Mustaqil ta'limi I. Badiiy asarlarda uchraydigan kasallik nomlari


Download 399.55 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi399.55 Kb.
#1416263
1   2   3   4   5
Bog'liq
ho‘at mustaqil

Bo‘qoq kasalligiga O‘zbek tilining izohli lug‘atida quyidagicha izoh berilgan:"Bo‘qoq- qalqonsimon bez faoliyatining buzilishi natijasida ushbu bezning kattalashuvi bilan bog‘liq kasallik". Bu kasallik bugungi kunda Zob kasalligi deb ham yuritiladi. Bu kasallik asosan yod tanqisligi natijasida yuzaga keladi. Shuningdek, bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan kasallik hisoblanadi.
"-Qayerdan topsa bo‘ladi uni...- so‘radi Ochil buva Komilaning ismi har safar qudasining asabiga tegayotganini sezgan edi, shuning uchun beixtiyor ovozini pasaytirdi:
-Komilani... - Bu nom hozir o‘ziga ham xunuk eshitildi, uni bu uyda tilga olish haromdek sezilardi.
-Jazmanidan borib so‘rang!
- U qayerda ekan? Kim?
- Ha, u kishi mening Sattorimga o‘xshagan jo‘n aravakash emas, albatta. U kishi mulla, akadimning piliyanida ishlab mo‘may pul


toparmish. Puliga uchgan u o‘lgir. Xudoga shukur, sil emish, ha. Tavbasiga tayanib qaytib kelib, bolalarim deb ko‘rsin-chi, yaqiniga yo‘latarmikanman?
Ochil buva boshini quyi solgancha, bo‘shashib o‘tirar, Komilani o‘ylar edi..." ( Asqad Muxtor "Chinor" romani "Ilm-ziyozzakovat" Toshkent- 2020 151-bet).
Sil- turli aʼzolar, asosan, oʻpkada oʻziga xos yalligʻli oʻzgarishlar roʻy berishi bilan tavsiflanadigan yuqumli surunkali kasallik. Bugungi kunda fanda tuberklyoz nomi bilan ham yuritiladi. Odamlarda uchraydigan sil kasalligini ftiziatriya fani o‘rganadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida ushbu termin ko‘p ma‘noli so‘z sifatida izohlangan.
"Shu yo‘sun Salim bo‘yoqchining mavridsiz laylaklari ichida bemahal g‘urrak bo‘lib Anvar ham yashay boshladi. Bolalari ko‘paygan sayin Salim ishi ham keyinga ketganidek, kundan kun ehtiyojdan ehtiyojg‘a o‘tib borar edi. Anvar uch yoshqa kirganda, besh yillardan beri Salim akaga yopishib olg‘an bobosir kasali uning yoqasidan olib yiqitishg‘a muvaffaq bo‘ldi. Ya'ni Salim aka qonsirab, darmonsizlanib yotib qoldi. Muolajaga pul kerak, mundan ham ilgari oilaning umumiy kasali bo‘lg‘an oziqqa ham shu narsa kerak. Salim aka sarmoyasidagi

nil, tuz va shunga o‘xshash dastmoyalarni sotib muolaja qildirg‘an bo‘ldi. Dard ancha ulg‘aygan edi. Bu chiqimlar foyda o‘rnig‘a zarar keltirdilar. Do‘kon dastgohini sotib ro‘zg‘or qildi. Bular ham bitgandan keyin oilaning og‘ir kunlari boshlandi. Ochliq, yalang‘ochliq, ayniqsa kasal boqish.
Shu qish ayniqsa qattiq kelgan edi. Sovuqdan saqlanish uchun ularning hozirliklari yo‘q. O‘pkasiga sovuq tegdirib Salim akaning to‘rtinchi bolasi o‘ldi. Ko‘klamga chiqar-chiqmas Salim akaning o‘zi ham dunyo bilan vidolashdi. Buning ustiga Anvar, yana ikki og‘asiga qizamiq toshib bir bola munda ham o‘lib berdi. Shu yo‘sin olti oy ichida Anorbibi eridan va ikki bolasidan ayrilib, to‘rt go‘dak orasida tirik beva bolib qoldi. Nodiraning bo‘yi cho‘zilib qolg‘an, har nachuk bir joyini topib ketar, ammo uchta yosh bolaning ishi qiyin edi..." ("Mehrobdan chayon" romani "Navro‘z" nashriyoti Toshkent-2019, 44-45-betlar)
"Mehrobdan chayon" romanidan olingan yuqoridagi parchada ikki xil kasallik nomlari qo‘llangan. Bobosir kasalligiga "Mehrobdan chayon" asarida quyidagicha ta'rif berilgan: bobosir - kamqonlik kasalligi. Bobosir - kamqonlik, qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin


miqdorining kamayishi, sifatining oʻzgarishi bilan kechadigan kasallik. Bobosir kasalligiga qon yaratilish jarayonining buzilishi, asosiy qon yaratuvchi toʻqima — koʻmikning oʻz funksiyasini yetarli bajara olmay qolishi sabab boʻlishi mumkin. Bugungi tibbiyot tilida bu kasallik anemiya termini bilan yuritiladi.

Download 399.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling