Mustaqil ishi mavzu: Bino va inshootlarni yer ustki qismini barpo etishdagi geodezik ishlar


Download 0.64 Mb.
bet5/6
Sana19.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1284579
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Injenerlik geodeziyasi 2

Poligonometriya usuli.Tor qurilish sharoitlarida inshootlar gorizontal siljishlarini aniqlash poligonom etriya usulida amalga oshirilishi mumkin. Tunnel, plotina va aylana shaklidagi inshootlarning gorizontal siljishini kuzatishda ham poligonometriya usuli qulay.


Bu usulda gorizontal siljishni aniqlash yuqori aniqlikdagi burchak o‘lchashni talab etadi.
Poligonometriya yo‘li o ‘rtasidagi ko‘ndalang xatolik quyidagicha hisoblanadi:
(1)

(2)

Masalan, poligonometriya yo‘li uzunligi 500 m, tomon uzunligi va siljishni aniqlash xatolik cheki 2 mm bo‘lsa, bo‘ladi.


Bu aniqlikni ta’minlash uchun masofa o ‘lchash elektron asboblar yordamida, burchaklar esa yuqo ri aniqlikdagi teodolitlar yordamida bajarilishi kerak.Qo‘shma usullar. Ko‘pchilik hollarda gorizontal siljishni aniqlashda u yoki bu usullarni birgalikda qo‘llashga to ‘g‘ri keladi. Gidrotexnik inshootlarni kuzatishda triangulatsiya usulini to ‘g‘ri kesishtirish bilan birga bajarish qulay bo‘ladi. Agarda asos punktlar barqaror bo‘lmasa, sanoat va fuqaro binolari gorizontal siljishini kuzatishda stvor kuzatishlar triangulatsiya yoki yo‘nalishlar usuli bilan birga qo‘llaniladi.Qo‘shma usulda o ‘lchash aniqligini baholash har bir usul uchun alohida bajariladi, keyin siljishning um um iy o ‘rta kvadratik xatoligi hisoblanadi.

Bino va inshootlarning vertikal og‘ishi (kren)va yorilishini kuzatish. Inshootlar og‘ishi (kren) qo‘yilgan texnik talab va kuzatish sharoitiga bog‘liq holda turli xil usullarda aniqlanishi mumkin. Bular mexanik shovunlar va optik markazlashtirgichlar yordamida, geodezik usullar va hokazo.
Og‘ishni kuzatish qurilayotgan va qurilib bitkazilgan inshootlarda ham amalga oshiriladi.
Poydevor nishabligi hamda bino va inshootlar og‘ishini kuzatishda o ‘lchash xatoligi quyidagidan oshmasligi kerak:
Agreget va mashinalar osti poydevorlari
uchun ...................................................................................... 0,00001L;
Sanoat va fuqaro binolari devorlari
uchun ...................................................* ................................ 0,0001H;
Tutun chiqaruvchi quvurlar, minora va machtalar
uchun ......................................................................................0,0005H .
Bu yerda L va H poydevor uzunligi va inshoot balandligi.Shovunlarni qo‘llash. Ayrim hollarda og‘ishni aniqlash uchun shovunlar qo‘llan ilad i. Shovun konstruksiyaning yuqori nuqtasiga osiladi va shkalali sanoq moslamasi yordamida
uning tik o‘qdan og‘ishi o‘lchanadi. Bu usulda asosiy xato manbayi shovu n ipining tebranishi hisoblanadi. Qulay sharoitda inshoot balandligi 15 m gacha bo‘lganda bu usul talab qilingan aniqlikni ta ’minlashi mumkin.
Tik proyeksiyalovchi asboblarni qo'llash. Inshoot va konstruksiyalar oqishini aniqlash uchun turli xil optik asboblar, kompensatorli zenit-asboblar qo‘llaniladi. Tik proyeksiyalovchi optik asboblar qulay sharoitlarda, inshoot balandligi 100 m gacha bo‘lganda og‘ishni 1 mm atrofldagi xatolikda aniqlashga imkon beradi.
O‘lchash chegarasini kengaytirish va aniqligini oshirish maqsadida zenit-asboblarda nur sochish manbayi sifatida lazerlar qo‘llanilmoqda. Lazer nuri tik holatga aniq adilak yoki nivelir kompensatori yordamida keltiriladi.
Ko‘pchilik hollarda og‘ishni aniqlash teodolit qo‘llash yordamida amalga oshiriladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling