Mustaqil ishi mavzu: firma nazariyasi


Download 45.01 Kb.
bet9/10
Sana28.12.2022
Hajmi45.01 Kb.
#1012614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
farrux

4. O`tish xilidagi korxona. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida amalga
oshirilgan bozor islohotlari B korxona bilan A firma o`rtasida yarim yo`lda turgan
yana bir ideal xildagi korxona – o`tish xilidagi korxonaning paydo bo`lishiga olib
keldi. O` korxonaning «oraliq» holati, biroq, uni B korxona va A firma
elementlarining turli kombinatsiyalaridan foydalanib ta’riflash mumkinligini
anglatmaydi. Hech bo`lmaganda O` korxonaning maqsadli funksiyasini olaylik: u
ma’muriy buyruqlarlarni bajarishdan ham, foydani ko`paytirishdan ham iborat
emas. O` korxona omon qolishga, mehnat jamoasini saqlab qolishga
yo`naltirilgan, shu munosabat bilan ayrim tadqiqotchilar ushbu ideal xilni
tavsiflash uchun hatto «omon qolishga yo`naltirilgan korxona» atamasini ham
taklif etishdi.
O`tish xilidagi korxona maqsadlarini tanlashning o`ziga xos xususiyati uning
mulkining tarkibiga bog`liq. J firmada bo`lgani kabi bu yerda ham mulkning
formal va real tarkiblari o`rtasida nomuvofiqlik mavjud va bu ham «insayderlar» - korxona xodimlari va rahbarlarining foydasiga. Bu yerda gap
rekombinatsiyalangan mulk haqida borayapti, ya’ni unda quyidagilarga yo`l
qo`yiladi:
- xususiy va davlat mulki o`rtasidagi chegaralarning yo`qolishi. Davlat
byudjetidan qat’i nazar rasmiy jihatdan xususiylashtirilgan korxona. Biroq
davlatning shartnoma majburiyatlari va byudjet oldidagi majburiyatlarni
bajarmagan korxonalarning bankrotligini e’lon qilishga tayyor emasligi, davlatning
debitorlik qarzlarning bir qismini o`z zimmasiga olishga roziligini anglatadi.
O`zaro hisob-kitoblarni o`tkazish amaliyoti «haqiqiy moliyaviy bitimlarni
imtatsiya qiladi va korxonani to`xtatib qo`yishning iloji yo`qligi holatini shunchaki
niqoblaydi, chunki bu ishchilarning noroziligini va ishlab chiqarishning
pasayishini keltirib chiqaradi».
- korxona tashkiliy chegaralarining yo`qolishi. To`lamasliklar muammosi
nafaqat pul massasining ishlab chiqariladigan tovarlar va xizmatlar hajmiga mos
kelmasligini, balki korxonalarning o`zi bilan o`zaro bog`liq korxonalarga tovar
krediti berishga tayyorligini aks ettiradi. Shartnoma majburiyatlarini bajarishning
past madaniyatini hisobga olgan holda, korxonalar tomonidan o`zaro
to`lanmasliklarga ixtiyoriy ravishda yo`l qo`yilishining yagona izohi bo`lib o`zaro
bog`liq korxonalar o`rtasida firma ichidagi oqimlar kabi tamoyillarda tovar-pul
oqimini tashkil qilish imkonini beruvchi o`zaro nazoratning mavjudligi haqidagi
tasavvur hisoblanadi.
- mulkning formal va real tarkibining mos kelmasligi. Tashqi mulkdorlar,
odatda, fond bozorining nooptimal faoliyat ko`rsatishi va menejerlar tomonidan
axborot asimmetriyasidan opportunistik foydalanilishi tufayli O` korxona
menejerlari ustida o`zlarining nazorat qilish huquqlarini amalga oshirolmaydilar.
Natijada «agentlar» - menejerlar – hatto aksiyalarining asosiy qismi tashqi
sarmoyadorlarga tegishli bo`lgan korxonalar ustidan ham nazoratni saqlab
qolishadi.
Shunday qilib, omon qolishga yo`naltirilish «agentlar»ning «prinsipallar»
tomonidan o`zlarining nazorat huquqining «ovoz berish» orqali ham, «chiqish»
orqali ham amalga oshirilishi mumkin bo`lmagan vaziyatni saqlab qolishga
urinishini anglatadi. Demak, «agentlar» opportunizmi O` korxona faoliyat
ko`rsatishining muhim jihati hisoblanadi. Ta’kidlash lozimki, menejerlarning
o`zlari xodimlar (ularning o`zlariga nisbatan «agentlar») ustidan nazoratni saqlab
qolishga erishdilar. Ular buni moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay korxona
balansida ijtimoiy soha ob’ektlari (uy-joy-kommunal xo`jaligi, dam olish bazasi,
bolalar muassasalari, natura shaklida ta’minlash)ni saqlab turishda ifodalanuvchi
paternalizm siyosati hisobidan uddalashdi.
O` korxona tomonidan ishlab chiqarish aloqalari tarkibi transaksiya
xarajatlarini kamaytirish mezoni bo`yicha emas, balki vaqt orqali tekshirilgan
aloqani saqlab qolishga urinish asosida shakllanadi. 1993-1994 yillarda Rossiya
korxonalarining aksariyati asosiy yetkazib beruvchilar (83%) va iste’molchilar
(70%) bilan eski aloqalarini saqlab qolishdi va yangi sheriklarni topish istiqboliga
shubha bilan qarashdi. Ta’minlash va sotish siyosatidagi konservatizmningehtimoliy talqinlaridan biri yangi sheriklar bilan shartnomalar tuzishning g`oyat
yuqori transaksiya xarajatlari haqidagi tasavvurdan iborat. Birinchi navbatda bu
yangi sheriklarning opportunistik xatti-harakatlarining yuqori darajada ehtimol
tutilishi bilan bog`liq. Eski sheriklarning opportunizmi ularning yuzaga kelgan
nufuzi va «qizillar» muhitida faqat «o`zinikiga» nisbatan amal qiluvchi alohida
ahloq normalariga ega bo`lgan direktorlarining mavjudligi tufayli deyarli istisno
etilgan.



Download 45.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling