Mustaqil ishi mavzu: davlatning ekologik siyosatining shakllanishi. Davlatning tabiatdan foydalanish vazifalari. Bajardi: i-161-19-guruh talabasi boymatov diyorbek. Ilmiy rahbar: professor, I. F. D. Ergashev r. X. 2023 reja


Download 250.37 Kb.
bet2/8
Sana22.02.2023
Hajmi250.37 Kb.
#1220686
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mustaqil ish Iq. dav. bosh. ya

Mustaqil ishning maqsadi: Tabiatni muhofaza qilish, ekologik muammolarni hal etish, ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurash insoniyatning ongli faoliyati bo‘lmog‘i lozim.Shunday ekan, ekologiya huquqi tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi mavjud qonuniyatlarni ochib beradi, boshqa ekologiya huquqi institut-larini kengroq o‘rganish uchun nazariy asos hisoblanadi, ekologik siyosatning shakllanishiga va rivojlanishiga keng ta’sir ko‘rsatadi, ekologik-huquqiy ong va tafakkur hamda ekologik-huquqiy ma’naviyat va madaniyatning negizini yaratadi. Ekologiya huquqi tabiat, jamiyat va inson o`rtasidagi mavjud qonuniyatlarni ochib beradi, ekologik siyosatning shakllanishiga va rivojlanishiga keng ta`irk o`rsatadi, ekologik-huquqiy ong va tafakkur hamda ecologic huquqiy ma`naviyat va madaniyatning negizini yaratadi. Ekologiya huquqi boshqa huquq tarmoqlaridan o`zining subekti va ob`ektiga egaligi, davlat ekologik boshqaruv tizimi mavjudligi, ekologik huquqiy normalarga rioya qilish, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza etish, halqaro ekologiya huquqi normalari bilan bog`liqligi nuqtai nazaridan farq qiladi. Buni keng ma`noda ecologiyaga oid muammolar chegara bilmasligi va global tusga ega ekanligi bilan tushuntirish mumkin.
Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.

Download 250.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling