Mustaqil ta'limi I. Badiiy asarlarda uchraydigan kasallik nomlari
III.Raqamlarda ekstralingvistik ma'nolar.Miqdordan tashqari ma'nolarni anglatish
Download 399.55 Kb.
|
ho‘at mustaqil
III.Raqamlarda ekstralingvistik ma'nolar.Miqdordan tashqari ma'nolarni anglatish.
Oltmish: Oltmish sanoq son. 60 raqami va shu raqam bilan ifodalanadigan son, miqdor. Oltmish som, oltmish kishi. Olmishdan ottizni olmoq. Oltmishga kirgan otadan osh sorama.(maqol)( Ozbek tilining izohli lugati / 119-bet) Parcha(ism): Ana undan keyin Oltmishvoyning ta’rifi boshlanadi. Oltmishvoy Ermon buvaning ogli. Habiba buvi ko‘p tuqqan. Hammasi chillasi chiqmasdan olib ketgan. Ammo Oltmishvoy boshqacha yigit-da! Bittayam kasal bolmagan. Menday paytida otni egarlab o‘zi choptirgan. Jo‘raboshimizday bolganida ketmon bilan bir tanob yerni hash-pash deguncha ag‘darib tashlagan. Oltmishvoy ana shunaqa yigit!(58-BET«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT – 2005 Otkir Hoshimov “Dunyoning ishlari”) Qirq: Qirq sanoq son. 40 raqam va shu raqam bilan ifodalanadigan son, miqdor. Qirq kishi, qirq metr.( Ozbek tilining izohli lugati / 302-bet) Parcha(Kishi vafotidan so'ng o'ttiz yettinchi yoki o'ttiz to'qqizinchi kuni o'tkaziladigan marosim): Onamizning "qirq"ini kamxarj, kamtargina qilib o'tkazdik. Qishloqdan ammam bilan pochcham kelishdi. Qo'y so'yib nimtasini, ikki yashik qizil husayni uzum, ertapishar nok, qovun-tarvuz, xullas, qo'shnilarining jigulisini to'ldirib kelishibdi. (X. To'xtaboyev. Mungli ko'zlar. -Toshkent: YANGI ASR AVLODI, 2010. 209-bet) Ming(urugma’nosida): Ming sanoq son. 1000 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor. Mingni mingga qoshmoq.( Ozbek tilining izohli lugati / 595-bet) Yuz(urug ma’nosida): Yuz sanoq son. 100 raqami va shu raqam bilan ifodalanadigan son, miqdor. Yuz qadam, yuz som. (Ozbek tilining izohli lugati / 77-bet) Parcha (urug ma’nosida): Tor ko'ngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling, To'qson ikki bovli o'zbak yurtidur, tenglik qiling Birni Qipchoq-u Xitoy-u birni Yuz, Nayman demang, Qirq-u Yuz, Ming son bo'lub, bir jon oyinlik qiling. (Turdi Farog'iy. "Tor ko'ngulluk beklar" g'azali). O‘n ikki: -Shuning hammasini hisobga olib, Sohibqiron bobokalonimiz "o‘n ikki raqamida oliy hikmat bor" der ekanlar. O‘z davlatlarini o‘n ikki tamoyil asosida boshqarganlar. Qo‘l ostidagi barcha odamlarni o‘n ikki tabaqaga taqsim etdik. Maqsad - tabiatdagi tartibu aniqlikni, muvozanatnu sobitlikni jamiyatimizga ham tadbiq etmoqdir!.. Download 399.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling