Mustaqil o’rganuvchilar uchun amaliy qo’llanma Oltinsoy 2015
Download 441.5 Kb.
|
Sanoq sistemalari
0000 0001 0010 0011 0100 0101 0110 0111
8 9 A B C D E F 1000 1001 1010 1011 1100 1101 1100 1111 Umumiy o’n oltilik sanoq sistemasidagi songa keltirdik O'n oltilik sanoq sistemasidagi har bir raqamni ikkilik sanoq sistemasida quyidagicha yozib olamiz: 0=0000, 1=0001, 2=0010, 3=0011, 4=0100, 5=0101, 6=0110, 7=0111, 8=1000, 9=1001, A=1010, B=1011, C=1100, D=1101, E=1110, F=1111. Raqamlarni bu ko'rinishda tasvirlash usuli tetrada yordamida yozishdir. Ikkilik sanoq sistemasidagi sonni to'rtliklarga ajratish quyidagicha: agar sonni butun qismi raqamlari soni 4 ga karrali bo'lmasa chap tomoniga 0 qo'shib yoziladi va o'ngdan chapga qarab to'rtliklarga ajratiladi, agar sonni kasr qismi raqamlari soni 4 ga karrali bo'lmasa o'ng tomoniga 0 qo'shib yoziladi va chapdan o'ngga qarab to'rtliklarga ajratiladi. 1-misol. Ikkilik sanoq sistemasida berilgan 111101 sonini o'n oltilik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: Berilgan 111101 sonini o'ngdan chapga qarab 4 tadan raqamini ajratib, tetrada asosida yozamiz: 00111101. Yuqoridagiga asosan, 0011=3, 1101=D . Javob: 3D16. 2-misol. Ikkilik sanoq sistemasida berilgan 11101,101 sonini o'n oltilik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: Berilgan sonni butin qismini avvalgi misolda ko'rilganidek bajaramiz, kasr qismini chapdan o'nga qarab 4 tadan ajratamiz: 011101,1010. Demak, 0001=1, 1101=D , 1010 = A. Javob: 1D,A16. 3-misol. O'n oltilik sanoq sistemasida berilgan 3FD5 sonini ikkilik sanoq sistamasiga o'tkazing. Yechish: Bu holda avvalgi misollarni bajarilgan usulini aksi bo'ladi, ya’ni berilgan sonni tetrada ko'rinishda yozish yetarli bo'ladi. Demak, 3 = 0011, F=1111, D=1101, 5=0101 Javob: 111111110101012 (eslatma boshidagi 00 yozilmaydi) 4-misol. O'n oltilik sanoq sistemasida berilgan B12,CE sonini ikkilik sanoq sistemasiga o'tkazing. Yechish: Yuqorida keltirilganlarga asosan B=1011, 1=0001, 2=0010, C=1100, E=1110 bo'ladi. Demak, javob:101100010010,11001112. Download 441.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling