Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author


Download 5.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/49
Sana18.06.2023
Hajmi5.02 Kb.
#1560986
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
Bog'liq
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

grafik tasvirlash usulidir. Bu jarayon asosan uyda bajarilib, natijalari sinfda 
ko„rgazmlar tashkil etish bilan muhokama qilinadi. Jarayonni tashkil etishdan 
avval o„quvchilar tasvirlanadigan satrlar bilan yaqindan tanishib chiqishi zarur 
bo„lib, o„qituvchi tanlangan ranglarning mavzuni yoritishdagi ahamiyati haqida 
suhbat uyushtiradi.
Umumiy o„rta ta‟limning 7-sinf adabiyot o„quv dasturida serqirra ijodkor 
Asqad Muxtorning “Yulduzim”, “Tug„ilish”, “O„zimniki emas bu umr” she‟rlari 
o„rganilishi rejalashtirilgan
2
. Shoirning chuqur falsafiy ma‟no singdirilgan “Bir tup 
1
Rauf Parfi. Тurkiston ruhi. Saylanma. –Т.: Sharq, 2013. 
– 
75-bet. 
2
Uzviylashtirilgan Davlat ta‟lim standarti va o`quv dasturi. Ona tili. Adabiyot. O`zbek tili. (5-9-sinflar). –T.: 
Yangiyo`l poligraph service, 2010. – 71-72-betlar.


77 
o„rik” she‟ri bilan mustaqil tanishishda grafik tasvirlash usulidan foydalanish 
o„quvchilarning ijtimoiy munosabatlar mohiyati haqida fikr yuritishga, 
tasavvurlarini o„stirishga, dunyoqarashini boyitishga yordam beradi.
Dastlab she‟rda ilgari surilgan g„oya yuzasidan savollar bilan murojaat 
qilinishi maqsadga muvofiq. Masalan: 
1. She‟rning aynan “Bir tup o„rik” deb nomlanishi sababi haqida o„ylab 
ko„rdingizmi? 
2. Chizgan rasmlaringizdagi daraxt tasvirini qanday izohlaysiz?
Matn quyidagicha reja asosida tahlil qilinadi.
1. O„rik ko„lankasi bilan do„stlashdi. 
2. Soya yo„q bo„lib qoldi. 
3. Sodda daraxt aldandi. 
Muallif qiyinchiliklarsiz ulg„aygan, takabbur, hayotga yengil-yelpi 
qaraydigan, yolg„iz o„zi o„sgan o„g„il-qizlarni daraxt qiyofasida aks ettirgan. 
She‟r nomlanishida ramziy ma‟no mujassam. Chin do„sti yo„q insonlar bir 
tup o„rikka qiyoslangan. Qiyg„os gullagan daraxt shoir nazarda tutgan kishilar 
hayotining ayni navqiron, omadli va baxtiyor damlari bo„lsa; boshiga ish 
tushganda yolg„izlanib qolishi lavhasi esa yomg„irli kunda gullari yerga yakson 
bo„lgan o„rik qiyofasida jonlantiriladi.
Unda so„z faqat daraxt haqida borayotgani yo„q. Barcha orzu-istaklari to„kis 
ado etilib, oilada bitta o„zi katta bo„lgan erka va arzanda o„g„il-qizlar bir tup o„rik 
obrazida gavdalantirilgan. Chunki yolg„iz farzandlarning hammasi ham 
qiyinchiliklarsiz voyaga yetadi, degan xulosaga kelish noo„rin. 
Tajribasizlik, hammani o„zidek bilish, faqat bugungi kunini o„ylashlik, 
gohida yaqin insonlarining maslahatlariga quloq solmaslik, manmanlik – inson 
boshiga tushuvchi ko„rgiliklarning asosiy sabablaridandir. 
Soya toifasidagi kishilar bilan do„stlashganidan bilinadiki, hayotga faqat bir 
yoqlama qaraydigan, kalta o„ylaydigan, ishonuvchan, g„o„r va adashgan insonlar 
o„rik obrazida namoyon bo„ladi. 
Turli qiyofalarda bo„y ko„rsatgan soya esa amaling, obro„-e‟tiboring, mol-
davlating bor paytda o„zini do„st qilib ko„rsatishga urinadigan ikkiyuzlamachi, 
munofiq va laganbardor kimsalar timsolidir. O„zboshimchalik, kibr-u havo, yon-
atrofidagilarga bepisandlik, loqaydlik va yakkalik insonni muammolar girdobi sari 
yetaklovchi illatlar sirasiga kiradi. Daraxt halokatining sabablarini ham shunga 
mengzash mumkin. Soyaning yolg„on maqtovlari, balandparvoz gaplariga ishonib, 
bulutli kunda uni kutib, yomg„irda qolgan o„rik qiyofasida boshiga kulfat tushib
yaqin hamdardga muhtojlik sezgan insonlar aks ettiriladi.
Soxta do„stlarning asl qiyofasi, maqsad-muddaosi mushkul ahvolda 
qolganda yaqqol namoyon bo„ladi. Unday insonlar qiyin damlaringda xuddi 
soyadek ko„rinmay qolishadi, huzur-halovati yo„lida hech narsadan tap 
tortishmaydi. Faqat moddiy manfaat ilinjida yaqinlashadigan odamlardan 
yaxshilik, mehr-muruvvat kutib bo„lmaydi. Har qanday vaziyatda qo„llab-


78 
quvvatlovchi, yelkadosh, suyanchiq bo„la oladigan insonlargina haqiqiy do„stdir. 
Chin do„stlar hech qachon yolg„izlatib qo„ymaydi. 
She‟rdagi ramziy ma‟noni tasviriy san‟at fani bilan integratsiyalashgan holda 
o„rganish o„quvchilarning idrok, xayol, tasavvur va tafakkur kabi bilish jarayonlari 
takomilida muhim o„rin tutadi.
“Bulutli kun, izg„irin shamol, egilgan daraxt shoxlari, sarg„aygan va 
to„kilayotgan barglar” tasvirida masalaning quyidagi jihatlariga e‟tibor qaratiladi: 
Daraxt – asar markazidagi inson obrazi. Bulutli havo – hayotning sinovli 
“qora” kunlari. Shamol – o„zgalar tomonidan uyushtiriladigan, adolatsizliklar 
yoki taqdirning shafqatsiz hukmi. Umidsizlik, tushkunlikka tushish – egilgan 
shoxlarda o„z ifodasini topadi. 
She‟r ilk bor o„qilganida o„quvchilar xayolida nafis tusdagi “bir tup o„rik”, 
har xil qiyofaga kirib, girdikapalak bo„lib so„zlayotgan ko„lanka, osmonda to„p-
to„p aylanayotgan qora bulutlar, sharros quyayotgan yomg„ir, soyani kutib 
charachagan daraxt va uning yerga to„kilib, loyga qorishib yotgan gullari 
jonlanadi.
Do„stlar orasidagi ishonch, sadoqatning oq, yashil yoki zangori; soxta 
tuyg„ularning qora bo„yoqlarda aks ettirilishi o„quvchi tafakkuridagi analiz-sintez 
jarayonining yorqin ifodasi sifatida ro„yobga chiqadi. 
Qayta-qayta o„qish, tahlil davomida esa shoirning asl maqsadi uqiladi. 
Soyaning umri qisqa. Oftob ko„rinib, bulutlar tarqaganidek, chin do„stlar yoningda 
bo„lsa, yorug„ kunlarga umid bilan intilasan. Qiyinchiliklar odamlar o„rtasidagi 
ishonch va sadoqatni sinaydi. Hamjihatlik, birdamlik va yakdillik maqsad sari 
eltuvchi mezon ekanligiga amin bo„linadi. 

Download 5.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling