1983-1990-yillar
|
O‘zbekistonda sovet rejimi tomonidan amalga oshirilgan navbatdagi qatag‘on siyosati – “Paxta ishi” (“О‘zbek ishi”).
|
1983-yil fevral
|
Y.V.Andropov tashabbusi bilan KPSS MK Siyosiy byurosi O‘zbekistonda paxtachilik sohasidagi ko‘zbo‘yamachilik bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilib,
bu vazifani bajarish uchun SSSR prokuraturasida maxsus tergov komissiyasi tuzishni topshirdi.
|
1983-yil aprel
|
O‘zbekistonda paxtachilik sohasidagi ko‘zbo‘yamachilik
bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazish maqsadida T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida maxsus tergov guruhi tuzildi.
|
1983-yil avgust
|
T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida maxsus tergov guruhi О‘zbekistonda о‘z jinoiy faoliyatlarini boshlashdi.
|
1983-1986-yillar
|
Sovet jamoatchiligi О‘zbekistonda T.X.Gdlyan rahbarligidagi
gurux faoliyatidan butunlay bexabar edi. Tergov guruhini ishi jamoatchilikdan sir tutildi.
|
1985-yil 23-aprel
|
KPSS Markaziy Komitetining plenumida noxush tendensiyalar yig‘ilib, SSSR tanglik vaziyatiga tushib qolganligini ilk bor e’tirof etildi. Mazkur plenum jamiyatni “qayta qurish” orqali iqtisodiyotni kо‘tarish, xalqning turmushini yaxshilash
siyosatini belgiladi.
|
1985-1991-yillar
|
M.S.Gorbachev tomonidan inqirozdan chiqish uchun ishlab chiqilgan “Qayta qurish” siyosati tamomila teskari natija berib, butun ittifoq, jumladan O‘zbekistonda ham ijtimoiy
|
|
muammolar battar chuqurlashib bordi.
|
1988-yil 12-yanvar
|
Rafiq Nishonovich Noshonov O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy komitetining birinchi sekretari qilib
saylandi.
|
1988-yil 15-may
|
Sovet qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish boshlandi. Ular Amudaryo orqali Termizga olib o‘tilib, dastlab Toshkent oblastining Chirchiq shahriga joylashtirildi.
|
1988-yil 16-noyabr
|
“Birlik” xalq harakati tashkil topdi.
|
1989-yil
12-19-yanvar
|
O‘zbekistonda butun ittifoqda bo‘lgani kabi aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazildi. Bu paytda O‘zbekistonda 19.906.000 kishi yashagan.
|
1989-yil 15-fevral
|
Afg‘onistondan so‘nggi sovet jangchilar olib chiqib ketildi.
|
1989-yil 26-mart
|
SSSR Xalq deputatligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.
|
1989-yil may
|
KPSS Markaziy Komiteti huzuridagi Partiya kontrol komiteti va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi maxsus komissiyasi tuzildi. Mazkur komissiya Gdlyan va Ivanov guruxi sotsialistik
qonunchilikni qo‘pol tarzda buzdilar, deb so‘zsiz tasdiqladilar.
|
1989-yil
20-24-may
|
Quvasoy (Farg‘ona oblasti)da tub aholi bilan shu yerda istiqomat qiladigan mesxeti turklari yoshlarining tartibsizliklarni keltirib chiqarishlari Farg‘ona voqealarining boshlanishiga turki bо‘ldi.
|
1989-yil 25-may –
10-iyun
|
Moskvada SSSR xalq deputatlari birinchi syezdi bo‘lib o‘tdi.
|
1989-yil 25-may
|
SSSR Xalq deputatlari birinchi syezdi ochilgan kuni Gdlyan boshliq tergov guruhi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ammo T.X.Gdlan va N.V.Ivanovlar SSSR xalq deputati ekanliklari
(dahlsizlik maqomi)dan foydalanib, ozodlikda qolishdi.
|
1989-yil 3-iyun
|
Marg‘ilon shahrining shimoliy-sharqida joylashgan Toshloq
rayonida katta qonli to‘qnashuv yuz berdi.
|
1989-yil 3-iyun
|
Farg‘ona viloyatining Oxunboboyev rayonidagi Surxtepa qishlog‘ida xunrezliklar sodir bо‘ldi. Natijada jami 20 kishi xalok bo‘ldi. Mesxeti turklarining uylari, shuningdek, 5 nafar
o‘zbeklarning hovlisi ham yoqib yuborildi.
|
1989-yil 3-iyun
|
O‘zSSR Ministrlar Sovetining raisi G‘.Q.Qodirov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzildi. Biroq 16 kishidan iborat hukumat komissiyasining to‘liq tarkibi faqat 6-iyunda shakllantirildi. Bu vaqtga kelib fojealar Farg‘ona viloyatining boshqar
rayonlariga ham tarqalib ulgurgan edi.
|
1989-yil 4-iyun
|
Qo‘qon shahridan militsiya xodimlari Toshloqqa tashlandi. Bu
paytda rayonda vaziyat boshqarib bo‘lmaydigan darajada izdan chiqib ketdi.
|
1989-yil 4-iyun
|
O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumining Farmoni bilan Farg‘ona viloyatining mesxeti turklari zich yashaydigan hududlarida
kommendantlik soati joriy qilinadi.
|
|
Iyun oyi davomida Farg‘onaga ittifoqning markaziy rayonlaridan jami 13 000 nafar harbiylar keltirildi.
|
1989-yil 6-iyun
|
Moskvada SSSR xalq deputatlari birinchi syezdida
R.N.Nishonov SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi qilib saylandi.
|
1989-yil 11-iyun
|
O‘zbekistonda motam kuni deb e’lon qilindi. Shu kuni Farg‘ona oblastining butun hududida osoyishtalik saqlanib
turdi.
|
1989-yil 15-iyun
|
Toshkentda respublika partiya-xo‘jalik faollarining yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Farg‘ona fojealariga siyosiy jihatdan to‘g‘ri baho berilmadi.
|
1989-yil 23-iyun
|
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XIV plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitetining birinchi
sekretari va Byuro a’zosi etib saylandi.
|
1989-yil 23-iyul
|
Sirdaryo oblast Guliston rayonidagi Lenin nomli kolxozda bir gurux yoshlar mesxeti turklarining xonadonlariga shikast
yetkazadilar.
|
1989-yil 3-sentabr
|
Xalqaro Qo‘shilmaslik harakatining Belgrad shahrida bо‘lib о‘tadigan konferensiyasida ishtirok etish uchun borayotgan Afg‘oniston Respublikasining Prezidenti Najibullo Toshkentda
to‘xtab o‘tdi.
|
1989-yil 8-sentabr
|
Qirg‘iziston poytaxti Frunze (Bishkek) shahrida O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalarining oziq-ovqat masalalariga bag‘ishlangan seminar-kengashi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikalar Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi
sekretarlarining axborotlari tinglandi.
|
1989-yil sentabr
|
Islom Karimov tashabbusi bilan “paxta ishi”ni chuqur o‘rganish bo‘yicha O‘zbekistonda maxsus taftish komissiyasi
tuzildi.
|
1989-yil 2-noyabr
|
SSSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasida I.A.Karimov
ishtirok etib nutq so‘zladi.
|
1989-yil 21-noyabr
|
I.A.Karimov O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetida Farg‘ona oblastida ro‘y bergan qonli fojealar sabablarini atroflchia
o‘rganishga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda ishtirok etib nutq so‘zladi.
|
1989-yil
12-24-dekabr
|
Moskvada SSSR Xalq deputatlarining 2-syezdi bо‘lib о‘tdi.
|
1989-yil 23-dekabr
|
SSSR Xalq deputatlarining 2-syezdida SSSR prokuraturasining T.X.Gdlyan boshchilik qilgan tergov gruppasi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan metariallarni tekshiruvchi komissiya axboroti tinglandi.
|
1990-yil 19-fevral
|
Toshkent oblastining Bo‘ka rayonidagi “Oktabr 40-yilligi”
kolxozida o‘zbek va mesxeti turklari vakillarining guruhlari
|
|
o‘rtasida to‘qnashuv bo‘ldi. Voqea yuz bergan joyga respublika rahbarlari borishdi.
|
1990-yil 26-fevral
|
O‘zSSR Oliy Soveti Prezidiumi va Ministrlar Sovetining
mesxeti turklari vakillari ishtirokida majlisi bo‘lib o‘tdi.
|
1990-yil 3-mart
|
Toshkent viloyati Parkent tumani markazida ommaviy tartibsizliklar tufayli qurbonlar bo‘ldi. Ushbu holat aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir etib, noroziliklarni yanada kuchaytirdi.
|
1990-yil 19-aprel
|
Gdlan va Ivanov SSSR prokuraturasidagi o‘z vazifasidan
chetlashtirildi.
|
1990-yil 4-iyul
|
I.A.Karimov KPSS XXVIII syezdida so‘zlagan nutqida “O‘zbeklar ishi” degan haqoratli gapga chek qo‘yishni talab
qiladi.
|
1990-yil
avgust-sentabr
|
Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida tartibsizliklar bo‘lib
o‘tdi.
|
1990-yil
2-5-dekabr
|
Namangan shahrida ichki qo‘shinlar harbiy xizmatchilari bilan mahalliy yoshlar o‘rtasida kelib chiqqan janjal natijasida 5 nafar harbiy xizmatchi va 3 fuqaro halok bo‘ldi, 25 kishi jarohatlandi. O‘zbekiston hukumat rahbarlari Namanganda
bo‘lishdi.
|