Mustaqil ishi Mavzu: O’lchamlar birligini ta’minlash tizimi asoslari. O’lchash asboblariva turlari. Bajardi: Oqomonov Husniddin Qabul qildi: Maxambetova O’ Mundarija


VII. O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashini axborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish


Download 317.93 Kb.
bet12/13
Sana11.03.2023
Hajmi317.93 Kb.
#1260980
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
VII. O‘lchashlar birligini ta’minlash tizimining ishlashini axborotlashtirish va avtomatlashtirish darajasini oshirish

34.

Metrologik tekshiruv natijalarini kuzatib borish mexanizmini joriy etish.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

2019-y.
dekabr

“O‘zstandart” agentligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

35.

Vaqt va mablag‘lar sarfini kamaytirish maqsadida o‘lchash texnikasi, o‘lchashlarni avtomatlashtirish va axborotlashtirish usullari doirasidagi eng ilg‘or yutuqlar asosida o‘lchash, kalibrlash, qiyoslash usuliyatlarini (usullarini) takomillashtirish.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

2020-y.
dekabr

“O‘zstandart” agentligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

36.

O‘lchash vositalari miqdori va holatini hisobga olish asosida integratsiyalashgan axborotli tizimlar va ma’lumotlar bazasi kompleksini yaratish.

Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish

2021-y.
sentyabr

“O‘zstandart” agentligi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Izoh. Mazkur Amaliy choralar rejasida ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishida, ishlab chiqilayotgan hujjat shakli o‘zgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki yoki undan ko‘p hujjatlar birlashtirilgan taqdirda, tegishli bandlarning bajarilishi uchun belgilangan eng so‘nggi muddat ularni ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Ultratovush terapiya. Qiyoslash uslubiyoti” standarti asosida metrologik qiyoslash olib borilmoqda

  • Post published:23.02.2021

Ushbu standart turli chastotali ultratovush terapiya apparatlarini qiyoslash tartibi, usullari va vositalarini belgilaydi.
Ultratovush terapiya apparatlari to‘qimalarni qisqarishini va cho‘zilishini, shunindek, asab periferik tizimi, tayanch-harakat tizimi davolashda foydalaniladi. Past chastota chegarasi chuqur to‘qimalarni davolash uchun yuqori chastota chegarasi esa teri yuzasiga yaqinroq yallig‘langan to‘qima uchun qo‘llaniladi.
Ozbekiston milliy metrologiya institutining malakali mutaxassislari tomonidan Ozbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida “O’zbekiston Respublikasining o‘lchashlar birliligini ta’minlash davlat tizimi. Ultratovush terapiya. Qiyoslash uslubiyoti” davlat standarti ishlab chiqilgan.

Standart davlat metrologiya xizmati organlari va o‘rnatilgan tartibda ultratovush terapiya apparatlarini qiyoslash huquqiga akkreditatsiyadan o‘tgan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari uchun mo‘ljallangan.


Ozbekiston milliy metrologiya instituti “Radiotexnik kattaliklar va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur yetkazmasdan tekshirish bo‘limi”da korxona va tashkilotlar tomonidan kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra Ultratovush terapiya apparatlari – o‘lchash vositasini taqdim qilganda, shuningdek, sayyor xizmat orqali yuqoridagi davlat standarti asosida 0,05 dan 30 W gacha bo‘lgan quvvatni o‘lchash ko‘lamida hamda xatoligi yo 3 % oshmagan holda UPM-DT-50SP turdagi ultratovushli quvvat o‘lchash vositasi va OPUS 20 turdagi termo-gigrometr namunaviy o‘lchash vositalari orqali qiyoslanadi.
.

Xulosa
Taraqqiyotning bugungi bosqichida mahsulot sifati, xavfsizligi va raqobatbardoshligi iqtisodiyot tarmoqlarini jadal va barqaror rivojlantirish, ishlab chiqarishning rentabelligi va samaradorligini oshirishning muhim omiliga aylanmoqda.


Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida va davlat boshqaruvida qo‘llanadigan o‘lchash natijalarining aniqligi, xolisligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini ta’minlamasdan, qayd etilgan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida respublika korxonalari tomonidan texnologik jarayonga zamonaviy uskunalarni, shu jumladan ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat va miqdor ko‘rsatkichlarini nazorat qiladigan o‘lchash priborlarini joriy etish bo‘yicha ishlar bajarilmoqda.
Respublikada o‘lchash texnikasi miqdori va yangi turlarining ko‘payishi tendensiyasini hisobga olgan holda, metrologik faoliyat va uning infratuzilmasining takomillashishi doimiy ravishda O‘zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlarga va mahalliy ishlab chiqarish, ayniqsa, kichik biznes korxonalarini va xususiy tadbirkorlikni eng qulay rivojlantirish sharoitlariga mos bo‘lishi kerak

Foydalangan adaabiyotlar



Download 317.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling