2.2-§. Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida ijodiy topshiriqlar va
mustaqil ishlar
Ijodiy o„qish metodida o„quvchilarning matnni idrok etish, tafakkurini
rivojlantirishga qaratilgan yelimlash, o„xshatish, insoniylashtirish, ta‟kidlash,
tipiklashtirish, qiyoslash kabi topshiriqlarga alohida o„rin ajratiladi. Bu turdagi
ishlarni tashkil etish uchun quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
Yelimlash. Bu usulning o„ziga xosligi doston, qissa, roman, drama kabi
yirik hajmli adabiy asarlarning qismlari, epizodlari va parchalarining yoki
yozuvchi ijodining leymotivini belgilashda u yaratgan asarlarning g„oyaviy-badiiy
mohiyatini ochishga yo„naltirilgan detallarning ulanishi bilan belgilanadi. Masalan,
Cho„lpon ijodi asosini tashkil etuvchi inson sha‟ni, yurt ozodligi va obodligi har
qanday boylikdan ustunligi Erk va Hurriyat obrazlari orqali umumlashtirilib,
Binafsha yoki Go„zal ko„rinishida talqin etilishini namuna tarzida izohlanishi
mumkin.
O„xshatish. Mavjud namunalarga nimasi bilandir o„xshab ketadigan obraz,
matn yoki vaziyat hosil qilinadi. Jumladan, Navoiyning “Sab‟ai sayyor”
dostonidagi Junaning yashindan ham tez harakatlanadigan “Sariyus sayr” ulovi
samolyot yoki tezyurar poyezdlarni, Iskandar olimlari kashf qilgan sirli qurol
portlatuvchi bombalar tasvirini ifodalashi haqidagi fikrlar bayon etiladi.
“Saddai Iskandariy”da Xitoy hoqoni Iskandarga tuhfa etgan “Oinai Chin”
ko„zgusi avtoulov boshqarayotgan shaxsning alkogolli ichimlik iste‟mol qilgan
yoki qilmaganini aniqlash moslamasiga o„xshab ketishi borasidagi o„xshatishlar
talqin qilinadi.
“Ikkinchi iqlim yo„lidan keltirilgan musofir hikoyati”dagi Zayd zahhob
yasagan taxt zamonaviy eskalator yoki liftning Navoiy orzusidagi ko„rinishidir.
“Bu g„aroyib taxt sakkiz poyali bo„lib, to„rttasi yuqoriroqda, yana to„rttasi
pastroqda edi... Duru la‟llar bilan bezatilgan bu taxtning zinasi ham sakkiz poyali
bo„lib, shunday ishlangan ediki, shoh taxtga chiqmoqchi bo„lganida, u poyalar
pasayib ustma-ust taxlanar, qadam bosgach, u poyalar ko„tarilib, ...taxt ustiga
chiqar, ...qaysi tomonga yurmoqchi bo„lsa, ...salgina ishorat bilan yura
boshlardi”
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |