Mustaqil ishlarni bajarishga doir
IV. ADABIYOTLAR TO’PLASH VA ULARNI O’RGANISH
Download 101.5 Kb.
|
Mustaqil ish qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- V. MUSTAQIL ISHI REJASINI TUZISH
IV. ADABIYOTLAR TO’PLASH VA ULARNI O’RGANISH
Mustaqil ishini yozish uchun har bir talaba o’z mavzusiga muvofiq keladigan adabiyotlarni o’rganib chiqadi. Bu esa talabalarga materiallarni tanlab olish, ularni chuqur o’rganish, umumlashtirish, bir tizimga solish va bu ma’lumotlarni taxlil qilib xulosalar chiqarish kabi xususiyatlarni o’zlarida shakllantira borishlarida yordam beradi. Mustaqil ishini bajarishda, avvalo, darsliklar, o’quv qo’llanmalari va ko’rsatmalar xamda kerakli boshqa materiallarni o’rganish lozim. Adabiyotlar va manbalar bilan ishlashni mamalkatimizdagi iqtisodiy qonunchilikka doir bo’lgan qonun va me’yoriy xujjatlarni o’rganishdan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Har tomonlama mukammal yoritilgan va ilmiy ijodiy yondashilgan mustaqil ishini bayon etish uchun iqtisodiy qonuniyatlarni bilish va ularni qo’llash katta ahamiyatga ega. Mustaqil ishini bajarishda faqat uslubiy qo’llanmalardan va mustaqil ishi topshirig’ida tavsiya etilgan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni boricha mustaqil xolda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim. V. MUSTAQIL ISHI REJASINI TUZISH Reja tuzish mavzu asosida mustaqil ish yozishning muhim bosqichidir. Ishning rejasini talaba mustaqil tuzishi kerak. So’ngra o’z rejasini raxbar o’qituvchi bilan bamaslahat kelishib oladi. “BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH” bo’yicha mustaqil ish kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topadi. Kirish qismi tanlangan mavzuning hozirgi ahvoli, uning zaruriyatini ishlab chiqarish darajasi, bajarilayotgan ishning maqsad va vazifalarini baholashga bag’ishlanadi. Kirish qismida tekshirish ob’ektining aniq nomlanishi (korxona, tashkilot), tekshirish predmeti, tekshirishning uslubiy va nazariy asoslari ko’rsatilishi zarur. Asosiy qism 2 yoki 3 bo’limdan iborat bo’lishi mumkin: Uslubiylik yoki nazariy qism; Tahliliy qism; Amaliy qism; Rejada ko’zda tutilgan asosiy masalalar tarkibi mavzuning moxiyatidan kelib chiqib, aniq bo’lishi va o’rganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir. Rejadagi har bir masala o’zaro bog’langan bo’lishi lozim, ularni yoritishda esa korxona, tashkilotning amaliy ish faoliyatiga, innovatsion yangiliklarga bog’langan bo’lishi xam e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar va boshqa manbalar asosida mavzuni har tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar to’playdi va ular bo’yicha xisob – kitoblarni amalga oshiradi. Bu bosqichda iqtisodiy taxlil, mantiqiylik va tarixiylik, ilmiy abstraktsiya, induktsiya va deduktsiya, bashoratlash, eksprement, korrelyatsiya va ektropolyatsiya usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi. Mustaqil ish nazariy hamda amaliy jihatdan turli manbalardagi innovatsion yangiliklar, tajribalar, loyihalar, iqtisodiy ma’lumotlar taxliliga asoslangan bo’lib, mavzuga xos muammolar, takliflar, sxema, jadval va diagrammalarda mujassamlashtirilgan bo’lishi lozim. Download 101.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling