Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
vaqtdagi yarim vayrona xonasida o„yga cho„madi. Necha daf‟a buyuk rasadxona
xarobalarini titroq va hayajon bilan ko„zdan kechiradi” 1 . Asar yaratilgan vaqt va voqealar kechgan davr o„rtasidagi tafovutlarni sharhlash jarayoni nafaqat o„tmishga qaytishga, balki hozirgi kunning eng dolzarb muammolarini yoritishni ham taqozo etadi. Jumladan, Mirzo Ulug„bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi kabi tarixiy shaxslar; qadimgi Movarounnahr, Shohruhiya, Xuroson davlatlarining geografik joylashuvi; “Kitob ush-shifo”, “Kitob un-najot”, “al-Qonun al-Ma‟sudiy” nomli benazir bitiklarga beriladigan sharhlar o„quvchilarda yurtimiz o„tmishi, ajdodlar ilmiy merosi haqida tushunchalar hosil qilibgina qolmay, mavzu yuzasidan kichik ilmiy izlanishlar olib borishga poydevor vazifasini o„tashi, shubhasiz. Adib tarixiy sharoit, qahramonlar turmush tarzi, muomala madaniyati, joy nomlari, liboslar, ilm-fanga oid ayrim atamalarni o„quvchiga yetkazishda qo„llagan eski o„zbek adabiy tili fonetik xususiyatlari, leksik boyliklari, stilistikasi ko„p hollarda sharhlashni talab etadi. Xususan, Qalandar Qarnoqiy monologini sharhlash orqali ajdodlarimiz ma‟naviyati, tafakkur tarzi va ijtimoiy munosabatlar 1 Аbdurahmonova U. Butun borliq ijodxona. //Til va adabiyot ta‟limi. –T.: 2014, №10. – 47-bet. 68 yuzasidan tegishli xulosa chiqarish imkoni yuzaga keladi. “Gunohkor bandangni kechirgaysen, ey parvardigori olam! Faqir bu bebaqo dunyo lazzatlarini tark etib, haq yo„lini tanlaganda tariqat o„rniga bunday nopok yumishlar qilamen deb o„ylagan edimi?.. Mavlono Ali Qushchi betavfiqmi yo imoni barkamol bandangmi – buni bu takabbur shayx qaydin bilur, tangrim?” 1 . Epizod, parcha o„qilganidan so„ng muallif g„oyasi, tasviriy ifoda vositalarini ochib berishga qaratilgan to„la sharh beriladi. Sharhlab o„qish usulidan asar matni yuzasidan savol tuzish, ayrim epizod va sahnalarni ifodali o„qish, qalamga olingan muammolar bo„yicha bahs-munozara tarzida ham foydalanish mumkin. Sharhli o„qish tahliliy xususiyatiga ega bo„lgan suhbatga ancha yaqinlashadi. Adabiyot o„qitish metodikasida o„quvchilarning lug„at boyligini oshirib borish va so„zga nisbatan ongli munosabatda bo„lish taqozo qilinadi. So„z ustidagi ish aniq adabiy material asosida olib borilishi va o„quvchiga asarni tushunishga yordam berishi lozim. Masalan, “...O„rmondan doim anbar nasimi esib turar, tuprog„idan ham anbar isi anqib turar, sandal-u, obnus, sandarus, shabah kabi xushbo„y daraxtlar u erda serob edi” 2 . Anbar – kitsimonlar tanasidan olingan xushbo„y modda. Sandal – tanasi qora-sariq rangli, xushbo„y hid taratuvchi daraxt 3 . Obnus – qora daraxt 4 kabi. Sharhlash chog„ida so„z ustida ishlashning metodik usullari va shakllarini tanlashga ijodiy yondashuv badiiy asarni to„laqonli tushunishiga xizmat qilishi kerak. Masalan, 9-sinfda “Alpomish” dostoni qahramonlari ma‟naviy dunyosiga munosabat bildirilayotganda amalga oshirilgan sharh u yoki bu voqelik yuzasidan o„quvchida tasavvur uyg„otishga yordam beradi. Xususan, Boysarining qavm- qarindoshlaridan bezib, begona yurtlarda sargardon bo„lishiga sabab bo„lgan zakot voqeasi, tabiiyki, sharhlash talab qiladi. O„g„li Hakimbek bilan saxiylik fazilati va ziqnalik qusurlari haqida suhbatlashib o„tirgan Boybo„rida ukasini yot odatlardan asrash istagi tug„iladi. Shu suhbat bahonasida inisiga odam yo„llab, o„z ixtiyori bilan zakot berishini so„raydi. Ma‟lumki, islom dinida mulkdor musulmonlar mol-mulki va daromadining qirqdan bir ulushi miqdorida olinadigan diniy soliqqa zakot deyiladi. Nabiy sollalahu alayhi vasallamning: “Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob tekkaydir – biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi – zakot bergani uchun” 5 , – deyishlari bejiz emas, albatta. Noo„rin izzat-nafsdan ko„ngil ko„zi xira tortgan Boysari o„z tug„ishgani asl maqsadini anglashda ojiz qoladi. Oqibatda nafaqat oilasi, balki butun qabiladoshlari ham anchagina ko„ngilsizliklarni boshidan kechirishga majbur bo„ladi. Dostonda zakot voqeasi syujetni harakatlantiruvchi asosiy vosita bo„lib, qahramonlar boshidan kechirgan turfa sarguzashtlarni yuzaga keltirgan. 1 Yoqubov О. Таnlangan asrlar. II jild. –Т.: Sharq, 2007. – 71-bet. 2 Аlisher Navoiy. Хаmsa. Qisqartirib nashrga tayyorlovchi А.Hojiahmedov. –Т.: Yangi asr avlodi, 2013. –268-bet. 3 Berdak Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug„ati. –T.: Sharq, 2010. 4 Navoiy asarlari uchun qisqacha lug„at. Тuzuvchi B.Hasanov. –Т.: Fan, 1993. 5 Ahmedov S. va boshq. Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. –T.: Sharq, 2011. –30-bet. 69 Sharhlash o„quvchida insonlarni ezguliklarga chorlovchi ayrim an‟ana va qadriyatlar mohiyati haqida yangi bilimlarni o„zlashtirish, qahramonlar xatti- harakatlaridan xulosa chiqarish ko„nikma va malakalarini shakllantiradi. Badiiy asarlarda sharhlashni talab qiladigan so„zlar ko„plab uchraydi. Bunday paytda o„qituvchi sharhiga illyustratsiya ilova qilinsa, tushunish osonlashadi. Masalan, “Xamsa” dostoni qahramonlari, “Boburnoma”da hayvonot va nabobat olami, Uvaysiy chistonlariga ishlangan miniatyuralar, qomuslar, lug„atlardan foydalanish o„quvchilarning aqliy faoliyatini o„stirish, kuzatish ko„nikmasini rivojlantirishga yordam beradi. Slaydlar, hujjatli, o„quv va ilmiy-ommabop filmlar singari statik ko„rgazmali qurollar leksik sharh uchun mos keladi. Namoyishdan maqsad o„quvchilarga asar matnida uchrashi mumkin bo„lgan qator so„zlarning ma‟nosini izohlash orqali tasavvuri va nutqni o„stirishdir. Matn ustida ishlash jarayonidagi sharh kontekst izohning lo„ndaligi va ko„rgazmaliligini ta‟minlash, ayrim so„zlarning semantiklashuvini o„z ichiga oladi. Eskirib qolgan so„zlar bilan yonma-yon zamonaviy shaklini yoki sinonimini berish qiyin emas. Oddiy umumxalq tilidagi so„zlar izohlanishi, ko„p ma‟noli so„zlar yoki iboralar ta‟kidlanishi mumkin. Ayniqsa, mumtoz va tarixiy asarlarni o„rganish jarayonida bu talablarning ko„zda tutilishi o„quvchilarning matn mazmunini tushunish, davr ruhini his qilish, til xususiyatlarini o„rganishga bo„lgan qiziqishlarini oshiradi. Xususan, Boborahim Mashrab g„azallari tahlilida notanish so„zlarga jadval tuzilib, ularning ma‟nolari qomuslar, izohli yoki mumtoz asarlar lug„atidan izlansa, so„zlarning etimologiyasi va leksikasi yuzasidan ham ma‟lum darajada tadqiqotchilik faoliyati yo„lga qo„yiladi. Xonavayronlar bilur aftodalarning holini, Eyki, mahram bo„lmasang, chashmi tarimni kavlama 1 . № Izohtalab so„z Qaysi tildan olingan Ma‟nosi 1 Aftoda forscha Notavon, zaif; bechora. 3 Mahram arabcha Yaqin, sirdosh, ulfat; xizmatkor, kanizak. 4 Chashmi tar forscha Yoshli ko„z, namli ko„z 2 . Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida badiiy asar yoki undan parchalar o„rganishning yakuniy bosqichida leksikani sharhlash elementlari bilan suhbat o„tkazish matn mazmunini chuqurroq o„zlashtirishga yordam beradi. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling