VI. O‘lchash vositalarini kalibrlash tizimini takomillashtirish
14.
|
O‘zbekiston Respublikasi O‘lchashlar birligini ta’minlash milliy tizimini o‘lchash vositalarini kalibrlash ishlarini rivojlantirish va kengaytirish bo‘yicha takomillashtirish.
|
“O‘zstandart” agentligi qarori
|
2019-y.
iyun
|
“O‘zstandart” agentligi
|
15.
|
Xalqaro standartlar talablari bilan uyg‘unlashtirish maqsadida O‘z DSt 8.029:2017 “O‘lchashlar birligini ta’minlash davlat tizimi. O‘lchash vositalarini kalibrlash. Asosiy qoidalar” davlat standartiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
|
“O‘zstandart” agentligi qarori
|
2019-y.
sentyabr
|
“O‘zstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
16.
|
Keyinchalik zarur etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari bilan jihozlash maqsadida o‘lchash vositalarini kalibrlash xizmatlaridagi ehtiyojlarni tahlil qilish.
|
Jamlama axborot
|
2019-y.
iyun
|
“O‘zstandart” agentligi
|
17.
|
Xalqaro standartlar va tavsiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan, o‘lchash vositalarini kalibrlash usullarini tartibga soluvchi davlat standartlarini ishlab chiqish.
|
Reja-jadval
|
2019-y.
dekabr
|
“O‘zstandart” agentligi
|
18.
|
Namunaviy o‘lchash vositalari parkining yangilanishini hisobga olgan holda, xalqaro talablar asosida qiyoslash va kalibrlash usullarini ishlab chiqish.
|
Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar
|
2020-y.
mart
|
“O‘zstandart” agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
19.
|
COOMET tomonidan ISO/IEC 17025 standartiga muvofiq massa o‘lchovlari, bosim va harorat kattaliklari laboratoriyalariga Sifat menejmenti tizimini e’tirof etish guvohnomasini olish.
|
E’tirof etish guvohnomasi
|
2020-y.
iyun
|
“O‘zstandart” agentligi
|
20.
|
Institutning kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlarini asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida chop etish maqsadida CIPM maslahat qo‘mitalari yoki mintaqaviy metrologiya tashkilotlarining texnik qo‘mitalari tomonidan tashkil etiladigan asosiy va qo‘shimcha solishtirishlarda ishtirok etish.
|
Reja-jadval
|
Har yili
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
|
21.
|
Solishtirishlar “piloti” tomonidan solishtirish natijalariga ishlov berish va solishtirish hisobotlarini tayyorlash.
|
Hisobot
|
2021-yil
davomida
|
“O‘zstandart” agentligi
|
22.
|
COOMET, VIPM va mintaqaviy metrologiya tashkilotlari tomonidan solishtirishlar Yakuniy hisobotini ekspertizadan o‘tkazish.
|
Mintaqaviy metrologiya tashkilotlari dasturi
|
2022-y. iyun
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
|
23.
|
O‘lchash imkoniyatlarini mintaqaviy metrologiya tashkilotining asosiy solishtirishlar axborot ma’lumotlar bazasida chop etish.
|
Solishtirish natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar
|
2021 — 2023-yy.
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
|
24.
|
Milliy miqyosda metrologiya xizmatlarining layoqatliligini tekshirishni (laboratoriyalararo solishtirish) tashkil etish va o‘tkazish.
|
Reja-jadval
|
Har yili
|
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar
|
|