Mustaqillikka erishishi arafasida


Download 143.68 Kb.
bet11/21
Sana20.01.2023
Hajmi143.68 Kb.
#1104168
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu yuzasidan qo\'llanma

1-mavzu davomi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
MUSTAQILLIGINING E’LON QILINISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI



Reja:
  1. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi tomon yo‘l tutishi.


  2. O‘zbekiston davlat mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi.
  3. Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida Islom Karimovning o‘rni va roli.




Tayanch tushunchalar: Davlat tili tо‘g‘rishdagi qonun, Referendum, Prezidentlik instituti, Navruz, Milliy qadriyatlar, Mustaqillik Deklaratsiyasi, GKCHP (Favqulodda holat), Davlat suvereniteti, “O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari tо‘g‘risida”gi qonuni.


  1. O‘zbekistonning davlat mustaqilligi tomon yo‘l tutishi.


Insoniyat tarixi shuni kо‘rsatadiki, adolatsizlik, zо‘ravonlik va mustabid boshquruv tizimiga asoslangan har qanday davlatning umri qisqa bо‘ladi. Ushbu xulosa aynan mustabid Sovet Ittifoqiga ham bevosita taalluqlidir. XX-asrning 80- yillari oxiriga kelib, totalitar ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruviga asoslangan, jamiyat tarixiy taraqqiyot qonunlarini inkor etib, hayoliy sotsializm va kommunistik jamiyat qurishni e’lon qilgan Sovet davlati о‘z umrining sо‘ngi kunlarini o’tkazayotgan edi.
Ishsizlik, narx-navoning keskin kо‘tarilishi, pulning qadrsizlanishi, nonga navbatning paydo bo’lishi butun Sovet ittifoqida va jumladan О‘zbekistonda ham 1989-yilga kelib real hayotiy voqelikka aylangan edi. Turmushdagi qiynchiliklar, moddiy-xо‘jalik hayotining nochor ahvolga kelib qolishi tabiiy ravishda xalqda norozilik kayfiyatini yuzaga keltirgan edi. Xalqning Ittifoq rahbariyatiga bо‘lgan ishonchi sarobga aylanib, umidsizlik va tushkunlik kayfiyati ortgan edi.
Ana shundan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyatda oldingi mavzuda ta’kidlab о‘tilganidek, 1989-yil 23-iyunda muqaddam Qashqadaryo oblasti Partiya komiteti rahbari bо‘lib ishlab kelgan I.A.Karimov О‘zbekiston Respublikasi rahbari etib tayinlanadi. О‘zbekistonga endi ilgarigi rahbarlar singari itoatkor, mо‘min-qobil xizmatkor emas, о‘zbek xalqining dardi bilan yashaydigan, yig‘ilib qolgan muammolarni qalbidan his qiladigan, millatning ertangi kuni, tinchligi va barqarorligini о‘ylaydigan va xalqning milliy manfaatlari nuqtai-nazaridan siyosat yurgizadigan mustaqil fikrli rahbar kelgan edi.
1989-yilning ikkinchi yarmida I.A.Karimov boshchiligidagi respublika rahbariyati millatlararo kelishmovchiliklar va og‘ir iqtisodiy inqiroz kо‘chasiga kirib qolgan respublikani meros qilib olgan edi. Yangi rahbariyat pespublikani tezroq oyoqqa turg‘azish, oziq-ovqat taqchilligidan betalofat chiqish hamda respublikani fuqarolar urushi bо‘sag‘asidan chiqarib olish uchun harakatini boshladi. Albatta

muammolarning bartaraf etilishida markazdagi kommunistlar bilan ham zimdan va oshkora kurash olib borishga tо‘g‘ri keldi.


Ma’lumki azaldan yer bilan hamnafas yashagan bobodehqonlar avlodi о‘zbek xalqi о‘tgan asrning 30-yillardagi jamoalashtirish siyosati tufayli yerdan mosuvo qilingan edi. 1989-yil avgust oyida O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari, grajdanlarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini va yakka tartibda uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Qarorga kо‘ra davlat yerlari hisobidan aholiga tomorqa yeri (tekinga) ajratib berila boshlandi. Maqsad, respublika aholisining turar-joy, oziq- ovqat va g‘allaga bо‘lgan ehtiyojlarini qisman bо‘lsada qondirish edi. Ushbu qaror respublika xalqi tomonidan juda katta kо‘tarinkilik bilan kutib olindi. Xalqda yangi О‘zbekiston rahbariyatiga ishonch paydo bо‘ldi.
Bundan tashqari 1989-yildan “О‘zbek ishi” (“Paxta ishi”) bilan nohaq ayblanib, turli muddatlarga qamalgan minglab aybsiz aybdorlarning sud-ekpertiza xujjatlarini qayta taftish qilish jarayoni boshlandi va bu jarayon о‘ta murakkab va chigal bо‘lganligi uchun butun 1989-1991-yillarda davom etdi.
Bu davrda milliy masala, til va milliy qadriyatlar kun tartibidagi yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri edi. Respubika jamoatchiligi talabi va hohish istaklari asosida 1989-yil 21-oktabrda о‘zbek tiliga davlat tili moqomining berilishi, milliy о‘zlik va qadriyatlarimizni tiklash yо‘lidagi katta qadam bо‘lgan edi.
1990-yil fevralda O‘zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi organi – Oliy Kengashning yangi tarkibi (XII-chaqiriq) saylandi. Oliy Kengashning 1990-1994- yillardagi 5 yillik faoliyati О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslarini yaratish va milliy davlatchilik poydevorini mustahkamlashdagi faoliyati zalvorli bо‘ldi.
Garchand О‘zbekistonning davlat mustaqilligi yuridik tarzda 1991-yil 31- avgustdan e’tirof qilinsa-da, mustaqillik uchun intilish, kurash ancha avvalroq boshlangan edi. U bir necha bosqichlarda amalga oshdi:
Birinchi bosqich 1990-yil 24-martda mustaqillik yо‘lidagi juda muhim hamda mas’uliyatli qadam qо‘yildi. Shu kuni XII-chaqiriq О‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1-sessiyasida Ittifoqdagi respublikalar orasida birinchi bо‘lib О‘zbekistonda Prezidentlik lavozimi joriy etildi. Bu tarixiy voqea edi. Shu о‘rinda aytish joizki, ushbu sanadan о‘n kun oldin, ya’ni 14-mart kuni SSSR xalq deputatlarining navbatdan tashqari uchinchi syezdida SSSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish tо‘g‘risidagi qonun qabul qilinib, Mixail Sergeyevich Gorbachev bu vazifaga saylangan edi.
SSSR tarkibida (hududida) ikkinchi Prezidentning paydo bо‘lishini Markaz va uning rahbariyati qanday qabul qilganliklarini bugun tasavvur qilish qiyin emas, albatta.
1990-yil bahorida Islom Karimov Gorbachyovcha qayta qurish boshi berk kо‘chaga kirib qolganini anglab yetdi. О‘sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida bunday odamlar kamdankam edi. Rossiya va boshqa ittifoqdosh respublikalarda tobora kuchayib borayotgan tartibsizliklar О‘zbekistonda ham yuz berishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun qat’iy choralar kо‘rish kerak edi. О‘zbekistonda hokimiyatning
ozgina bо‘lsa-da zaiflashuvi respublika ichida millatlararo nizolar yangidan boshlanishi, ijtimoiy portlashlarga olib kelishi mumkin edi. Shu sababli 1990-yil martida, Gorbachyov va uning atrofidagilar norozi bо‘lishiga va qarshilik kо‘rsatishiga qaramay, О‘zbekiston Oliy Kengashi respublika Prezidenti lavozimini ta’sis etdi va unga Islom Karimovni sayladi. Mamlakat ahli о‘sha vaqtda harakati tobora susayib, chо‘kayotgan kemaga о‘xshab qolgan KPSSga bundan buyon kо‘r- kо‘rona ergashmasligini, kо‘p millionli xalq kommunistik mafkura tazyiqiga uchramasdan, о‘zining mustaqil davlatida yashashni istayotganligini о‘z Prezidenti Islom Karimov orqali ochiq-oydin aytdi.
1990-yil 18-iyun kuni XII-chaqiriq respublika Oliy Kengashining 2-sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan О‘zbekistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissiyalari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessiyada qizg‘in muhokama qilindi va 20-iyun kuni qabul qilindi.
Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, bu moddalarda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:
“О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi:
-o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari;
-har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi;
-har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda;
-О‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatni chuqur his etgan holda;
-xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi”.
О‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi:

  • О‘zbekiston SSR demokralik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.

  • О‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas.

  • SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar О‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlangandan keyingina О‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi.

  • О‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga О‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.

  • О‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va hokazo.

Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
Mustaqillik deklaratsiyasi О‘zbekistonning davlat mustaqilligi tomon qо‘yilgan navbatdagi katta qadam bо‘lgan edi.
1990-yilga kelib Ittifoq tarkibidagi respublika rahbarlari umumxalq hohish irodasi bilan Markaz oldiga SSSR asosiy qonuniga о‘zgartirish kiritish va respubikalar statusini qayta kо‘rib chiqish talabini keskin qо‘ya boshladilar. 1990- 1991-yillar SSSRni saqlab qolish va SSSRni davlat sifatida tarqatib yuborish tarafdorlari о‘rtasida keskin kurashlar bilan о‘tdi. Markazni ham, respublikalarni ham qoniqtiradigan Yangilangan Ittifoq shartnomasi loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu shartnomaning rasman imzolanishi 1991-yil 20-avgust sanasiga belgilandi. Yangi Ittifoq shartnomasining imzolanishi, bu ittifoqdosh respublikalarga mustaqillik berish, о‘z taqdirini о‘zi belgilash huquqini berish, Kreml vakolat va imtiyozlarining cheklanishini anglatar edi.
Moskvada markaziy hokimiyatni saqlab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991-yil 18-avgust kuni tayyorlangan va 19-avgustda matbuotda e’lon qilingan “Sovet rahbariyatining Bayonoti”da M.S.Gorbachyovning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse-prezident G.I.Yanayevga o‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M.S.Gorbachyov sog‘-salomat edi. Fitnachilar Qrim yarim orolining Yalta shahrida ta’tilda bo’lgan SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovni mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi. O.D.Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari, V.A.Kryuchkov – SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, V.S.Pavlov – SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo – SSSR ichki ishlar vaziri, V.A.Starodubsev – SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov – SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti, D.T.Yazov – SSSR mudofaa vaziri, G.I.Yanayev – SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilindi.
Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda О‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident О‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo‘qligi, О‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda О‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va О‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda О‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch
ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda О‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
О‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov 1991-yil 20-avgust kuni respublika aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi: “Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida tо‘liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bо‘layotgan o‘zgarishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz”.
Prezident xalqqa: “Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yо‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz”, – deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bо‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
1991-yil 21-avgustda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan О‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va О‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘yildi.
Fitnachilarning qonunga xilof urinishlari natijasida 1991-yil 19-21-avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi.

  1. Download 143.68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling