Mustaqil ishi pedagogika fanining asosiy tushunchalari
Download 39.49 Kb.
|
PEDAGOGIKA FANINING ASOSIY TUSHUNCHALARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIMI Texnologik ta’lim yo’nalishi 22-27 gurux Karimova SHahloning MUSTAQIL ISHI PEDAGOGIKA FANINING ASOSIY TUSHUNCHALARI Reja: 1. Ilm, bilim, ko'nikma va ta'lim pedagogika fani tushunchasi. 2. Tarbiya, o'z-o'zini tarbiyalash, qayta tarbiyalash pedagogikaning asosiy tushunchasi. 3. Ma'lumot – insonga ma'lumot beradigan va shaxsini shakllantiradigan asosiy tushuncha. 4. Pedagogika kategoriyalarini bilish–barkamol insonni tarbiyalashning zaruriy sharti. Pedagogika faniga tavsif berilganda «ta‘lim», «tarbiya», hamda «ma‘lumot» degan so’zlarni ishlatdik.Bu so’zlar o’zaro bog’langan bo’lib bir-birini to’ldiradi. Shunday qilib pedagogikaning asosiy kategoriyalari (tushunchalari) quyidagilar: Ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot, shaxsning kamol topishi, maktab. Bundan tashqari «o’quvchi», «o’qituvchi», «usul», «intizom», «irsiyat», «muhit», «direktor», «talaba» kabi tushuncha-nomlar ham mavjudki, ular ham pedagogik tushunchalar hisoblanadi. Ta‘lim deb – maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o’tkaziladigan, o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning bilish qobiliyatini o’stiradigan, dunyoqarashini shakllantiradigan jarayondir. Agar tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha oilada, maktabda va jamoaatchilik ta‘sirida shakllansa, kamol topsa, ta‘lim chegaralangan (M/n: sinf xonasi, kabinetlarda) joyda tashkil etiladi. Ta‘lim o’qituvchi tarbiyasi (ta‘limni) rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi. Tarbiya deb – yosh avlodni ma‘lum faoliyatga tarbiyalash uchun ularga ma‘lum maqsadga qarata planli va sistemali ta‘sir etishga aytiladi. Tarbiya bola tug’ilgandan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir.Tarbiya ta‘lim va ma‘lumot natijalarini o’zida aks ettiradi. Shaxsning shakllanishi va rivojlanishi (kamol topishi) deb – ta‘lim –tarbiya natijasida, shuningdek irsiyat va muhitning ta‘siri natijasida odamning inson mohiyatiga ko’tarilishi va inson shaxsining aqliy, aqloqiy, jismoniy jihatdan mukammallashiga aytiladi. Insonni ta‘lim-tarbiya orqali, tarbiyaviy ta‘sir natijasida hamda irsiyat va muhitning ta‘sirida uning shakllanishi, rivojlantirish mumkin. Bu jarayon insonning butun hayot yo’li davomida olib boriladi va ta‘sir natijasini ko’rsatadi. Download 39.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling