Mustaqil o’rganuvchilar uchun amaliy qo’llanma Oltinsoy 2015
Download 441.5 Kb.
|
Sanoq sistemalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAKRORLASH MASHQLARI
TAKRORLASH MAVZUSI:
Ikkilik sanoq sistemasidagi sonlarni sakkizlik sanoq sistemasiga va aksincha sakkizlik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik sanoq sistemasiga triadalar yordamida o'tkazish Sakkizlik sanoq sistemasidagi har bir raqamni ikkilik sanoq sistemasida quyidagicha yozish mumkin: Yuqorida keltirganimizdek, 0 dan 7 gacha bo’lgan sonni keltirganimizni quyidagicha yozamiz. 0=000, 1=001, 2=010, 3=011, 4=100, 5=101, 6=110, 7=111. Raqamlarni bu ko'rinishda tasvirlash usuli triada yordamida yozishdir. Ikkilik sanoq sistemasidagi sonni uchliklarga ajratish quyidagicha: agar sonni butun qismi raqamlari soni 3 ga karrali bo'lmasa chap tomoniga 0 qo'shib yoziladi va o'ngdan chapga qarab uchliklarga ajratiladi, agar sonni kasr qismi raqamlari soni 3 ga karrali bo'lmasa o'ng tomoniga 0 qo'shib yoziladi va chapdan o'ngga qarab uchliklarga ajratiladi. 1-misol. Ikkilik sanoq sistemasida berilgan 1001010 sonini sakkizlik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: 001 001 010 =112 1 1 2 Javob: 1128. 2-misol. Ikkilik sanoq sistemasida berilgan 1011,11 sonini sakkizlik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: 001 011 , 110 =13,6 bo'ladi. 1 3 6 Javob:13,68. 3-misol. Sakkizlik sanoq sistemasida berilgan 524 sonini ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: Yuqoridagi qonuniyatga ko'ra 5 = 101, 2=010, 4 = 100, ya’ni 5248 = 101 010 100 5 2 4 Javob: 1010101002 4-misol. Sakkizlik sanoq sistemasida berilgan 2641,37 sonni ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazing. 2641,37 ni uzun qilib yozib olamiz. 2 6 4 1 , 3 7 010 110 100 001 , 011 111 Javob: 10110100001,0111112 TAKRORLASH MASHQLARI 1-misol. Ikkilik sanoq sistemasidagi 100110 sonini o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: 100110=1·25+0·24+0·23+1·22+1·21+0·20=32+0+0+4+2+0=3810 hosil bo'ladi, yoki: 100110=25+22+21=32+4+2=3810 Javob: 3810. 2- misol. Ikkilik sanoq sistemasidagi 101,101 sonini o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: 101,101=1·22+0·21+1·20+1·2 -1+0·2 -2 +1·2 -3 = =4+1+1/2+1/8 = 5+5/8=5,62510 Javob: 5,62510. 3- misol. Sakkizlik sanoq sistemasidagi 376 sonini o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: 376=3·82+7·81+6·80=3·64+7·8+6·1=192+56+6=25410 Javob: 25410. 4- misol. Sakkizlik sanoq sistemasidagi 426,31 sonini o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: 426,31=4·82+2·81+6·80+3·8 -1+1·8 -2= =4·64+2·8+6·1+3·1/8+1·1/64 = = 256+16+6+25/64 = 278+0,390625 = 78,39062510 Javob: 278,39062510. 5- misol. O'n oltilik sanoq sistemasidagi 2AF sonini o'n asosli sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: 2AF=2·162+A·161+F·160=2·256+10·16+15·1=512+160+15=68710 Javob: 68710. 6- misol. O'n oltilik sanoq sistemasidagi A3,0C sonini o'nlik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: A3,0C = 10·161+3·160+0·16 -1+12·16 -2 =160+3+0,046875 = =163,04687510 . Javob: 163,04687510 . Download 441.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling