati qabul qilingan o‘lchash usuliga bog‘liq. Inshootlar va ular poydevorlarining cho‘kishini kuzatish uchun quyidagi geodezik usullardan foydalaniladi:
a) qisqa vizir chiziqli (25 m gacha) geo’letrik nivelirlash;
b) qisqa vizir chiziqli (100 m gacha) trigono’l etrik nivelirlash;
d) gidrostatik nivelirlash;
e) fotogrammetrik va stereofotogrammetrik plan olish.
Noyob inshootlarni kuzatishda mikronivelirlash usuli ham qo‘llanilishi mumkin.
Cho‘kishning absolut qiymatini aniqlash uchun boshlang‘ich deb qabul qilingan reperda nivelirlash amalga oshiriladi. Nisbiy cho‘kishlar inshootning nuqtalari orasidagi o‘lchashlar farqidan olinadi.
Cho‘kishni kuzatishda eng ko‘p q o ‘llaniladigan usul yuqori aniqlikdagi geo’letrik nivelirlash hisoblanadi. Nivelirlash cho‘kish markalari deb qabul qilingan belgilar bo‘ylab amalga oshiriladi. Bu belgilar inshoot poydevoriga o‘rnatilgan bo‘lib, ular inshoot bilan birga tavsiflanadi, demak, ularni kuzatish orqali inshootning alohida qismlari cho‘kishini aniqlashimiz mumkin.

Cho‘kish markalari kuzatilayotgan inshootdan ma’lum masofada, cho‘kish voronkasidan chekkada joylashgan reperlar tarmoqiga nisbatan aniqlanadi. Bu reperlarning balandlik holatlari barqarorligi cho‘kishni kuzatish davo’lida saqlanib qolishi kerak.


Belgilarni joylashtirish loyihasi. Inshootlar alohida nuqtalarining tik va gorizontal siljishini aniqlashda cho‘kish markalari va geodezik asos belgilarini joylashtirish asosiy ishlardan biri hisoblanadi. Siljishni aniqlash sifati va batafsilligi belgilarning to’g‘ri joylashtirilganligi va soniga bog‘liq.
Inshootlarga kuzatish belgilarini joylashtirish loyihasi poydevor konstruksiyasi, gidrologik va geologik sharoitlarni hisobga olgan holda tuziladi.
Cho‘kish markalari iloji boricha bir xil sathda, binolar burchagiga joylashtirilishiga harakat qilinadi.
G ‘isht devorli yashash va jamoat binolari uchun cho‘kish markalari poydevor perimetri bo‘ylab, 10—15 m oraliqda joylashtiriladi.
Sanoat inshootlari va karkasdan bo‘lgan yashash va jamoat binolari uchun cho‘kish markalari ustunlarga bino perimetri bo‘ylab joylashtiriladi.
Aylana shaklidagi inshootlar uchun to ‘rttadan kam bo‘lmagan cho'kish markalari perimetr bo‘ylab o ‘rnatiladi. Devor va ustunlarga rasmda esa issiqlik elektr stansiyalari agregatlariga cho£kish markalarini o’rnatishga misollar keltirilgan.




Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling