Mustaqillikning taraqqiyot yo‘li mamlakatimizda fan rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratdi


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/48
Sana19.10.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1709683
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
Bog'liq
falsafa

Bilish predmeti – bu izlanayotgan fikrning diqqat markazidan o‘rin olgan muayyan 
jihatlar. Masalan, inson juda ko‘p fanlar – biologiya, tibbiyot, psixologiya, sotsiologiya, falsafa 
va hokazolarning tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Biroq ularning har biri insonni o‘rganishga o‘z 
nuqtai nazaridan yondashadi: masalan, psixologiya insonning ruhiyati, ichki olami, xulq-atvorini, 
tibbiyot – insonning kasalliklari va ularni davolash usullarini o‘rganadi va h.k. Binobarin
tadqiqot predmetiga tadqiqotchining muhim mo‘ljali kiradi, ya’ni u tadqiqot vazifasi nuqtai 
nazaridan shakllanadi.
Ma’lumki, inson tarix yaratuvchisi, sub’ekti hisoblanadi, o‘z tarixiy mavjudligining zarur 
shart-sharoitlari va asoslarini o‘zi yaratadi. Ijtimoiy-tarixiy bilish ob’ekti odamlar tomonidan 
nafaqat o‘rganiladi, balki yaratiladi ham, demak, ob’ektga aylanishdan oldin u yaratilishi, 
shakllantirilishi lozim.
GNOSEOLOGIYANING MOHIYATI VA MAZMUNI. «Gnoseologiya» - sof falsafiy 
kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib 
chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». 
Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi 
«bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. 
GNOSEOLOGIYADA QUYIDAGILAR O‘RGANILADI: 
1)insonning dunyoni bilish imkoniyati
2) insonning o‘zlikni anglash jarayoni;
3)bilishning bilmaslikdan bilim sari yuksalishi,
4)bilimlar tabiati va ularning mazkur bilimlarda aks etuvchi narsalar bilan o‘zaro nisbati 
o‘rganiladi.
Shunday qilib, umuman olganda, gnoseologiya ong, bilish, bilimni o‘rganish bilan 
shug‘ullanadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o‘z-o‘ziga, 
boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va 
ko‘ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli 
o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. 
Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar 
dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot predmetiga 
aylantirishdan iborat.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling