Mustaqil ishlarni bajarishga doir


Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin


Download 101.5 Kb.
bet6/11
Sana22.04.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1376885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqil ish qo\'llanma

Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin:
Auditoriyada amalaga oshiriladigan TMIlari. O’tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi;
Auditoriyadan tashqarida amalga oshiriladigan TMIlari. O’quv dasturidagi ayrim mavzularni mustaqil holda o’zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va labaratoriya ishlariga tayyorgarlik ko’rib kelish, ijodiy va ilmiy–tadqiqot xarakteridagi ishlar va h.k.
Birinchi tur ishlari talabaning nazariy va amaliy bilimlarini o’zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg’ulotlar(amaliyot, labaratoriya, seminar darslari)ga tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda nazorat ishlarini olish, savol javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib ko’rish va h.k. usullarda asosan amaliyot darslaridan nazorat (joriy nazorat) qilinadi.
Joriy nazoratga talabaning dars paytida o’tilgan materiallarni o’zlashtirishi va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o’zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi.
Ikkinchi tur ishlar fanning ishchi o’quv dasturida auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishi belgilangan mavzu bo’yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, taxlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o’zlashtirish, ijodiy yondoshishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko’rinishida amalaga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o’zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsulьtattsiya soatlarida amalga oshiriladi.
Talabalar mustaqil ishini baholash. TMI natijalari amaldagi “oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom”ga asosan baholab boriladi.
Talabalar mustaqil ishlarini nazorat qilish va baholash tartibi. Mustaqil ishlarning bajarilishi “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi Nizomi” talablari asosida nazorat qilinadi va baholanadi. Mustaqil ishlarini baholash mezonlari talabalarga o’quv yili boshlanishi oldidan uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi.

BIZNES JARAYONLARINI LOYIHALASH” fanidan talabaning mustaqil ishini baholash mezonlari.



  1. Talabaning mustaqil ishi – berilgan mavzu bo’yicha referat, prezentatsiya shaklida qabul qilinadi:

    • Referatda mavzu to’liq ochilgan, to’g’ri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlar bo’lsa –4,6–5 ball

    • Mavzu mohiyati ochilgan, faqat xulosasi bor –4,1–4,5 ball

    • Mavzu mohiyati yoritilgan, ammo arzimas kamchiliklari bo’lsa –3–4 ball beriladi.

    • Mavzu mohiyati yoritilgan, ammo ayrim kamchiliklari bo’lsa –2,5–3 ball beriladi.

    • Prezentatsiya Microsft office PoverPoint dasturida slayd ko’rinishida bajarilib mavzu anik va teran aks ettirilgan bo’lsa –4,6–5 ball

    • Prezentatsiya Microsft office PoverPoint dasturida slayd ko’rinishida bajarilib mavzu mohiyati ochilgan, xulosasi bor –4,1–4,5 ball

    • Prezentatsiya Microsft Office PoverPoint dasturida slayd ko’rinishida bajarilib mavzu mohiyati yoritilgan, ammo arzimas kamchiligi bo’lsa 3–4 ball beriladi

    • Prezentatsiya Microsft office PoverPoint dasturida slayd ko’rinishida bajarilib mavzu mohiyati yoritilgan, ammo ayrim kamchiliklari bor bo’lsa 2,5–3 ball beriladi.

Mustaqil ishning rahbari talabaga tanlagan mavzu bo’yicha mustaqil ish topshirig’ini rasmiylashtiradi va kafedra mudiri tasdiqlagandan so’ng topshiriqni talabaga beradi.


Mustaqil ish topshirig’ida talabaning ismi sharifi, mutaxassisligi, guruxi, fan nomi, mustaqil ishi mavzusi, topshirish muddati bilan bir qatorda namunaviy reja (kirish, asosiy qism, xulosa va boshqalar) xamda adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va shu kabilar aks etishi lozim.
Mustaqil ishini bajarish jarayonida mustaqil ish mavzusini o’zgartirish yoki boshqa mavzu tanlanishiga ruxsat etilmaydi.



Download 101.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling