Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
Sharhli o„qish. Sharhlab o„qish samaradorligi o„qituvchining darsga
tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Bunday tayyorgarlik maqsadni aniqlash, matndan sharhlashni talab qiladigan so„zlar, iboralar, muammoli masalalarni belgilash, savol-javoblar asosida talqin etish kabi tizimni nazarda tutadi. Sharhlab o„qish aynan lug„at ustida ishlash emas, balki tarixiy, afsonaviy, sarguzasht, memuar, ba‟zan zamonaviy mavzudagi asarlarda uchraydigan izoh talab masalalarni o„z ichiga oladi. O„quvchilar boshlang„ich sinf “O„qish”, “Odobnoma”, 5-sinf “Adabiyot” darslarida odob-axloqqa doir hadis namunalari bilan tanishtirilib boriladi. Hadislar mavzusiga bag„ishlangan sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida o„quvchilarning yosh xususiyatlari Qur‟oni karim, hadis, muhaddis, vahiy, sahih, nosahih, roviy kabi ayrim so„zlar sharhlanishini taqozo etadi. Jumladan, forscha “payg„ambar” so„zi izohlanishi jarayonida “Islom e‟tiqodiga ko„ra xudoning xohish-irodasini, buyruqlarini insonlarga yetkazuvchi zot, nabi, rasul” 2 degan ma‟noni anglatishi, turli dinga mansub xalqlarning payg„ambarlari haqida batafsil ma‟lumot berilishi o„rinli hisoblanadi. Masalan: Hadis – Qur‟ondan keyin turuvchi ikkinchi muqaddas manba. Insonni ezgulikka, komillikka eltuvchi ma‟naviy xazina sifatida qadrlanuvchi hadislarda Payg„ambarimiz Muhammad alayhissalomning hayotlari va odatlari, diniy va axloqiy ko„nikmalari o„z aksini topgan. Ularda birodarlik, qarindoshlik, ota-ona va farzandlar haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik, adolat, insof kabi insoniy fazilatlar targ„ib qilinadi. Shu bilan birga yolg„onchilik, manmanlik, adovat, zulm 1 Karimov N. Hamid Olimjon. –T.: Sharq, 2013. –144-bet. 2 Berdak Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug„ati. –T.: Sharq, 2010. – 315-bet. 67 kabi illatlar qoralanadi. Muhammad payg„ambar hayoti va hadislari insonlarga ibrat namunasidir. O„qituvchi uchun adabiy materialni tanlash, lug„at bilan ishlash jarayonida notanish so„zlar va iboralarni tushuntirish ishlari ancha qiyinchilik tug„diradi. O„qituvchi o„quvchilar bilan asarni o„rganishning birinchi bosqichidayoq undagi ko„pgina muammolar haqida gaplashib olishga imkon tug„iladi. Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotining maqsadiga ko„ra sharhli o„qish chuqurlashtirish, umumlashtirish kabi turlarga bo„linishi mumkin. Badiiy asar matnini o„rganish amaliyotida sharhning quyidagi turlari qo„llaniladi: – lingvistik (notanish so„z va iboralarni izohlash); – tarixiy-maishiy (tarixiy fakt va voqealar bilan tanishtirish, nomlar va ismlarni, maishiy va etnografik tushunchalarni izohlash); – tarixiy-adabiy (davr va adabiy oqimlar tavsifi); – g„oyaviy-uslubiy (asarning obrazli va g„oyaviy-tematik tizimini kuzatish). Matnni o„qishdan oldin sharhlash usuliga murojaat qilish kirish mashg„uloti oldiga qo„yiladigan matnni idrok etishga tayyorgarlik bilan bog„liq vazifani bajaradi. O„qish jarayonida matnning g„oyaviy-badiiy jihatdan ahamiyatli bo„lgan ba‟zi detallari, asarning qanday sharoitda, qay tarzda yaratilgani o„qituvchining kirish so„zi sifatida qisqa sharhlanadi. Masalan, 9-sinfda O.Yoqubovning “Ulug„bek xazinasi” romani bilan tanishilayotganda muallifga turtki bo„lgan bir voqea, albatta, tilga olinishi zarur. Xotiralarda yodga olinishicha, Ulug„bek kutubxonasidagi kitoblar shogirdlari tomonidan Urgut tog„lariga yoki Shahrisabz yaqinidagi bir g„orga yashirilganligi taxmin qilingan maqola bilan tanishgan muallif “Samarqandga yo„l oladi. Go„ri Amir va Ulug„bek madrasalarining g„ira- shira, nim qorong„u yo„laklarida kezadi, atoqli riyoziyotchi Qozizoda Rumiy va Ulug„bek navjuvon talabalariga saboq aytgan mashhur madrasaning ulkan, o„sha Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling