Mustaqil ta'limi I. Badiiy asarlarda uchraydigan kasallik nomlari
Download 399.55 Kb.
|
ho‘at mustaqil
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Badiiy asarlarda uchraydigan kasallik nomlari
Buxoro davlat universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta'lim yo‘nalishi 6-1 Uzb 21- guruh talabasi Nizomova Mehrinisoning "Hozirgi o‘zbek adabiytili (morfologiya)" fanidan MUSTAQIL TA'LIMI I.Badiiy asarlarda uchraydigan kasallik nomlari: " Bilmaydigan odam fil minib borayotgan Humoyunni:" Hech narsadan kamchiligi yo‘q, bearmon yigit", deb o‘ylaydi. Lekin hozir uning xiyobon chetida o‘g‘ilchasini ko‘tarib turgan o‘sha oddiy yigitga havasi keldi. Qani, tole unga ham shunday o‘g‘il bersa! Bundan besh yil oldin o‘g‘il ko‘rish orzusida u ikkinchi xotin oldi. Oddiy yasovulning qizi bo‘lgan Mevajon ismli bu chiroyli juvon o‘sha yili xomilador bo‘ldi. Mohim begim hali hayot edi, bo‘lajak nevarasiga atab ko‘ylakchalar tiktirdi. Lekin Mevajon o‘n oyda ham, o‘n bir oyda ham tug‘may, qorni qappayib yuraverdi. Keyin bilsalar, shunchaki.... yelbo‘g‘oz ekan. Humoyun buni ham taqdirning achchiq bir kinoyasi deb bilib, juda qattiq iztirob chekdi. Xuddi o‘sha yili inisi Komronning xotini qo‘chqorday o‘g‘il tug‘di. Hozir bu bola kattagina bo‘lib qolgan. Humoyun uni har ko‘rganda ko‘zlari havas bilan yonadi... " (Pirimqul Qodirov Tanlangan asarlar III jild "Humoyun va Akbar"("Avlodlar dovoni") "Sharq" nashriyoti Toshkent-2012 34-bet). Ushbu parchada yelbo‘g‘oz kasalligi haqida so‘z yuritiladi. Yelbo‘g‘oz- tuxum istisqosi, xavfsiz oʻsma deb ham yuritiladi. Yelbo‘g‘oz oʻsishi homila tuxumining ilk muddatlarida sodir boʻlib, bunda xorion vorsinkalari uzum shingiliga oʻxshash pufakchalar toʻplamiga aylanadi.Yelbo‘g‘oz dastlab xuddi homiladorlikday kechsada, tezda qon keta boshlab, uzluksiz davom etadi. Bachadon homiladorlikning tegishli oyidagiga nisbatan kattaroq boʻladi; ona organizmi bilan homila orasidagi moddalar almashinuvi izdan chiqadi, koʻpincha homila nobud boʻladi. Yelbo‘g‘ozni oʻz vaqtida aniqlab oldini olinmasa qon ketishi, infeksiya rivojlanishi, xavfli oʻsma (xorionepitelioma)ga aylanib ketishi mumkin. Bugungi kunda bu termin fanda trofoblastik kasallik deb yuritiladi. Ammo bu termin O‘zbek tilining izohli lug‘atida uchramaydi. " - Meni tezroq Agraga yetkazinglar! - deb buyurdi. Dehliga kelguncha Humoyunning isitmasi yana oshib, kasali battar og‘irlashdi. Uni olib kelayotgan Hindubek yo‘lda biror kor-hol bo‘lishidan qo‘rqib, darhol Agraga xabar yubordi-yu, o‘zi Dehlida qolib Humoyunni eng yaxshi tabiblarga davolata boshladi. Lekin dori-darmon kor qilmas, qora bezgakka opxshash bir dard Humoyunni kecha-yu kunduz kuydirib, go‘yo jingak tashlamoqchi edi. Agradan ikki kecha-yu kunduz otliq yo‘l yurib, Mohim begim yetib keldi. Daryo yo‘li tinchroq va salqinroq deyishib, Humoyunni Dehlida kemaga solishdi-da, oqim bo‘ylab Agraga olib ketishdi" (Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar" romani Yoshlar nashriyot uyi Toshkent- 2018 468-bet). Parchada qo‘llangan bezgak kasalligiga to‘xtaladigan bo‘lsak. Bezgak- isitma tutishi, qonda jiddiy oʻzgarishlar sodir bulishi, kamqonlik, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechadi. Ushbu kasallik yuqumli bo‘lib, kasallik tarqatuvchisi bezgak chivini (anofeles) hisoblanadi. Bu termin O‘zbek tilining izohli lug‘atidan o‘rin olgan bo‘lib, ko‘p ma‘noli so‘z sifatida izohlangan. Hikoyanavis Adib Abdulla Qahhorning “Ming bir jon” hikoyasi. Shu sho‘rlik ayolni bir kirib ko‘raylik! Uch kunligi bormi, yo‘qmi... Sob bo‘lgan deyishadi... — Ha, ancha og‘ir,— dedi hamshira xo‘rsinib,— o‘n yil dard tortish osonmi! Poygaxdagi karavotda kitob o‘qib yotgan Hoji aka degan xasta yo‘g‘on gavdasiga nomunosib chaqqonlik bilan boshini ko‘tarib, ko‘zidan oynagini oldi. — O’n yil? O’n yildan beri kasal ekanmi? — Ha, o‘n yil bo‘libdi. Bechora turmush qilganiga bir yil bo‘lar-bo‘lmas shu dardga yo‘liqqan ekan. Tomog‘idan hech narsa o‘tmaydi. Ovqatni qorniga quyishadi... Teshib qo‘yilgan... Ba’zan o‘zi quyadi, ba’zan eri. Hoji akaning ko‘zlari o‘ynab ketdi. Quyidagi parchada sob kasalligi to‘g‘risida soʻz yuritiladi.Tomoqdan suv ham oʻtmay qolib, bemorga sunʼiy ovqat berilishi hozirgi fanda Disfagiya deb yuritiladi.Ammo bu termin Oʻzbek tilining izohli lugʻatidan oʻrin olmagan. "-Shahar yer bilan tekislanib ketdi, Madumar,- drdi bolasining bo‘ynidan bosib turgan Ochil taqachi yonidagi qo‘shnisiga. Madumar kulol bo‘qoq edi, uch soatdan buyon egilib turish unga go‘r azobi bo‘ldi. Lekin fikri xayoli bolasida. Uning bolasi ham yonida. Yolg‘iz bolasi. -Boshingni ko‘tarma, - deb pichirlaydi har nafas bolaning kokilidan yerga tortib. O‘n besh yoshigacha bolasining kokilini kestirolmadi sho‘rlik. Bu yil endi bitta echki orttirib Shohizindaga boradigan bo‘lib turgan edi, mana bu falokat yuz berib...- Boshingni ko‘tarma deyapman, o‘risning yuzini ko‘rib qolsang, moxov bo‘lasan! - derdi Madumar xirillab" ( Asqad Muxtor "Chinor" romani "Ilm-ziyo-zakovat" Toshkent- 2020 127-bet). Download 399.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling