Mustaqilikka erishganimizdan boshlab mamlakatimiz hayotida tub o`zgarishlar yuz berdi


Download 129.5 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi129.5 Kb.
#1492967
1   2   3   4
Bog'liq
CHOR ROSSIYASI TOMONIDAN QО‘QON XONLIGIGA BOSIB OLINISHI VA TUGATILISHI

Mavzuning tarixshunosligi: Qo‘qon xonligi tarixi chuqur tadqiq etilgan. Dastlabki tarixchilari tomonidan xonlik tarixining turli sohalari dastlabki tasavvurlar va ayrim to`liq bo`lmagan ma`lumotlar asosida yoritib berilganligi bilan alohida xususiyatga ega. Bunday tarixchilar va tadqiqotchilar qatorida XX asr boshlarigacha ijod qilgan va tarixiy asarlar yozib qoldirgan bir qator rus tarixchilarini ko`rsatib o`tish mumkin. Jumladan xonlik hududiga elchilik bilan kelgan kishilar,xususan F.Nazarov, N.I.Potanin, V.V.VelyaminovZernovlarning hisobotlari, A.Makshevlarning asarlarini va maqolalarini kiritish mumkin. Bir qator tadqiqotchilar esa xonlik tarixini o`z asarlarida u yoki bu jihatlarini yoritib o`tishga harakat qilganlar.Bunday tadqiqotchilar tarixchilar qatorida V.Bartold, N.Ostroumov, M.A. Terentev, P.P. Ivanov va boshqalarni ko`rsatib o`tish mumkin. Ular o`z asarlarida xonlikning Rossiya imperiyasi tomonidan harbiy bosqinchilik yo`li bilan bosib olingan jarayonlarni yoritib berganlar.
XX asr oxirlariga kelib Qo`qon xonligini tarixini o`rganish borasida bir qator yangi fikrlar ilgari surila boshlandi. Bunda Rossiya imperiyasi tomonidan xonlikning bosib olnganligi manbalarga asoslanilgan holda yoritila boshlandi. Bunday ma`lumotlarni biz H.Bobobekov, A.O`rinboyev, X.Ziyoyev hamda boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida kuzatishimiz mumkin.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Kurs ishida Qo`qon xonligi siyosiy tarixi va davlat tizimi tizimi sifatida uning tugatilganligi tahlilini amalga oshirish asosiy maqsad sifatida qo`yilgan va bunda nafaqat Qo`qon xonligi tarixi, davlat boshqaruv tizimi, Buxoro va Xiva xonliklaridagi o`xshash va farqli jihatlarni yoritib berish ko`zda tutilgan. Ishni bajarishda esa quyidagi jihatlarini amalga oshirish asosiy vazifalar sifatida belgilangan:
 Qo`qon xonligi tugatilishining tarixshunoslik jarayonlari haqida ma`lumotlarni yoritish;
 Xonlik ma`muriy boshqaruvi va viloyatlar boshqaruvining asosiy jihatlarini yoritib berish;
 Chor Rossiyasining xonlikdagi bosqinchilik faoliyatini o`rganish;
 Xonlik bosib olinishining Buxoro va Xiva xonligiga nisbatan farqli jihatlari;
Qo`qon xonligi boshqaruv tizimi‖ ning to`laqonli tahlilini amalga oshirish yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni amalga oshirish asosiy vazifa sifatida bajarilishi ko`zda tutilgan.

Download 129.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling