Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author
Download 5.02 Kb. Pdf ko'rish
|
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333
- Bu sahifa navigatsiya:
- So„zlovchi
Hikoya qilish – o„quvchilarni mustaqil fikrlashga o„rgatish, his-tuyg„ulari va nutqini boyitish orqali matn tahliliga tayyorlaydi. Matn mazmunini hikoya qilish jarayonida o„quvchi unga nisbatan shaxsiy munosabatini bildirish imkoniyatiga ega bo„ladi. Ma‟lumki, o„quvchilar Kaykovusning “Qobusnoma” asari bilan boshlang„ich sinflarning o„qish darsliklarida keltirilgan pandnomalar orqali tanishtiriladi. 8-sinfda Yusuf Xos Hojibning “Qutadg„u bilig” dostonidan bek kishi qanday bo„lmog„i kerakligi haqidagi boblar o„rganilishi rejalashtirilgan 1 . O„qituvchi mavzu bilan tanishtirishdan bir necha kun oldin “Qutadg„u bilig” kabi nasihatnoma ruhida yozilgan “Qobusnoma” asaridagi hikoyatlarni mustaqil o„qishga tavsiya etadi. Har ikkala asarning o„zaro mushtarak jihatlari aniqlanib taqqoslanishi, mantiqiy izchillikda, taassurotlar asosida to„liq, ayrim lavhalar bo„yicha matnga yaqinlashtirib yoki qisqartirib hikoyalash vazifasini bajarish o„quvchilarda lingvistik, nutqiy, kreativlik va pragmalingvistik kompetensiyalar rivojishga xizmat qilishi bilan o„ziga xoslik kasb etadi. Jumladan, “Omonatni saqlamoq zikrida” 2 hikoyatidagi o„g„ri va hammomga boruvchi kishi dialogi o„quvchi tomonidan quyidagi tarzda ifodalanishi nazarda tutiladi: So„zlovchi: Tong qorong„isida hammomga borishni ixtiyor etgan bir kishi yaqin do„stidan o„ziga hamrohlik qilishni so„raydi. Zarur ishi bor haligi kishi esa hammomgacha birga borishini, lekin u yerga kirishga imkoni yo„qligini aytadi. Yo„l ayrilgan joyga yetganida esa og„aynisini xabardor qilmay ortiga qaytib ketadi. Ittifoqo, bir o„g„ri hammomga boruvchining izidan ergashib, uni ta‟qib ostiga oladi. Ortidan kelayotgan o„g„rini g„ira-shira pallada do„stim deb o„ylagan kishi undan yuvinib bo„lguniga qadar yuz tillosini saqlab turishini iltimos qiladi. Zarni olgan o„g„ri haligi kishining qaytishini poylab o„tirishga majbur bo„ladi. Hammomdan chiquvchi kishi kiyinib olgach, o„z yo„liga ravona bo„ladi. O„g„ri uni chaqirib oltinlarini olib ketishini, shu omonatni deb bugun ishidan qolganini aytadi. Boyagi kishi esa bundan hayron qolib uning kimligini, oltinlarni qayerdan olganini so„raydi. 1 Uzviylashtirilgan davlat ta‟lim standarti va o„quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O„zbek tili. (5-9-sinflar). –T.: Yangiyo„l poligraph service, 2010. – 77-bet. 2 Каykovus. Qobusnoma. –Т.: O„qituvchi, 2006. – 90-91-betlar. 76 O„g„ri tillalar bir qancha muddat ilgari o„sha kishi tomonidan o„ziga topshirilgan omonat ekanligini ma‟lum qiladi. Agar ming tillo bo„lsa ham andisha qilmay olib ketishi mumkinligini, ammo ishonchni suiste‟mol qilmoq, labzsizlik juvonmardlik (saxiylik)dan emasligini ta‟kidlaydi. Download 5.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling