Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi


-mavzu: Ontologik qonun va kategoriyalarning falsafiy tahlili


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/48
Sana19.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1709683
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48
Bog'liq
falsafa

4-mavzu: Ontologik qonun va kategoriyalarning falsafiy tahlili 
Reja: 
1. Borliq va yo’qlik dialektikasi. Borliq shakllarining mazmun mohiyati
2. Substansiya, substrat, monizm, dualizm va plyuralizm tushunchalarining o’ziga xos 
xususiyatlari
3. Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari. Olamning paydo bo‘lishi va 
evolyusiyasi 
4. Harakat, fazo va vaqt borliqning mavjudlik shalkllari sifatida 
 
Ontologiya tushunchasi. Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo‘lib, unda 
borliq va yo‘qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi 
o‘rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo‘lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. 
«Ontologiya» atamasi falsafada faqat 17 asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o‘zaklarga ega 
bo‘lib (ontos – borliq, logos – so‘z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. 
Ontologiya falsafada alohida o‘rin egallaydi. Ikki yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar 
natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning muhim falsafiy mazmun kasb 
etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy qismlari 
paydo bo‘ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi.
Falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o‘rinni egallaydi. 
«Borliq» kategoriyasi har qanday predmet, hodisa, voqea va shu kabilarning eng muhim 
xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo‘lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo‘lish, 
o‘zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
Falsafa tarixida borliq muammosi. «Borliq» kategoriyasi falsafa paydo bo‘lishi bilan 
shakllangan va izchil nazariy qiziqish predmetiga aylangan bo‘lsada, dunyo haqida odamlar 
ancha oldinroq fikr yurita boshlaganlar va bu tasavvurlar ko‘p sonli afsonalar va miflarda 
bizgacha etib kelgan.
Hozirgi zamon falsafiy adabiyotlarida “borliq” tushunchasini tor va keng ma’noda qo‘llash 
hollariga duch kelamiz. Tor ma’noda “borliq” ongga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektiv olam, keng 

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling