Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,695 author


Download 5.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/49
Sana18.06.2023
Hajmi5.02 Kb.
#1560986
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
Bog'liq
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Inssenirovkalash o„quvchilarning jiddiy aqliy faoliyati uchun katta 
imkoniyatlar yaratadi. U badiiy asar matniga nisbatan tadqiqiy munosabatni 
chuqurlashtiradi, sahna varianti ma‟nodor bo„lishini ta‟minlaydi. U o„quvchilardan 
matnni yaxshi bilishni, asar syujeti va kompozitsiyasini chuqur o„rganishni, o„z 
nutqida adabiy tushunchalarni
qo„llash mahoratini talab etadi

 
 
Masalan, 9-sinfda Bobur hayoti bilan yaqindan tanishishda X.Sultonovning 
“Saodat sohili” qissasini sahnalashtirish orqali umrining so„nggiga qadar yurt 
ishqida yongan ulug„ shoir va sarkardaning ichki dunyosi ochib beriladi. Buning 
uchun quyidagicha faoliyat turlari amalga oshirilishi rejalashtiriladi:
1) inssenirovka uchun maqbul lavhalarni belgilash;
2) tanlangan parchalarni nomlash;
3) qahramonlar qiyofasini gavdalantiruvchi o„quvchilarni aniqlash; 
4) rollarni taqsimlash, personajlar nutqi ustida ishlash; 
5) sahna dekoratsiyasi, liboslar tayyorlash va hokazo. 
Inssenirovka qahramonlari: 
 
Zahiriddin Muhammad Bobur – shoh, 47 yoshda.
Hofiz Ko„ykiy – chamasi 60-70 yoshlar oralig„idagi tarixchi olim.
Binoqul – 24 yoshdagi kosib yigit.


79 
Gulbadanbegim – Boburning qizi, 7-8 yoshlarda.
Baxshiturk (Boboqul) – Binoqulning otasi, 50 yoshlarga borib qolgan 
savdoyi. 
Abulvohid Forig„iy, Sulton Muhammad Do„ldoy, Kichik Xoja – saroyning 
yoshi ulug„ amaldorlari.
 
“E‟tiqod sinovi” sahnasi 
Hikoyachi o„quvchi: 
Agra. Bog„i Nurafshonda Bobur arkoni davlat bilan mashvarat o„tkazmoqda. 
Eshik og„asi kirib Sulton Muhammad Hofiz Ko„ykiy otlig„ kishining shoh 
huzuriga muntazirligi haqidagi mujdani etkazadi. Mavlono Forig„iy majlis ahliga 
farkatlik benazir tarixchi haqida eshitganlarini so„zlab beradi.
Farkat nomi Boburga hayotining kuz shamoliday achchiq va rutubatli 
damlarini yodga soladi. Ruxsat amr etilgach, alloma kirib shohga qulluq bilan 
cheksiz sadoqatini izhor etadi. So„ngra omonatni – Binoqul kitobat etgan 
Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” asarini o„z egasiga tortiq etadi. 
Hindistongakelishdan muddaosini ma‟lum qiladi.

Download 5.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling