Mustaqil ishi Mavzu: O’rnatilgan operatsion tizimlarda semaforlar


O’rnatilgan operatsion tizimlarda semaforlar


Download 479.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana27.01.2023
Hajmi479.79 Kb.
#1130640
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Mustaqil ishi

O’rnatilgan operatsion tizimlarda semaforlar 
Dasturlash tillarida, ayniqsa Unixga asoslangan tizimlarda bir necha 
jarayonlarning bitta zahira uchun raqobatini koordinatsiyalaydigan yoki 
sinxronlaydigan harakatlar texnikalari semaforlar deb ataladi. Semafor operatsion 
tizim (yoki yadro) omborining (xranilishe) aniq joyi qiymati bo’lib, har bir jarayon 
uning qiymnatini tekshirishi va o’zgartirishi mumkin. Topilgan qiymatga bog’liq 
holda jarayon zahiradan foydalanishi yoki agar zahira band bo’lsa, undan takror 
foydalanishga urinish uchun biror vaqt kutib turadi. Semaforlar binar qiymatli (0 
yoki 1) yoki qo’shimcha qiymatli bo’lishi mumkin. Qoida bo’yicha, semafordan 
foydalanayotgan jarayon qiymatni tekshiradi, so’ngra agar u zahiradan 
foydalanayotgan bo’lsa, buni navbatdagi jarayonga bildirish uchun uning qiymatini 
o’zgartiradi. 
Semafor qiymati har xil jarayonlar uchun ochiq bo'lishi kerak. Shuning uchun 
semafora jarayonning manzil maydonida emas, balki yadroning manzil maydonida
hisoblanadi. Semafora qiymatini tekshirish va o'zgartirish amaliyoti boshqa 
jarayonlarga nisbatan (ya'ni boshqa jarayonlar bilan uzluksiz) bitta atom operatsiyasi 



sifatida amalga oshirilishi zarur hisoblanadi. Aks holda, semafora qiymatini 
tekshirgandan so'ng, jarayon boshqa jarayon bilan uzilib qolsa, bu o'z navbatida 
semaforni tekshirib, uning qiymatini o'zgartirib yuborishi mumkin. 
Semaforlar odatda ikki maqsadda qo’llaniladi: umumiy xotira maydonidan 
birgalikda foydalanish uchun yoki fayllarga birgalikda murojaat qilish uchun. 
Semaforlar jarayonlararo o’zaro harakati (interprocess communication - IPC) 
usullaridan biri hisoblanadi. C dastirlash tili semaforlarni boshqarish uchun 
interfeyslar yoki funksiyalar to’plamini taklif etadi. 
Biz semaforlardan foydalanishni oddiy misol bilan tushuntiramiz. Aytaylik, 
ba'zi bir umumiy resurs mavjud (masalan, fayl). Muayyan jarayon resursda 
operatsiyani bajarganda (masalan, faylga yozadi), boshqa jarayonlar uchun manbaga 
kirishga taqiq qo`yilsin. Buning uchun ma'lum bir butun qiymatni ushbu resurs bilan 
bog'laymiz - barcha jarayonlar uchun mavjud hisoblagichning 1 qiymati manbaning 
mavjudligini, 0 - uning mavjud emasligini anglatadi. Keyin, resurs bilan ishlashni 
boshlashdan oldin, jarayon hisoblagich qiymatini tekshirishi kerak.
O`rnatilgan tizimlarda navbat masalalarini ishlashi uchun sinxronlangan 
semaforlardan foydalaniladi. Quyidagi 9.3-rasmda semafora tasvirlangan 
10.3-rasm. OT semofora 

Download 479.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling