Mustaqil ishlarni bajarishga doir


VI. MUSTAQIL ISHI MATNINI YOZISH


Download 101.5 Kb.
bet8/11
Sana22.04.2023
Hajmi101.5 Kb.
#1376885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mustaqil ish qo\'llanma

VI. MUSTAQIL ISHI MATNINI YOZISH
Mustaqil ishni bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma’suliyatli bosqich xisoblanadi. Kirish qismida talaba tanlangan mavzuning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari, shuningdek mavzuning o’rganilganlik darajasi, ishning ob’ekti va predmeti, uslubiy asoslari, axborot bazasi, ilmiy yangiliklari, nazariy va amaliy ahamiyati bayon qilinishi talab qilinadi.
Kirish qisqa, maksimal isbotlangan bo’lishi lozim. Uni yozish davomida davlat qarorlari va boshqa xujjatlardan foydalanish kerak.
Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bog’liq bo’lgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda ushbu yo’nalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi xam bayon etilishi kerak.
Nazariy tomondan Tashkiliy hulqga doir yangiliklar hamda o’rganilayotgan masala innovatsiyani kiritish nuqtai nazaridan chuqur yoritilgandan so’ng, talaba nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o’zaro bog’lay olishi kerak.
Mustaqil ishining xulosa qismida mavzuga yakun yasaladi va uning muvoffaqiyatlari bayon etiladi. Unda talaba o’zining ilmiy tadqiqot natijalariga asoslangan taklif va xulosalarni bildiradi hamda ularni amalda tadbiq etish yo’llarini ishlab chiqadi.
Talaba mustaqil ish matnini yozishda adabiyotlar, internetdan va manbalardan olingan tsitatalar va mualliflarning qarashlari qo’shtirnoq ichida berilishiga e’tibor berishi kerak.
Mustaqil ish oxirida foydalanilgan adabiyotlarning to’liq ro’yxati berilishi kerak. Bunda, albatta, muallifning familiyasi, ismining bosh harfi, kitob, jurnal yoki gazetaning nomi, bosmadan chiqqan joyi va yili ko’rsatilishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati shunday tartibda bajariladi: Respublika Prezidenti asarlari, xukumat qarorlari, darsliklar, uslubiy qo’llanmalar va ko’rsatmalar, ma’ruza matnlari va x.k.
Mustaqil ishini yozishda talaba, avvalo, rahbarning ko’rsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir.
Mustaqil ishini yozishda talabaning dastxati tushunarli darajada, chiroyli va aniq yozilishi talab etiladi, grammatik va statistik xatolar bo’lmasligi zarur.




  1. Download 101.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling