Mustaqil ishlarni bajarishga doir


II. MUSTAQIL ISH MAVZUSINI TANLASH


Download 101.5 Kb.
bet3/11
Sana22.04.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1376885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqil ish qo\'llanma

II. MUSTAQIL ISH MAVZUSINI TANLASH
Mavzu tanlash mustaqil ishni bajarishning birinchi bosqichidir. Talabalar mavzu tanlashda o’z hududlari, korxonalarni iqtisodiy xayotiga yaqin, kelajakda bitiruv ishiga asos bo’ladigan mavzu tanlasalar maqsadga muvofiq bo’ladi.
Talaba fan bo’yicha ma’ruzalarni tinglab, Tashkiliy hulq fanining tegishli qismini o’rganib chiqqanidan so’ng mavzu tanlansa to’g’ri bo’ladi. Tashkiliy hulq fanining yuqori mustaqillarda o’tilishini hisobga olgan holda, mustaqil ish talaba uchun yangilik emasligi, mazkur fangacha bir necha marta talabaning referat, mustaqil, mustaqil ishilarni yozish va himoya qilishni amalga oshirganliklarini hisobga olib mustaqil ish mavzusini ma’ruzaning 20 foizi o’tganidan so’ng berilishi maqsadga muvofiqdir. Bu esa talabalarning darsning qolgan qismi o’tgunicha mustaqil ishni yozib topshirish imkonini beradi. Talaba tanlagan mavzu yo’nalishida zarur bo’lgan boshlang’ich bilimlarni dars jarayonida mustahkamlashi uchun sharoit yaratiladi. Bu holat mustaqil ish yuzasidan tanlab olgan mavzusi mazmuni haqidagi aniq tasavvurlarini kengaytiradi.
Talabaning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan aloxida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi.
Mavzuning mustaqil o’zlashtirish. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatishi lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda ( o’zlashtirish qiyin bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o’qituvchidan maslahat oladilar.
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.

Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling