Mustaqillikka erishishi arafasida
Download 143.68 Kb.
|
1-Mavzu yuzasidan qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- DEPORTATSIYA
- KADRLAR TО‘DASI” (“DESANTCHILAR”)
BYUROKRATIYA (fransuzcha “bureau” – kanselyariya, devonxona, yunoncha “kratos” – hukmronlik) – davlat va jamiyatni xalqdan ajralgan holda u bilan hisoblashmasdan ma’muriy buyruqbozlik yо‘li bilan boshqarish usuli. Byurokratik boshqaruvda xalqqa berilgan va’dalar faqat qog‘ozda qolib ketib, u hech qachon amalda bajarilmay qoladi. Ana shu qog‘ozbozlik va tо‘rachilik ma’muriy boshqaruv tuzilmalardan tortib ijtimoiy-iqtisodiy hayotning barcha jabhalariga kirib boradi. Hukumat va yuqori tashkilotlarning buyruq-kо‘rsatmalari amalda bajarilmagan bо‘lsa ham qog‘ozda bajarilgan qilib kо‘rsatiladi. Qog‘ozda aks ettirilgan kо‘rsatkichlar va yutuqlar hayotga tadbiq etilmaydi.
Sobiq Shо‘rolar davlatida byurokratizm bu kapitalistik jamiyatga xos xususiyat, sotsialistik tuzumda byurokratizmga yо‘l qoyilmaydi deb balandparvoz shiorlar ilgari surilgan bо‘lsada buyurokratiyaning asl kо‘rinishlari aynan shо‘rolar jamiyatida gullab yashnadi. DEPORTATSIYA (lot. deportatio – quvg‘in qilmoq, surgun qilmoq) – majburiy kо‘chirish, badarg‘a qilish. Jinoiy yoki majburiy jazo chorasi sifatida davlatdan majburan chiqarib yuborish, haydash. 1920-40-yillarda sobiq Ittifoqda amalga oshirilgan ommaviy qatag‘onlar davrida kо‘plab xalqlar deportatsiyaga duchor bо‘lgan edilar. Ikkinchi jahon urushining dastlabki yilidayoq Stalin boshliq sovet rahbariyati Volgaboyi nemislarini «bosqinchilarga yordam berishi mumkin», degan gumon bilan yashab turgan joylaridan mahrum etib, Sibir va Qozog‘istonga kо‘chirib yuboradi. О‘zbekistonga 175 mingdan ortiqroq chechenlar, 157 ming ingushlar, 150 mingdan ortiqroq qrim tatarlari, 4500 bolqarlar, о‘n minglab mesxeti turklari, greklar kо‘chirib keltirildi. О‘zbek xalqi ularni beg‘araz kutib oldi, yashash uchun uy-joy, oziq-ovqatlar bilan yordam berdi. Mahally hokimiyat ularga hosildor yerlardan tomorqa yer, uy qurish va xо‘jalik yuritish uchun mablag‘lar ajratdi. 1989-yilda SSSR Xalq deputatlari syezdi deportatsiya siyosatini noqonuniy deb e’lon qildi va majburuy kо‘chirilgan xalqlarga о‘z ona Vatanlariga qaytishlariga ruxsat berildi. “KADRLAR TО‘DASI” (“DESANTCHILAR”) – 1980-yillarning о‘rtalari va ikkinchi yarmida О‘zbekistonga Markaz tomonidan Respublika partiya va davlat rahbarlik lavozimlariga yuborilgan kadrlar. 400 ga yaqin kelgindi “mutaxassislar” О‘zbekistonni о‘z bilganlaricha boshqara boshladilar. О‘zbekiston Kompartiyasi va Respublika Ministrlar Kengashi amalda ular tomonidan boshqarildi. Birinchi lavozimda о‘tirgan mahalliy kadrlar ularning qо‘lida qо‘g‘irchoq bо‘lib qoldilar. Natijada respublikada shakllangan m’muriy-xо‘jalik va davlat boshqaruv tizimi izdan chiqib chuqur inqirozli holat (anarxiya) yuzaga keldi. “Desantchilar”ning sо‘nggi vakillari respublikani 1990-yillar oxiri – 1991-yil boshlarida tark etishga majbur bо‘lishdi. Download 143.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling