Mustaqil ishi mavzu: firma nazariyasi


Firmalarning asosiy xillari


Download 45.01 Kb.
bet6/10
Sana28.12.2022
Hajmi45.01 Kb.
#1012614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
farrux

5. Firmalarning asosiy xillari
Korxonalar rivojlanishi trayektoriyalarining o`ziga xos xususiyati korxonalar
tashkiliy tuzilishidagi milliy farqlarni belgilab beradi. Bugungi kunda istalgan
mamlakatdagi yirik korxonalarning aksariyati jahon bozorida yuzaga kelgan
tendensiyalarni hisobga olgan holda harakat qilishiga qaramay, ularning tashkiliy
tuzilishlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan strategiyalarning xilma-xilligi
kuzatiladi. Chunki tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini tanlashga ta’sir ko`rsatgan
omillar yig`indisi har bir mamlakatda har xil.
Tashkiliy rivojlanish trayektoriyasini belgilab beruvchi omillar jumlasiga
quyidagilar kiradi:
- institutsional muhit, shu jumladan institutsional rivojlanish
trayektoriyasi;
- aktivlarning o`ziga xoslik darajasi (raqobot bozorining rivojlanganlik
darajasi);
- tashqi muhitning noaniqlik darajasi (bozorning barqarorlik darajasi);
- xatarga moyillik darajasi (mamlakat aholisining umumiy sonida xatarga
nisbatan betaraf bo`lgan insonlar ulushi);
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga bog`liq bo`lgan
bitimlarning murakkablik darajasi;
- qonundan foydalanish narxi va xufyonalik narxining nisbati.
Tashkiliy rivojlanish milliy trayektoriyasining farqlari nafaqat tuzilmalarga –
unitar, xolding yoki multidivizional, – balki ularning maqsadli funksiyasiga,
korxonaning yetkazib beruvchilar, iste’molchilar va yollanma xodimlar bilan
munosabatlardagi xatti-harakatiga, shuningdek korxona faoliyat ko`rsatishining
ko`plab boshqa parametrlariga taalluqli. Endi korxonalarning bir necha ideal
xillarini yoritishga harakat qilamiz: buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi
korxona (B korxona); Amerika firmasi (A firma); Yaponiya firmasi (J firma) va
o`tish xilidagi korxona (O` korxona).
1. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona. Korxonaning
ushbu xiliga nisbatan qiziqish asosan shu bilan bog`liqki, Rossiya va Sharqiy
Yevropa korxonalari katta qismining ildizi buyruqbozlik iqtisodiyotiga borib
taqaladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona foydani
ko`paytirishga emas, balki normal yuklamali rejani bajarishga yo`naltirilgan.
«Prinsipal» (reja organi)ning farmoyishi mutlaq xususiyatga ega emas, balki
muhokama yoki rejali savdoning predmeti hisoblanadi.
Bu yerda «prinsipal» siymosi alohida tahlilni talab qiladi. Kommunistik
mafkuraga muvofiq sotsializmda o`z manfaatlarining vakili – reja organi orqali B
korxona faoliyati ustidan o`zining nazorat qilish huquqini amalga oshiruvchi
barcha mehnatkashlar «prinsipal» bo`lib hisoblanardi.
Lekin nazorat qilishning samarali mexanizmlari faqat reja organi bilan
korxona direksiyasi o`rtasida hamda korxona direksiyasi bilan uning xodimlari
o`rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelar edi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini
bajarishdagi qat’iy intizomiga nazorat qilishning uchta mexanizmi – partiya
(partiya tashkilotlari orqali), xo`jalik (vazirliklar va idoralar orqali) va kengash
(Xalq deputatlari kengashining ijroiya organlari orqali) mexanizmlari orqali
erishildi. Reja organlarining mehnatkashlar tomonidan nazorat qilinishi
mexanizmlari esa mavjud emas edi, buning oqibatida mehnatkashlar «prinsipal»
sifatida o`z manfaatlarini amalga oshira olmas edi. Shuning uchun reja organi
amalda «agent»dan yagona «prinsipal»ga aylandi: nazoratsiz byurokratik apparat
o`z manfaatlarini umuman jamiyat manfaatlari bilan moslashtirish imkoniyatiga
ega bo`ldi. Keltirilgan dalillarga asoslangan holda B korxonani unitar tashkilot,
ya’ni vazirlik yoki idoraning bo`linmasi sifatida ta’riflash mumkin.
Ushbu savdoda korxonaning ovozi ruxsatning yuqori
chegarasi, normadan tepaga chiqish haqida ogohlantiradi, yuqori
turuvchi organning ovozi esa ruxsatning quyi chegarasi, normadan
quyiga og`ish haqida eslatadi».
Ya.Kornai. Iqtisodchi
B korxona ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi uning unitar
tashkilot bo`linmasi sifatidagi holati tufayli unga «prinsipal» tomonidan belgilab
berilgan. B korxonalar o`rtasidagi barcha gorizontal aloqalar vertikal aloqalar
orqali - «prinsipal»ga murojaat etish orqali amalga oshiriladi. Ta’minot-sotish
aloqalarining tarkibi resurslarni taqsimlashning ajratish yoki fondlash singari
mexanizmidan hosil bo`lgan. Ajratish vazirlik yoki idora tomonidan B korxona
mahsulotining asosiy iste’molchilari va yetkazib beruvchilari belgilanishidan
iborat. B korxonaning ta’minot va sotish tarkibini mustaqil o`zgartirishga
urinishlariga «prinsipal» tomonidan keskin to`sqinlik qilindi.
B korxonada mehnat munosabatlarining tizimi ham o`ziga xos. Unda band
bo`lganlar sonining quyi chegarasi reja topshiriqlari bilan, yuqori chegarasi esa –
ishchi kuchining kutilayotgan taqchilligi bilan belgilanadi. Resurslar cheklangan
iqtisodiyotdagi boshqa har qanday resurs singari ishchi kuchi ham taqchil. Shuning
uchun korxona o`zining resurs, shu jumladan ortiqcha bandlik shaklida - ishchi
kuchi zahirasini barpo etishga urinadi. Bunda, tabbiyki, B korxona o`zining barcha
xodimlarini ish bilan ta’minlashga qodir emas va ularga tenglashtiruvchi hamma
ular tomonidan amalda ishlab topilmagan ish haqini to`laydi. Ishchidan egalik
funksiyasini olib, uni ishlab chiqarish natijalariga real ta’sir ko`rsatish
imkoniyatidan mahrum etgan holda, qog`ozbozlik tizimi ushbu imkoniyatning
o`rnini ishlab topilmagan ish haqini olish imkoniyati bilan qoplaydi.

Download 45.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling