Mustaqillikka erishishi arafasida


Download 143.68 Kb.
bet9/21
Sana20.01.2023
Hajmi143.68 Kb.
#1104168
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu yuzasidan qo\'llanma

MONOKULTURA (yunoncha “monos” – bir, “cultura” – ishov bermoq, haydamoq) – yerga faqat bir turdagi ekinni ekish va xо‘jalikni faqat shu ekinni yetishtirishga ixtisoslashtirilishi. Shо‘rolar davrida О‘zbekistonda paxta monokulturasi joriy qilingan edi. Ekin maydonlariga faqat g‘о‘zaning ekilishi tuproq strukturasining buzilib, tuproq eroziyasiga, yerlarning shо‘rlanishiga, kimyoviy о‘g‘itlarni haddan oshiq ishlatilishi unumdorlikning keskin pasayib, xatto aholi orasida zaharlanishiga olib kelgan edi.
PAXTA ISHI” (“О‘ZBEK ISHI”) – Mustabid sovet hokimiyati tomonidan 1984-1989-yillarda о‘zbek xalqiga qarshi uyushtirilgan navbatdagi qatag‘on siyosati. “Paxta ishi” (“О‘zbek ishi”) “jinoyat” ishi bo‘yicha jami 25 mingga yaqin kishi qiynoq ostiga olinib, sо‘roq qilindi. 4018 kishi noqonuniy sud qilinib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan.
Butun SSSRda bо‘lganidek, О‘zbekistonda ham kamchiliklar, qо‘shib yozishlar, poraxо‘rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illatlarni о‘zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
QAYTA QURISH – XX asrning 80-yillari о‘rtalarida keng iste’molga kirgan tushuncha; SSSRda totalitar tizimni isloh qilish yо‘li bilan о‘zgartirishga qaratilgan harakat. Qayta qurish siyosatining maqsadi va vazifasi mamlakatda tо‘planib qolgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va mafkuraviy sohalardagi muammolarni “qayta qurish” yо‘li bilan hal etishdan iborat bо‘lgan. M.S.Gorbachev boshchiligida KPSS rahbariyatining bir qismi tomonidan boshlangan bu siyosat mamlakat hayotida va umuman, jahonda ma’lum о‘zgarishlarga sabab bо‘ldi (oshkoralik, siyosiy
plyuralizm, “sovuq urush”ning tugashi, Germaniyaning birlashuvi va b.). Qayta qurishni amalga oshirishdagi qarama-qarshilik va noizchilliklar natijasida 80- yillarning oxiri 90-yillarning boshidan mamlakat hayotining barcha sohalarida bо‘htonlar kuchayib ketdi.
Qayta qurish sobiq SSSRda tо‘planib qolgan muammolarni tо‘la hal etishga xizmat qilmadi. Mustaqillik, demokratiya va erkinlik g‘oyalariga tо‘g‘ri kelmaganligi tufayli ham amaliy samara bermadi. Oxir-oqibat KPSSning halokati va SSSRning parchalanishiga turtki bо‘ldi.
QIZIL IMPERIYA” – 1917-1991-yillarda mavjud bo‘lgan sobiq Sovet Ittifoqiga nisbatan tarixchilar, badiiy ijod ahli va ilmiy ziyolilar tomonidan ishlatiladigan atama. Sho‘rolar davlatining bayrog‘i qizil rangda bo‘lganligi uchun shunday nomni olgan. G‘arb ommaviy axborot vositalarida bu davlat “xalqlar turmasi” deb ta’riflangan bo‘lsa, AQSH prezidenti R.Reygan (1980-1992) Sovet Ittifoqini “Yovuzlik imperiyasi” deb atagan edi. “Imperiya” so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, mutlaq hokimiyatga ega hokimni, mahkumlar, mazlumlar ustidan cheklanmagan huquqqa ega, jabr-zulm va ezishga asoslangan idora etish va boshqarish usulini, mustamlakalarga egalik qiluvchi va qaram xalqlarni asoratga solib shafqatsiz ekspluatatsiya qiluvchi yirik tajovuzkor davlatni bildiradi.



Download 143.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling